Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


M UH A M M A D   IBN  ISM O IL A L -B U X O R IY



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

M UH A M M A D   IBN  ISM O IL A L -B U X O R IY 

(810— 870)

«Hadis  ilmidagi  Amir-ul  m u’miniyn»  degan  sharafli  nomga 

sazovor  b o ‘lgan  muhaddis  olim  Abu  Abdulloh  M uham m ad  ibn 

Ism oil  ibn  Ibrohim   al-M ugira  al-B uxoriy  al-Jubfiy 

hijriy  194-yil 

shaw ol oyining  13-kuni, hozirgi hisobda 810-yil 20-iyulda Buxoroda 

tavallud  topgan.  0 ‘n  yoshga  yetmasdan  ilmi  hadisni  o ‘rganmoqqa 

kirishgan  imom  Buxoriy  11  yoshida  b a’zi  ustozlarining  xatolarini 

topa  boshlagan.  0 ‘n  olti  yoshga  yetganida  825-826-yillarda  onalari 

va  akalari  bilan  haj  safariga  ravona  b o ‘ladilar.  Makka  va  Madinani 

ziyorat  qilib,  olti  yil  Hijozda  yashab  hadis  ilmini  astoydil  o ‘rganadi. 

Shundan  so‘ng  imom  Buxoriy  Muhammad  alayhissalomning  hadisi 

shariflarini  yanada  chuqurroq  o'rganish  va  ulami  to ‘plab  tartibga 

solmoq  niyatida  o ‘sha  davrda  islom  fani  olamining  yirik  markazlari 

b o im ish   Damashq,  Qohira,  Basra,  Kufa,  B ag‘dod  kabi  shaharlami 

kezib  chiqadi.  Bu yerlarda u hadis  ilmi bilan bir qatorda fiqhdan ham 

ta ’lim  va  saboqlar  oladi,  yirik  olimlar  davrasida  bahs-munozaralarda 

qatnashadi  va  ilmi  toliblarga  dars  ham  beradi.  Nishopurlik  al- 

Hakimning  (1025-yilda  vafot  etgan)  m a’lumotlariga  qaraganda, 

imom Buxoriy ustozlarining soni to‘qson kishi atrofida bo‘lgan.  Ayni 

zamonda  o ‘zlari  ham  «Minglab  shogirdlar  yetishtirganlar  —   Mus­

lim  ibn  Hajjoj,  Iso  at-Termiziy,  An-Nasoriy,  Abu  Zur’a,  Yusuf  al- 

Forobiy,  Abu  Bakr  ibn  Xuzayma  kabi  mashhur  muhaddislar,  shular 

jum lasidandir»1.

Imom  Buxoriy jam i  600  ming  hadislami  to ‘plaganlar.  Shulardan 

100 ming «sahiyh» hadislami va 200 ming  «g‘ayri  sahiyh» hadislami 

yoddan bilganlar.  Hadis  ilmi bobida  imom  Buxoriyga teng keladigan 

biror  kimsa  musulmon  olamida  boim agan.  Imom  Buxoriy  horijdan

A6v Абдуллой  Мухаммад  ибн  Исмоил  ал-Бухорий.  Х,адис,  1-жилд.  Ал-Жоми  ас-сахих. 

Т.,  1991,5-бег.



262

VATAN  TARIXI

qaytgach,  hadis  ilmini  targ‘ib  qilishga  kirishadi.  K o‘pchilik  uni 

hurmatlagan  va  e ’zozlagan.  Ammo  b a’zi  g ‘arazgo‘y  va  qora  niyatli 

kishilar  al-Buxoriyga  hasad  qilar  edilar.  Ulaming  hasadgo‘yligi  va 

qutqusi  oqibatida  imom  Buxoriy  bilan  Buxoro  hukmdori  Holid  ibn 

Ahmad  az-Zuhaliy  o ‘rtasida  adovat  paydo  b o ia d i.  Buning  sababi 

shundaki,  hukmdor  allomadan  huzuriga  kelib  «Al-Jome’  as-sahiyh», 

«At-Ta’rix»  kitoblarini  farzandlariga  o ‘qib  dars  berishni  talab 

qiladi.  Imom  Buxoriy  bu  talabni  rad  etadi:  «Men  ilmni  xor  qilib, 

uni  hokimlar  eshigi  oldiga  olib  bormayman,  kimga  ilm  kerak  b o isa , 

o ‘zi  kelsin.  Lekin  Alloh  oxirat  kuni  ilmni  yashirmay,  uni  toliblarga 

sarf  qilganim  uchun  meni  kechiradi»,  —   deb  javob  beradi.  Buxoro 

hokimi ig‘vogarlaming maslahatlariga quloq solib,  imom Buxoriydan 

shahami  tark  etishni  talab  qiladi.  Olim  Samarqand  ulamolari  taklifi 

bilan  y o ig a   chiqadi.  Y o id a   Samarqandga  yaqin  Xartang  (hozirgi 

Poyariq  tumani)  qishlogida  qarindoshlaridan  b o im ish   Abu  Mansur 

G ‘olib  ibn  Jabril  degan  kishining  uyida  tunaydi  va  bir  necha  kun  bu 

yerda  betob  b o iib   yotib  qoladi.  Imom  Buxoriy  ko‘p  vaqt o ‘tmay  shu 

yerda,  hijriy  256-(milodiy  870-yil  1-sentabrda)  yili  62  yoshida  vafot 

etadi va shu yerda dafn qilinadi.  Endilikda uning qabri Movarounnahr 

diniy  boshqarmasi  ixtiyorida b o iib ,  tabarruk va  ziyoratgoh joylardan 

biri  sifatida davlat muhofazasidadir.

Imom  Buxoriydan  ulkan  va  boy  meros  qolgan.  U  yozgan 

asarlaming  soni  yigirmadan  ortiqdir.  Olimning  «Al-adab  al-Mufrad», 

«At-Ta’rix as-Sagir»,  «At-Ta’rix  al-Kabiyr»,  «Kitob  al-Ilal»,  «Asomi 

us-Sahoba»,  «Kitob  al-Kuna»  va  boshqa  asarlari  orasida  shoh  asar 

hisoblanmish  «Al-Jome’  as-sahiyh»  («Ishonarli  to ‘plam»)  asari  to ‘rt 

jilddan  iborat  b o iib ,  islom  olamidagi  boshqa  muhaddislar  tuzgan 

hadislar  to‘plamlari  orasida  eng  ishonarlisi  va  mukammalidir. 

Unda  Muhammad  alayhissalom  hadislaridan  tashqari  fiqh,  islom 

marosimchiligi, axloq-odob, taiim -tarbiya hamda o ‘sha davr tarixi va 

etnografiyasiga oid qimmatli  fikr va xulosalar ham bor.  Bu to'plam ga 

olimning  butun  umri  davomida  to ‘plagan  600  ming  hadisdan  faqat 

7275  ta  eng  «sahiyh»  hadislar  kirgan.  Bu  nodir  asaming  yozilganiga 

taxminan  1200  yil  b o id i.  0 ‘sha  davrdan  to  shu  kunga  qadar u  islom 

ta ’limotida  Q ur’oni  Karimdan  keyingi  ikkinchi  o ‘rinda  turuvchi 

muqaddas kitob,  qimmatli manba asari hisoblanadi.

Xullas,  buyuk  vatandoshimiz  imom  Buxoriy  qoldirib  ketgan 

boy  m a’naviy  meros  avlodlarimizni  bundan  keyin  ham  ulug‘  insoniy 

fazilatlar  ruhida  tarbiyalashdek  olijanob  maqsad  y o iid a   xizmat 

qilaveradi.




VII bob.  IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot

263


Istiqlol  sharofati  bilan  Buxoriyning  o ‘lmas  merosi  el-yurt 

bag‘riga  qaytdi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

«Imom  al-Buxoriy  tavalludining  hijriy-qamariy  taqvim  b o ‘icha 

1225-yilligini  nishonlash  to ‘g ‘risida»gi  qarori  (1997-yil  29-aprel) 

asosida  Buxoriyning  ilmiy  merosini  o ‘rganish  va  targ‘ib  qilish, 

xotirasini  abadiylashtirish  borasida  katta  ishlar  qilindi.  1998-yil 

23-oktabrda  Samarqandda  yubiley  tantanalari  b o ‘lib  o ‘tdi.  Alloma 

abadiy  qo‘nim  topgan  Chelak  tumanidagi  Xartang  qishlog‘ida  ulkan 

yodgorlik majmui ochildi.

Buxoroning  boy  m a’naviy  merosini  chuqur  o ‘rganish  va  keng 

targ‘ib  qilish  maqsadida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom 

Karimovning tashabbusi  bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jam g‘armasi 

tuzildi  (1998-yil 4-noyabr).


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish