VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
257
olim Akmal Saidovning m a’lumotlariga qaraganda, buyuk olim
1123-yil 23-sentabrda M arg‘ilonda tavallud topgan va 1197-yil
29-oktabrda 74 yoshida vafot etgan. Olim o‘rta asrlarda M arg ilo n
shahrini arablar «Marg‘inon» atamasi bilan ataganliklariga o ‘quvchi
diqqatini qaratadi. Fiqhshunos olimning qabri Samarqand shahridagi
Chokardiza qabristonida deb ko ‘rsatadi.
Burhoniddin M arg‘inoniy ilmiy barkamollikka Rishton, M arg i-
lon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahming boshqa shaharlardagi
ilm dargohlarida musulmon huquqi xanafiya mazhabining buyuk
nazariyotchisi va amaliyotchisi bo‘lib yetishgan. Bu to ‘g ‘rida
Abdulhay al-Lankavi: «... u imom, qonunshunos bo‘lgan. Hadislar
bilan shug‘ullangan. Qur’onni yod bilgan va unga sharhlar bergan.
Ilmlami yig‘gan va muayyan fan tizimiga keltirgan. Nihoyatda
zukko va sinchkov tadqiqotchi va xudojo‘y pok inson b oigan. Fan
va adabiyotda tengi yo‘q buyuk huquqshunos, adabiyotshunos va
shoir b o ig a n , deb yozadi.
Burhoniddin M arginoniy musulmon olami fani erishgan barcha
bilimlami egallagan, ulug‘ allomalardan saboqlar olgan, sunniy
shariatining to ‘rt asosiy mazhablari asoschilari va ulaming shogirdlari
asarlarini qunt bilan mutolaa qilgan. Bu narsa ulug‘ allomaga fiqh
ilmi bo‘yicha tengsiz asarlar yozib qoldirishiga imkoniyat yaratdi.
Fiqhshunos olimning «Bidoyat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun
dastlabki ta ’lim»), «Kifoyat al-muntahiy» («'Yakunlovchilar uchun
tugal taiim » ), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»),
«Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Kitob ul-faroiz»
(«Farzlar kitobi»), «Majma ul-navozil» («Nozil b o ig a n narsalar
to ‘plami») «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Kitob ul-
mashoyih» («Shayxlar haqidagi kitob») kabi buyuk asarlar shular
jumlasidandir. Albatta, ulug‘ alloma ijodida «Hidoya fi furu’ al
fiqh» («Fiqh sohalari b o ‘yicha qoilanm a») tengi yo‘q shoh asardir.
Bu asami olim 1178-yilda Samarqandda yozgan. Burhoniddin
M arginoniyning «Xidoya» kitobi to ‘rt jilddan iborat va 56 bobni
tashkil etadi. Bu asar o ‘ziga xos shariat kodeksi b o iib , hozirgi
kunda ham islom dunyosi qonunshunoslari uchun asosiy q oilanm a
sifatida xizmat qiladi. Unda shariat masalalarida muallifning fikr-
xulosalari bilan bir qatorda xanafiylar mazhabining barcha imomlari,
shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham o ‘rin
olgan. Asarda islomning asosiy marosim talablari, huquqiy va axloqiy
qoidalari, xususan tahopat, namoz, zakot, ro ‘za, xaj, qurbonlik;
258
VATAN TARIXI
oila-nikoh bilan bog‘liq b o ‘lgan masalalar, huquqiy qoidalami
bajarmaganlik uchun jazo choralari belgilangan. «Xidoya»da mulkiy
va moliyaviy munosabatlarga, jinoyat va jazo, fuqarolik huquqlari,
sud va protsessual masalalar keng o ‘rin olgan. Yana unda urushlar,
o ‘lja olish va uni taqsimlash, turmush va faoliyatdagi taqiqlashlar,
ijozatlar haqida ham huquqiy yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
«Xidoya» kitobi jamiyatshunos, huquqshunos, tarixshunos,
sharqshunos, dinshunos hamda ona Vatan tarixi va shariat bilan
shug‘ullanuvchi barcha kitobxonlar uchun bebaho qo‘llanmadir. Shu
boisdan ham Burhoniddin M arg‘inoniyning bu asari bir qancha tillarga
tarjima qilingan. Xususan «Xidoya» xanafiylar mazhabi tarqalgan bir
qator arab davlatlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya,
Hindiston, Pokiston, Bangladesh, A fg‘oniston, Xitoy musulmonlari
orasida keng tarqalgan. Bu asar 0 ‘rta Osiyo, Kavkaz, Rossiya
musulmonlari orasida ham keng tarqalgan va islom madrasalarida
fiqh ilmi bo‘yicha asosiy o ‘quv qo‘llanmasi b o ‘lib kelgan. Xullas,
biz IX -X II asrlarda Movarounnahr va Xorazmda ilm-fan, madaniyat
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning bir
necha vakillari to ‘g‘risidagina qisqacha bir tarzda m a’lumot berdik.
Ular shu darajada ko‘pki, barchasini qalamga olishning imkoniyati
yo ‘q. Ammo o ‘lkamiz tuprog‘ida yetishib chiqqan ulug‘ allomalar,
mutafakkir, buyuk siymolar, shoir va yozuvchilaming qisqacha
tafsilotining o ‘zi ham qalblarimizni faxr va g ‘urur bilan to ‘ldiradi,
chunki biz oddiy insonlaming avlodlari emasmiz, balki bag‘ri, qalbi,
butun ildiz-tomirlari va tayanchlari benihoya mustahkam, jahon fani
va madaniyati beshiklarini tebratgan, uning taraqqiyotiga salmoqli va
buyuk hissa qo‘shgan ulug‘ siymolar — daholaming avlodlarimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: