Y U SU F H A M A D O N IY
(1049— 1140)
Tasavvufga oid aksariyat qo‘lyozma kitoblarda yozilishicha,
Y u su f H am adoniy
islomni yangi qabul qilgan bir majusiy fors kishi
oilasida Hamadon (Eron) shahrida tug‘ilgan. Dastlabki m a’lumotni u
Bog'dodda oladi. Yoshlik chog‘idan boshlab tasavvufga oid falsafiy
bilimlarga kuzatadi. Hindiston va Erondagi bu sohaga oid bilimlami
egallaydi. Y usuf Hamadoniyning birinchi ustozi shayx Abu Ali
Farmadiy bo ig an . U kishi Imom G ‘azzoliyni ham tarbiyalab voyaga
yetkazgan ulug‘ ustozdir.
Yusuf Hamadoniy Movarounnahrga kelib Samarqand, Buxoro
va Marv shaharlarida o ‘z taiim otini davom ettiradi. Hirot, Balx
va boshqa shaharlarda ham tez-tez b o iib turgan. U asosan Buxoro
shahrida xonaqoh qurib, Xuroson va Movarounnahrdan bu yerga ilm
izlab kelgan k o ‘plab yoshlarga tasaw ufdan saboqlar beradi, behisob
shogirdlar orttiradi.
«Rashahot ayn ul-hayot» asarida yozilishicha, hijriy 535-yilda
(1140) Y usuf Hamadoniy Hirotdan Marvga kelayotib, y o id a Bomi-
yon (A fg‘oniston) shahrida vafot etadi. Uning jasadini shogirdlaridan
biri Ibn Anjar Marvga olib kelib dafn etadi. Xuroson va
Movarounnahr aholisi o ‘rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida
Y usuf Hamadoniy shu darajada katta obro‘-e’tibor va hurmatga
sazovor boig an k i, uning Marvdagi qabristoni o ‘z zamonasida
«Xuroson k a’basi» deb atalgan.
Y usuf Hamadoniy so‘fiylik ilmi bo‘yicha juda k o ‘plab shogirdlar
tarbiyalagan. Nasafiy bergan m aium otlarda qayd qilinishicha, Yusuf
Hamadoniy 95 yil umr ko‘rib, 38 martda Movarounnahr hududidan
piyoda K a’ba ziyoratiga borgan. Yusuf Hamadoniyni pir tutgan
muridlaridan 213 tasi mashhur shayxlar b o iib yetishganlar (Xoja
Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Ahmad Yassaviy,
Xoja Abdulxoliq G ijduvoniylar uning to ‘rt zabardast xalifasi).
Bu shogirdlarining yozib qoldirilgan m aium otlariga qaraganda,
Y usuf Hamadoniy uzun bo‘yli, xushro‘y va kelishgan, o z g in kishi
b o ig an . U g ‘oyatda xush axloq, donishmand va saxiy odam b o iib ,
mol-dunyoga befarq qaragan, o ‘zining bisotidagi barcha bud-
shudini kambag‘al, beva-bechoralarga taqsim qilib bergan. Ustoz
o ‘z shogirdlari Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq G ijduvoniylam ing
hujralariga tashrif buyurganda har doim Q ur’oni Karimning
«Baqara» surasini mayin ovozda tilovat qilar ekan. Uning o ‘z
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
269
shogirdlariga juda mehribon boiganligini ta ’kidlanadi. Yusuf
Hamadoniy ishini davom ettirib, keyinchalik Ahmad Yassaviy —
yassaviya tariqatiga asos soldi. Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy esa
dastlab «xojagan», so‘ng, «naqshbandiya» deb nomlagan tariqatni
boshlab berdi. Xullas, tasarrufidagi barcha tariqat g‘oyalari, tartib-
qoidalari juda qadimiy rishtalardan suv ichgan. Shu m a’noda
so'fiylik tariqatining butun mohiyatini belgilab turadigan mavjud o ‘n
bir qoidaning ham boshlanishi Hamadoniyga borib taqaladi. U kishi
tayin etgan dastlabki qoidalar asosan to ‘rtta:
— «Xush-dar dam», ya’ni tirikchilik nafasda;
— «Nazar bar qabam», y a’ni nazar qadamda;
— «Safar dar vatan», y a’ni soliq har dam o ‘z diliga nazar solishi,
agar unda g ‘ubor izi paydo boiad ig an bo‘lsa, darhol undan o ‘tish va
yana Haq visoliga o ‘z hushini bog‘lash;
— «Xilvat dar anjuman», ya’ni xalq ichida o ‘zini bildirmay,
ko‘z-ko‘z qilmay yashash, q o i ishda bo‘lsa ham dil yorda (Xudoda)
boiadi.
Bu to ‘rt qoidaga Abduxoliq G ijduvoniy yana to ‘rtta qoida
qo‘shdi:
— «Yodkard», ya’ni yodlash, faqat Allohni va uning rasulini
tilda va dilda tutish;
— «Bozgasht», ya’ni qaytish, hamma vaqt munojotda b o iish ;
— «Nigohdosht», bu qoida shundan iboratki, toyyiba kalima-
sining zokir tilida aytganda, xotira boshqa tomonga ch alg ib
ketmasligi, ya’ni zokir bir damda o ‘sha muborak kalimani bir necha
bor takrorlab, xotirani jam qilib o lm o g i kerak;
— «Yoddosht», y a’ni eslash — Xudoning yagonaligini esdan
chiqarmaslik.
Keyinchalik Bahovuddin Naqshband bu sakkiz qoidaga o ‘zining
uchta yangi qoidasini kiritdi: l.Vuqufi zamoniy. 2. Vuqufi adadiy.
3. Vuqufi qalbiydir. Yusuf Hamadoniy boshlab bergan ta sa w u f
tariqatining bu qoidalari so‘fiylar faoliyatining asosiy yo‘nalishni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |