Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish
Sh.T. Inoyatov – NamDU Phd
F.R. Xusanboyeva- NamDu 2-bosqich magistranti
T.T. Ismanov- NamDu 2-bosqich magistranti
Annotatsiya: Quyosh yer yuzida barcha energiya turlarining manbayi hisoblanadi. Quyosh har sekundda o‘rtacha 88 x 1024 kaloriya issiqlik yoki 368* 1012 TWt energIya tarqatadi. Agar nurlanish oqimi atmosferadan o‘tib Yer sirtiga tik tushsa, u holda nurlanish bosib o‘tgan optik masofa bir atmosfera massasiga teng deb hisoblanadi va AM1 bilan belgilanadi. Fotoelektrik effektga asoslangan yarimo‘tkazgich materiallarda p – n o‘tishli tuzilmalardan iborat quyosh elementida, ularga tushayotgan Quyosh nuri bevosita elektr energiyasiga aylantiradi.
Kalit so’zlar:Muqobil energiya, qayta tiklanuvchi energiya, quyosh fotoelektrik stansiyasi, quyosh batareyasi,optik atmosfera massasi, insolyatsiya,bolsman doimiysi,o’ta o’tkazuvchanlik,kirishmali yarimo’tkazgichlar, yutulish koeffisienti, fotoqabul qilgich, fotoqarshilik.
CONVERSION OF SOLAR ENERGY INTO ELECTRICITY
Sh.T. Inoyatov – NamSU Phd
F.R. Xusanboyeva- NamSu stage 2 master
T.T. Ismanov- NamSu stage 2 master
Annotation: The sun is the sourse of all types of energy on Earth is considered. Sun at every second 88*1024 colorie heat or 368*1012TWt distributes energiya. A tream of radiation passing throught the atmosphere perpendicular to the Earth’s surface if it falls, thenthe optical distance traveled by pressing the radiations is equal to the mass of one atmosphere is considered and is determined by AM1. Based on photoelectric effect p-n in semiconductor materials in a solar element consisting of threaded structures, the sunlight falling on them directly turns into electricity
Keywords: Alternative energy, renewable energy, solar photelectric station, solar battery, optical atmosphere mass, insulating, bolsman continuous, superconductivity, input semiconductors, absorption coefficient, photodetector, photo resistanse,
So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 1-martdagi Farmoni va “2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi 2015-yil 5-maydagi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan: energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida respublika komissiyasining ishchi organi sifatida energiya samaradorligini oshirish bo‘limi tashkil etildi; Toshkent shahrida Quyosh energiyasi xalqaro instituti faoliyat ko‘rsata boshladi; Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi; Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko‘magida 2014-yilning dekabr oyida quvvati 130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi va ishga tushirildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmog‘iga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega; Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar tayyorlanmoqda; quyosh ulkan energiya manbai bo’lib, u qayta tiklanadigan va bitmas-tuganmas hamda ekologik toza energiya manbai sifatida boshqa energiya turlaridan ancha afzal. Quyosh batariyalari, shubhasiz toza energiya manbai hisoblanib, ulardan kosmosda ham, yerda ham keng foydalanilmoqda. [1] Quyosh yer yuzida barcha energiya turlarining manbayi hisoblanadi. Quyosh har sekundda o‘rtacha 88 x 1024 kaloriya issiqlik yoki 368* 1012 TWt energiya tarqatadi. Ammo bu energiya miqdorining atigi 2xl0~6% i, ya’ni 180xl06 TWt miqdorigina yer yuzasiga yetib keladi. Shu miqdor ham yer yuzidagi barcha doimiy energiya ishlab chiqaruvchi qurilmalarning energiyasidan taxminan 5000 barobar ko‘pdir. [2] Yer atmosferasi o‘zining optik xususiyatlariga asosan selektiv yorug‘lik filtri bo‘lib, koinotdan kelayotgan quyosh nurlanishini o‘zgartiradi. Agar nurlanish oqimi atmosferadan o‘tib Yer sirtiga tik tushsa, u holda nurlanish bosib o‘tgan optik masofa bir atmosfera massasiga teng deb hisoblanadi va AM1 bilan belgilanadi. Qiya tushayotgan nurlarning optik masofasi uzunligini ularning AM1 optik masofa kattaligiga qiyoslab aniqlash mumkin. Agar nurlanish oqimi atmosfera ta’sirida o‘zgarmasa, uning optik atmosfera massasi nolga teng bo‘lib, u AM0 deb belgilanadi. To‘g‘ridan – to‘g‘ri tushayotgan Quyosh nurlanishi oqimining dengiz sathida qoq tush paytida ochiq havoda Yer sirtidagi energetik yoritilganligi ≈100mW sm ga teng deb hisoblanadi [3]. Insolyatsiya deb, ma’lum geografik hududda Yer sirtiga tushayotgan Quyosh nurlanishining miqdoriga aytiladi. Insolyatsiya, Yer – Quyosh tizimida masofaning Ultrabinafsha nurlanish, koinotda yuqori intensivlikka ega bo‘lishiga mavsumiy tebranishlariga, geografik kenglikka, hududning muhitiga va atmosfera
massasiga bog‘likdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |