Kuchaytirish elementlari esa sezgir elementdan chiqayotgan kam quvvatli
signalni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bajarish elementlari ob’ektlarga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun
xizmat qiladi. Agar ular sozlanayotgan a’zoni mexanik siljishiga sababchi bo‘lsa
servomotor yoki servodvigatellar deb ataladilar.
O‘zgartiruvchi elemetlar element chiqishida yoki miqdoriy jihatdan
o‘zgacha, yoki fizik tabiati o‘zgartirilgan signalga ega bo‘lishda qo‘llaniladi.
Bunday signalni o‘zgartirish shu elementdan keyin turgan elementlarning ishlashi
yoki sezishi uchun noqulay bo‘lgan hollarda zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |