Tasviriy san’at. Toshdan yaratilgan dastlabki haykallar
eramizdan avvalgi VII asrlarga to‘g‘ri keladi. Eramizdan
avvalgi VII asr oxirlarida va ayniqsa, eramizdan avvalgi
VI asrlardan boshlab, haykaltaroshlikda realistik tamoyillar
kuchaya boshladi. Bu haykallarda xudolar, turli hayvonlar,
hayotiy lavhalar tasvirlangan.
Bu rasmlarda hayotiy voqealar, hayvonlar va o‘simliklar
uchraydi. Miloddan avvalgi VI asrning II–III choragida bu
sohada kulollar va rassomlar nom chiqarishgan. Shunday
mashhur ustalardan biri rassom Klitiy bo‘lgan. U jahonga
mashhur bo‘lgan «Fransua vazasi»ni bezagan. Eramizdan
avvalgi 540–530-yillarda qizil figurali vazalar ishlash keng
tarqaldi. Bunday ko‘zalarda tasvirlar sopolning tabiiy rangida
(pishirilgan loy rangi – qizg‘ish, qizg‘ish-jigarrang) qoldirilib,
28
qolgan qismi esa qora lok bilan bo‘yab chiqilgan.
Qizil figurali
vazalarga ishlangan suratlarda hayotiy voqealarni tasvirlashga
keng o‘rin berilgan.