1-Amaliy mashg’ulot. Boshqarish ob’yektlarini analiz qilish



Download 255,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana31.12.2021
Hajmi255,75 Kb.
#217096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot.

chiziqli deb ataladi.  

Boshqarish ob’ekti turg‘un (barqaror), noturg‘un (barqaror emas) va betaraf 

(dahlsiz)  bo‘lishi  mumkin.  Agar  u  tashqi  ta’sir  to‘xtatilganidan  so‘ng,  statik 

xarakteristikasi bilan aniqlanadigan, dastlabki muvozanat holatiga qaytsa, turg‘un 



ob’ekt deb ataladi. Noturg‘un ob’ektlarda tashqi ta’sirlar tugatilgan taqdirda ham 

chiqishdagi o‘zgaruvi o‘zgaraveradi va u dastlabki muvozanat holatiga qaytmaydi. 



Dahlsiz  ob’ektlarda  tashqi  ta’sir  to‘xtagandan  so‘ng  ixtiyoriy  qandaydir 

muvozanat  holati  o‘rin  olib,  u  dastlabki  muvozanat  holatidan  farq  qiladi  va 

keltirilgan ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. YAna shuni aytib o‘tish joizki, bir ob’ekt bir 

paytning  o‘zida  ham  turg‘un,  ham  noturg‘un  va  ham  xarakterlovchi  daxlsiz 

holatlarda  bo‘lishi  mumkin.  Maslan,  asinxron  elektr  dvigateli  aylanish  tezligiga 

nisbatan  sirpanishning  kritik  qiymatidan  kichik  birliklarida  turg‘un,  katta 

qiymatlarida noturg‘un  bo‘lishi mumkin. Agar boshqariluvchi o‘zgaruvchi sifatida 

chiqishdagi valning burchak og‘ishi olinsa, dvigatel daxlsiz ob’ekt hisoblanadi. 

Amalda  sozlash  va  boshqarish  masalalarining  turli  xil  muammolari 

uchraydi.  Ayrim  qurilmalarning  normal  ishlashi  chiqishdagi  o‘zgaruvchining  bir 

hil  qiymatlari  bilan  aniqlanadi.  Masalan,  elektr  generatorlarda  kuchlanish  va 

chastota  energiya  iste’moli  o‘zgarganda  ham  bir  xilda  qolishi  kerak.  Bu  erda 

sozlashdagi muammo shundan iboratki, sozlovchi a’zolarga ta’sir qilish yo‘li bilan 



ob’ekt  ishining  har  qanday  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  rejimlarida  chiqishdagi 

o‘zgaruvchini belgilangan qiymatlarda ushlab turish kerak bo‘ladi.  

Sozlovchi  ob’ektlar  sifati  misol  qilib  quyidagilarni  kelitirishimiz  mumkin: 

gidravlik  xovuz;  bunda  qanda  suyuylik  sarf  qilishidan  qat’iy  nazar  xovuzdagi 

suyuqlik  sathini  bir  xil  ushlab  turish  zarur,  dvigatel  (elektr  yoki  issiqlik)  qaysiki 

ularda aylanish tezligini yoki momentni bir xil ushlab turish kerak bo‘ladi. Elektr 

va issiqlik pechlari (o‘choqlari) yoki binolar bo‘lib, ularda berilgan xarorat bir xil 

ushlab turilishi joizdir. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 

SHunday  ob’ektlar  ham  uchrashi  mumkinki,  ularda  normal  ish  rejimlari 

boshqariluvchi  o‘zgaruvchining  ma’lum  bir  qonuniyat  asosida  o‘zgarib  borishi 

bilan  belgilanadi.  Masalan,  qozonlarga  berilayotgan  havo  miqdori  yoqilg‘ining 

optimal  rejimiga  doimo  mos  kelishi  kerak;  kamerali  o‘choqning  ichidagi  xarorat  

vaqt  davomida  ma’lum  bir  qonuniyat  asosida  o‘zgarishi  zarur,  chunki 

kuydirilayotgan yoki eritilayotgan metall texnologiyasi shuni taqozo etadi. Bunday 

hollarda  boshqarish  muammosi  shundan  iboratki,  sozlash  a’zolariga  ta’sir  qilish 

yo‘li  bilan  boshqariluvchi  o‘zgaruvchilarni  qurilmaning  berilgan  qonuniyatlari 

bo‘yicha, o‘zgartirib borishi kerak bo‘ladi. 

Xar qanday tizimlarni u yoki bu prinsiplarga ko‘ra turli xil sinflarga ajratish 

mumkin.  Yo  bo‘lmasa  butun  bir  tizimni  turli  ko‘rsatkichlarga  ko‘ra  u  yoki  bu 

sinfga  kiritishimiz  mumkin.  Avtomatik  boshqaruv  tizimlarini  xam  turli  xil 

ko‘rsatkichlariga  ko‘ra  xarakteristikalashimiz  mumkin.    Umuman  ABTlarni 

sinflash  bizga  nima  uchun  kerak?  Nima  uchun  bir  butunni  maydalashimiz  zarur? 

Yo bo‘lmasa sinflarga ajratganimiz bilan nimaga erishamiz? – nima deb o‘ylaysiz. 

Meni  fikrimcha  sinflanish  bir  butun  yaxlit  tizimni  aynan  nimaga  asoslanib 

avtomatlashtirishimiz yoki qaysi ko‘rsatkichlarga ko‘ra o‘zgartira olishimiz uchun, 

o‘zgartirish  kiritishda  yoinki  qanday  qonuniyatlar  asosida  loyixalashni  aniqlash 

uchun zarurdir. 


Download 255,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish