Xalqaro turizm va turizm servisi


Turistik  marshrut  ishlab  chiqishda  imkoniyatlarning  yaratilganligi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#218007
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
KURS ISHI

Turistik  marshrut  ishlab  chiqishda  imkoniyatlarning  yaratilganligi 

tamoyili.  Bu  tamoyilda  turistga  turistik  marshrut  davomi  da  turistik  xizmatlardan 

foydalanishning  eng  qulay  imkoniyatlari  yaratilgan  bo‘lishi  lozim.  Bunday 

imkoniyatlar quyidagi xizmatlar ko‘rsatishdagi imkoniyatlar dir. 

1.Transport  xizmatlaridagi  imkoniyatlarning  dastlabki  sharoiti  turistlarga 

xizmat  qiluvchi  transport  xillarining  zamonaviy  bo‘lishligi  dadir.  Marshrut 

boshlanganidan  turist  birinchi  nabatda  o‘z  yuklarini  joylash  tirish  tashvishi  bilan 

band bo‘lishadi. Turoperator bu tashvishni doim nazar da tutishi lozim. 

Transport  xizmatlarini  taklif  qilishda  albatta  baland  o‘rindiqlarga  ega 

bo‘lgan  avtobus  yoki  mikroavtobuslarni  taklif  qilish  yaxshi  natija  beradi.  Baland 

o‘rindiqli  avtobuslarda  turist  yo‘l-yo‘lakay  ko‘p  narsani  ko‘radi.  Ularning 

yuklariga  kelganda  eng  yaxshi  variant  hozircha  turist  o‘z  yukini  yonida  olib 

o‘tirishidir.Uning xotirjamligi ham shunday ta’min lanadi. 

Turistlarga  transport  xizmatlari  ko‘rsatishda  turist  yukining  (xaltasining) 

alohida joyda bo‘lishi davri o‘tdi deyishadi mutaxassislar. Transport xizmatlaridagi 

yana  bir  imkoniyat  transport  ichida  ekologik  toza  ichimlik  suvlarining  bo‘lishi, 

transport oynalarining ochilishi yoki yopili shi, radio, TV.ning bo‘lishi, turistning 

avtobus salonida erkin harakatla nishga sharoitning bo‘lishidir. 

2.  Marshrutdagi  ekskursiyalar  vaqtidagi  imkoniyatlar.  Turistik  marshrut 

larning aksariyat qismida (ekologik turizm, arxeologik turizm, rekreatsiya turizmi, 

tarixiy,  diniy  turizm  va  hakozo  turlarda)  ekskursiyalar  tashkil  qilinadi.  Ayniqsa 

ekologik  turizm  marshrutlarida,  rekreatsiya  turizmi  marshrutlarida  va  turistik 



lagerlarda  dam  oluvchilar  uchun  turli  mavzularda  landshaftni  ko‘rish,  tomosha 

qilish ekskursiyalari uyushtiriladi. 

Ekskursiya  vaqtidagi  imkoniyatlarning  birinchisi  yurish  yo‘llari,  so‘qmoq 

lar,  mahalliy  ko‘priklar,  daralar  yoki  tog‘  bag‘ridan  chiqish,  tushish,  jarliklar 

ichidagi  yurish  yo‘llari  tekis,  xavfsiz  bo‘lishidir.  Tog‘  so‘qmoqlaridan,  jarlik  lar 

bo‘ylab yurganda tovush, shovqin effektining halokatli bo‘lishi albatta turistlarga 

tushuntiriladi. 

Ekskursiya  vaqtida  turistlarga  yana  bir  imkoniyat  yaratish  lozimki, 

zamonaviy  turizmda  zamonaviy  xizmat  deyiladigan–ya’ni  ekskursiya  davomida 

turistlarni dam olish tanaffusiga chorlash. Bu usulni ayniqsa tog‘ va cho‘llar dagi 

ekologik  turizm  marshrutlaridagi  ekskursiyalar  vaqtida  qo‘llash  turist  ning 

kayfiyatini ko‘taradi. Bu usulda marshrut rahbari mahalliy aholidan ot, eshak yoki 

mahalliy  arava  olib  turistlarning  o‘zini  ham  shu  transport  turlari  da  olib  yurishi, 

agar  turistlar  piyoda  yurishni  hohlashsa  ularning  yukini,  ichimlik  suvini,  qisqa 

muddatli ekzotik ovqatlanish mahsulotlarini va eng muhimi  yig‘ma stul va yig‘ma 

karovatchalarni albatda birga ortib yurish kerak.  

Marshrutdagi  ekskursiyalarda  bizning  iqlimimizda  xalqaro  turistlar  ham 

mahalliy  turistlar  ham  yoz  mavsumida  tezda  chanqab  qolishi  yoki  tog‘lar  va 

xushxavoli  tabiat  bag‘rida  tezda  och  qilishi  mumkin.  Bunday  vaqtlarda  marshrut 

ning  yoki  ekskursiyaning  rahbari  turistlarga  soya-salqin  joylarda  yig‘ma  stul  va 

yig‘ma  karovatlardan  iborat  dam  olish  joyini  taklif  qilish  mumkin.  Bunday 

imkoniyatlardan foydalangan turist albatta yaxshi kayfiyatda bo‘ladi. Marshrutdagi 

boshqa  xil  ximatlarda  ham  imkoniyatlarning  yaratilganlik  tamoyilini  qo‘llash 

marshrutning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi.  




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish