Duy szin – xitoy erkaklar libosidagi sharqona simmetrik
bichimga ega ichki kiyim.
Dupatta – hind libosidagi yopinchiq.
Dxoti – hind erkaklar bel kiyimi.
Elechek – qirg‘iz ayollarining bosh kiyimi.
Eri – yapon libosida yoqa.
Erkaklar yelkada turuvchi maishiy ustki kiyimlari –
ko‘ylak, nimcha (jilet), pidjak, kurtka, plash, palto, shuningdek,
nisbatan kam kiyiladigan bluzon, syurtuk, frak va shu kabilar.
Ettyu fundosi – yapon libosidagi fundosining ikkinchi turi,
u kaltaroq bo‘lgan.
Folklor uslubi yoki etno-uslub. Zamonaviy kiyimda milliy
va an’anaviy libos elementlarining ishlatilishi. Boshqacha
qilib aytganda milliy libos asosida zamonaviy kiyimni
uslublashtirish. Bunda libos ansambli butunlay yoki uning
bir qismi uslublashtirilishi mumkin. Ba’zan esa modellarga
an’anaviy libosning rosmana haqiqiy elementlari kiritilishi
mumkin.
Fontanj – jingalak lokonlar va yuqoriga tugun qilib bog‘lab
ko‘tarilgan va jamalak (jingalak), kraxmallangan qadalmadan
iborat soch turmagi.
Frak – tanaga yopishib turuvchi, kengaygan etakli, tor yeng
va uncha katta bo‘lmagan stoyka yoqali kostum.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |