Jozibadorlik, betakrorlik tamoyiliga e’tibor berish lozimki, ma’lum bir
turistik ob’ektga, resursga turistik marshrut ishlab chiqishda turoperatorning
birinchi navbatdagi asosiy vazifasi aynan ana shu turistik ob’ektning eng jozibador,
betakror joyini, ko‘rinishini aniqlashdir.
Turizmdagi barcha turistik ob’ektlarda jozibadorlik, betakrorlik mavjud. Bu
jozibadorliksiz biron-bir turistik ob’ekt turistlarni o‘ziga jalb qilaolmaydi.
Jozibadorlik va betakrorlik deganda ma’lum bir xalqaro yoki mahalliy talab va
standartlarning o‘lchamlariga, darajalariga javob beradigan ob’ektning tarixiyligi,
mo‘’jizaviy ko‘rinishi va hokazolarni tushunishimiz kerak.
Shu nuqtai nazardan turistik ob’ektdagi jozibadorligi, betakrorlikni 4
darajaga bo‘lishimiz mumkin:
xalqaro miqyosdagi turistik ob’ektlardagi jozibadorlik va betakror lik;
davlatlardagi turistik resurslarning jozibadorligi va betakror ligi;
tabiatning biologik xilma-xilligidagi jozibadorlik va betakror lik;
turistning hohishi bo‘yicha turistik ob’ektda belgilanadigan joziba dorlik
va betakrorlik.
Xalqaro miqyosdagi turistik ob’ektlardagi jozibadorlik va betak rorlik
deganda mazkur turistik ob’ektning xalqaro miqyosda ma’lum va mashhurligi,
mo‘jizaviyligini, dunyo aholisi, bu ob’ektni bilishi tan olina di. Bunday
miqyosdagi jozibadorlik va betakrorlik asosiy hollarda mo‘jiza deb nomlanadi.
Dunyo miqyosdagi turistik ob’ektning mo‘jiza deyilishi o‘tmishdagi insoniyat
bunyod etgan ulkan inshootlarning qay tartibda qurilgan ligi, ularda hozirgacha
(koinotni o‘zlashtirish davri) ko‘plab ochilmagan sir-sinoatlarning mavjudligidir.
Jahon miqyosidagi mo‘jizalardagi jozibadorlik va betakrorlik aksariyat
hollarda mo‘jiza so‘zi bilan ifodalanadi va bu jozibadorlik, betakrorlikni ko‘rishga
butun dunyo aholisi qiziqadi. Bu turistik ob’ektda bitta jozibador lik, betakrorlik
mavjud–uning qadimiyligi va ulug‘vorligidir.
Masalan: Dunyoning yetti mo‘jizasining birinchisi bo‘lgan–Misr pirami
dalarini olsak qayd qilingan ulug‘vorlik, qadimiylikni ko‘ramiz. Yetti mo‘jizadagi
asosiy jozibadorlik, betakrorlik ularning o‘ta darajada ulkanligi va qurilishi
jihatidan hozirgi inson ahlini lol qoldirganidir. Shu o‘rinda e’tibor berish kerakki,
dunyoda yetti mo‘jizadan ham mo‘jizaliroq turistik ob’ektlar juda ko‘p. Masalan,
Buyuk xitoy devori, Stounxedj tosh yodgorliklari, Nasxa cho‘lidagi ulkan qush
rasmlari, Hindiston va Tailanddagi tog‘ ibodatxonalari va hakozolar. Mazkur
tarixiy yodgorliklardagi jozibador lik va betakrorlik, qadimiylik va inson ahlini lol
qoldirgan qurilish san’atidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |