Xalqaro turizm va turizm servisi


Turistning  hohishi  bo‘yicha  turistik  ob’ektda  belgilanadigan



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#218007
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
KURS ISHI

Turistning  hohishi  bo‘yicha  turistik  ob’ektda  belgilanadigan 

jozibadorlik  va  betakrorlik.  Jahonshumul  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  turistik 

ob’ektlarga  turizmdagi  oqim  ham  katta  bo‘lishi  o‘z–o‘zidan  ma’lum.  Masalan, 

Misrdagi piramidalar, Samarqanddagi Temuriylarning tarixiy, madaniy inshootlari, 

Hindistondagi Toj Mahal maqbarasi, Parijdagi Eyfel minora si, Xitoydagi «Buyuk 

Xitoy  devori»,  Rossiyadagi  «Kreml»  majmuasi,  Angliya  dagi    «Styuunxej» 

qoldiqlari va x.k. 

Shu  bilan  birga  halqaro  turizmda  ham,  ichki  turizmda  ham  alohida  guruh 

turistlarning  o‘z  qiziqish  ob’ekti  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  bunday  turistlar  yoki 




kasbiy faoliyati bo‘yicha yoki tabiatdagi biron-bir o‘simlikning o‘sish tarzi yoki bir 

hayvonning yashash tarzining tabiatiga qiziqishi, aynan o‘sha turni yaxshi ko‘rishi, 

unga  ana  shu  turning  harakatlari  yoki  o‘sishi,  guli,  bargi,  yoki  rangi  kichikligi, 

mittililigi yoki ulkan, kuchliligi yoki yirtqichligi ma’qul bo‘ladi. 

Lekin  turist  yoqtirgan  o‘simlik  yoki  hayvon  turi  o‘zi  yashayotgan 

mamlakatda yo‘q bo‘lganligi uchun u shu tur o‘sadigan yoki yashaydigan boshqa 

mamlakat  tabiatiga  sayohatlar  uyushtiradi.  Masalan,  cho‘lning  go‘zal  hayvonlari 

jayron va sayg‘oqlar Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kamsonli bo‘lsada 

saqlanib qolgan. Ana shu jayron va sayg‘oqlarni ko‘rish, yashash tarzini o‘rganish 

va  boshqa  davlatlar  tabiatida  yoki  hayvonot  bog‘ida  saqlash  va  ko‘pay  tirishga 

qiziquvchilar,  olimlar,  tabiatshunoslar  hozirda  deyarli    O‘zbekiston  ga  kelishadi 

(Buxoro  viloyatidagi  «Jayron»  ekologik  markazi).  Bu  yerda  ularning  faoliyati 

uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan.     

So‘nggi yillardagi kuzatishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, yurtimizga keluvchi 

turistlar  ichida  qoyatoshlarimizdagi  qadimiy  tasvirlar,  rasmlarga  qiziquvchilar, 

ko‘hna  arxeologik  qoldiqlarga  qiziquvchilar  soni  ko‘payib  bormoqda.  Shuning 

uchun  ham  Respublikamiz  hududlaridagi  tog‘larda,  dara  larda  qadimiy  rasmlar, 

tasvirlar  va  yozuvlar  tushirilgan  qoyatoshlarni  ro‘yxatga  va  davlat  nazoratiga 

olishimiz  kechiktirilmay  bajariladigan  ish  hisoblanadi.  Yana  bir  misol 

keltirganimizda  yovvoyi  qo‘ylar  arharlarni  ko‘rish  uchun  ham  davlatimizga 

ko‘plab turistlar kelishadi. Chunki, «Nurota» tog‘–o‘rmon qo‘riqxonasining asosiy 

faoliyati Markaziy Osiyo uchun endemik hisoblangan «arharlarni» saqlab qolish va 

ko‘paytirishga qaratilgan. 

E’tibor  qiling,  «Yovvoyi  Afrika»  va  «Xalqaro  geografiya  jamiyat»ining 

yovvoyi yirtqich hayvonlar (sher, yo‘lbars, qoplon, puma, leopard, pantera, giyena 

va  hakozlar)  hayoti  haqidagi  tabiatda  olgan  filmlarini  hamma  zo‘r  qiziqish  bilan 

tomosha  qilishadi.  Shu  bilan  birga  tomoshaning  eng  qiziq  joyi  yirtqich 

hayvonlarning ov qilishi va ovqatlanishi usullaridir. Ushbu filmlardagi betakrorlik 

aynan  ana  shu  ov  qilish  ko‘rinishlarining  berili  shidir.  Agar  ushbu  filmlarda 

yirtqich  hayvonlarning  ov  qilish  ko‘rinishi  bo‘lmasa  film  juda  zerikarli  va  bir 




marotaba    (yovvoyi  hayvon  bo‘lganligi  dan)  ko‘rishga  arziydi.  Turizm 

marshrutlarini  ishlab  chiqishda  shuning  uchun  ham  insonni  qiziqtiruvchi  birorta 

ob’ekt (katta, kichik, mayda, ulkan, haroba va boshq.) e’tibordan chetda qolmaslik 

lozim  bo‘ladi.  Shu  o‘rinda  yana  takror  laymizki,  bugungi  kunda  e’tibordan 

chetdagi  ob’ekt  ertaga  qiziqarli  bo‘lishi  mumkin  degan  xulosa  bilan  turistik 

resurslarning  barchasini  ro‘yxatga  olib,  hozirdan  turistik  resurslar  katologini 

tuzishga kirishimiz lozim bo‘ladi. 


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish