Jahonning barcha davlatlarida ham o‘sha mamlakatda yashayotgan aholi uchun
ham va boshqa mamlakatlarda yashayotgan aholilar uchun ham taniqli bo‘lgan
turistik resurs ob’ekt mavjud bo‘ladi. Ko‘p mamlakatlarda esa faqat shu mamlakat
boshqa davlatlardagi odamlar deyarli qiziqishmaydi, ular bu davlatga ushbu
ob’ektni ko‘rish uchun kelib-ketuvchi turistlar bo‘la olishmay di. Jahondagi
ko‘pgina davlatlarda esa sivilizatsiya qadimdan rivojlanganligi uchun o‘sha davlat
aholisi uchun ham, boshqa davlatlardagi aholi uchun ham hatto jahonshumul
keltirish mumkin. Masalan: Fransiya davlatida qadimiy, tarixiy obidalar ham,
juda ko‘p. Lekin betakror tabiati (qirg‘oqlarini okean suvlari o‘rab turishi, jungli
o‘rmonlari, rang-barang o‘simliklar olami, turli-tuman hayvonat dunyosi va
hakozolar) bilan jahon turizmida (rekreatsiya turizmi, ekologik turizm)
shuningdek, zamonaviy shaharsozlik, dunyoga tanilgan ulkan imoratlari, masjidlari
Demak, Malayziya turizmidagi jozibadorlik, betakrorlik va ulug‘vor lik
ko‘rinishlari, ob’ektlari, uning tabiatida va zamonaviy shaharsozlikdagi baland,
mo‘jizalar binolarida mujassamlashgan. Petronasning egizak binolari jahondagi
eng baland va jozibador binolar hisoblanadi.
Yana bir davlat Hindistonni olsak tabiati jihatidan ham tarixiy obidalari
(ko‘hna ibodatxonalar, tog‘larni o‘yib ishlangan tosh ibodatxonalar va hakozolar)
jihatidan ham turistik resurslarga juda boy bo‘lgan, mamla kat. Lekin, bu
mamlakatga kelgan xalqaro turistlar deyarli birinchi navbatda sevgi-muhabbatdagi
sado qat timsoliga qurilgan Toj Mahal maqbarasini ko‘rish va ziyorat qilish uchun
kelishadi. Bu holat dan xulosa shulkim, Toj Mahal maqbarasi Hindistondek katta
va qadimiy mamlakatdagi turistik resurslarning jozibadorligi va betakrorligida
yorqin toj hisob lanadi.
Dunyoning davlatlarida joylashgan turistik ob’ektlaridagi jozibador lik va
betakrorlikni O‘zbekistondagi turizm resurslarida tahlil qilgani mizda ko‘z
o‘ngimizda juda katta va turli-tuman mavzuli turizm resurslari va bu resurslarning
har birida o‘ziga xos va mos bo‘lgan jozibadorlik va betakrorlik borligini ko‘ramiz.
Qisqa qilib aytganimizda To‘maris, Spitamen, Zahiriddin Bobur, Amir Temur,
Jaloliddin Manguberdi, Shaybo niyxon, Temur Malik, Inolchiq kabi jahonga
mashhur sarkardalar, sohib qironlar bizning vatanimizning farzandlari va ularning
faoliyati, hayoti, ular qurdirgan Niliy gumbazli maqabaralar, madrasalar va boshqa
tarixiy obidalardagi jozibadorlik, betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Jahon sivilizatsiyasining madaniyati, tabobati, astronomiyasi, matema tikasi,
geografiyasi, she’riyati, geologiyasining tamal toshini qo‘ygan, jahon shumul
maktablarni, dunyodagi dastlabki akademiyalarini (Ma’mun akademiyasi,
Ulug‘bek akademiyasi) tashkil qilgan Al-Beruniy, Ibn-Sino, Al-Xorazmiy,
Ulug‘bek, Al-Farg‘oniy, Abu-Nasr Farobiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy,
Abduraxmon Jomiy, Lutfiy kabi buyuk siymolar hayoti bilan bog‘liq tarixiy
obidalardagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Islom olamining mukammal ta’limotini yaratgan, islom olamining buyuk
daholari bo‘lgan Ahmad Yassaviy, imom Termiziy, at-Termiziy, Motrudiy,
Bahoviddin Naqshband, imom al Buxoriy, Maxdumi A’zam, Qusam ibn Abbos,
Buxorolik yetti pirlar, Buxorolik chor Bakrlar, hazrati Doniyor payg‘ambar, Dovud
payg‘ambar, Xo‘ja Ahror Vali kabi aziz avliyolar va boshqa ko‘plab ulug‘ inson
lar hayoti-faoliyati bilan bog‘liq tarixiy obidalar dagi o‘ziga xos va o‘ziga mos
jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Tabiatimizda biologik xilma xil resurslar, to‘rt ekologik tabiiy geografik
mintaqaning va yerning tabiati, endemik turlar, iqlim, to‘rt iqlimiy faslning
ziynatidagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor. Turizmning
rivojlantirishga bel bog‘lagan ekanmiz, turizm resurslarimizdagi jozibadorlik va
betakrorlikni jahonga ko‘z–ko‘z qilish ning faqatgina uddasidan chiqishimiz lozim
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: