O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi d. Q. Maksumova g’. U. Qobilov



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#214120
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
ekologik biotexnologiya

Quyosh energiyasi 
O’zbekistonning  iqlimi  va  geografik  sharoiti  quyosh  energiyasidan  keng 
sonoat ko’lamida elektr va issiqlik energiyasi olish imkoniyatini beradi. Quyosh 
energiyasi – bu qayta tiklanuvchi energiya manbaidir, u amalda ishlatish nuqtai 
nazaridan  kelajagi  porloq,  qulay  va  foydalanishda  oddiy  energiya. 
O’zbekistonning quyosh energiyasi bo’yicha yalpi salohiyati 50.973 mln. tonna 
neft ekvivalentiga teng deb aholanadi, bu esa respublika hududidagi hozirgacha 
tekshirilgan barcha qayta tiklanuvchi energiya  manbalarining 99 ,7 % iga teng. 
Uning texnikaviy salohiyati 176,8 mln.tonna.n.e. (QTEM jami texnikaviy 
salohiyatining 98,6 % ). O’zbekiston hududiga har yili tushayotgan quyosh 
energiyasi o’zining absolyut qiymatiga ko’ra mamlakatning o’rganilgan barcha 
uglevodorod xom ashyosi zahirasidan ko’pdir. Hozirgi vaqtda quyosh 
energiyasining bor-yo’g’i 0,6 mln.t.n.e. o’zlashtirilgan xolos (texnikaviy 
salohiyatning 0,3% i).  Respublikada  quyoshli  vaqt  bir  yilda  shimolda  2000 
soatga  yetadi  va  janubiy  hududlarda  3000  soatdan  oshadi.  Sutka  davomida 


96 
 
quyosh nur sochishi 7-10 soat, yillik jami nurlanish shimolda 4800 MDj /m
2
 dan 
janubda  6500  MDj  /m
2
  gacha  o’zgarib  turadi.  Bu  o’rtachalashtirilgan  sonlar 
respublika  bo’yicha  quyosh  energiyasi  salohiyatining  o’rtacha  qiymatlarini 
xarakterlaydi,  lekin  konkret  hududdagi  quyosh  energiyasi  uskunasining  ishlash 
sharoiti  va  texnikaviy  imkoniyatlari  haqida  ma’lumot  bermaydi.  Shunga 
qaramay,  quyosh  energiyasining  texnikaviy  salohiyati  Respublikaning 
energiyaga  bo’lgan  yillik  talabini  to’rt  barobar  qoplaydi,  bu  esa  salohiyatning 
qanchalik  to’g’ri  aniqlanganligi  borasidagi  bahs  va  munozaralarni  yumshatadi. 
Quyosh  energiyasidan  foydalanish  uni  qo’llash,  uning  resurslari  va  oddiyligi 
nuqtai-nazaridan  kelajagi  porloq.  Quyosh  energiyasi  qurilmalari  turli  sohalarda 
qo’llanilishi  mumkin.  Bu,  ayniqsa,  markazlashgan  elektr  va  issiqlik 
energiyasidan  uzoqdagi  aholi  punkltlarni  energiya  bilan  ta’minlashning  qulay 
yo’lidir.  Quyosh  energiyasidan  amalda  foydalanishning  eng  istiqboli  porloq 
sohalari:  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish,  quduqlardan  ichish  va  sug’orish 
uchun  suv  chiqarish,  cho’l  hududlarda  suvlarni  chchuklashtirish,  qishloq 
xo’jaligi maxsulotlarini quritish, issiqxona va uylarni isitish, markazdan uzoqda 
joylashgan  uylarni  issiq  suv  bilan  ta’minlash,  imoratlarni  shamollatish  va 
sovutish,  toza  va  yuqori  darajadagi  issiqqa  chidamli  mahsulotlar  olish  uchun 
yuqori haroratli pechlarni qurish. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish