F. R. Xusanboyeva- namDu 2-bosqich magistranti T. T. Ismanov- namDu 2-bosqich magistranti Annotatsiya



Download 176,55 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2022
Hajmi176,55 Kb.
#646044
1   2   3
Bog'liq
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish maqola

2.1 – rasm. Quyosh nurlanishi energiyasining spektral taqsimlanishi.
Insolyatsiyani odatda quyosh nurlanishining kunlik, oylik, yillik o‘rtacha
miqdori bilan ko‘rsatiladi. Quyoshdan tushayotgan yorug‘lik yarimo‘tkazgichga
tushganda uning xususiyatlarining o‘zgarishini kuzatamiz [4–5]. Bu yarimo‘tkazgichlar o‘zi qanday moddalar?
Agar moddaning valent sohasi to‘laligicha egallanmagan bo‘lsa, ammoo‘tkazuvchanlik sohasigacha bo‘lgan energetik masofa nisbatan kichik (2 eV dankamroq) bo‘lsa, bunday moddalar yarimo‘tkazgich deyiladi. Yarimo‘tkazgich xususiyatlari xususan elektr o‘tkazuvchanligi tashqi muhitga, ayniqsa haroratga bog‘liq bo‘ladi. Harorat (T) ning ortishi elektronlar miqdorining valent vao‘tkazuvchanlik soha orasida joylashgan man qilingan sohadan (Eg) o‘ta o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘tishda tok tashuvchilarning eksponentsial ravishda ko‘payishiga va elektr o‘tkazuvchanlikning (σ)
σ=Aexp(-Eg/2kT) (1)
tenglamaga asosan o‘zgarishiga olib keladi. Bu erda k – Boltsman doimiyligi,
A – moddani xarakterlovchi o‘zgarmas kattalik [4-5].
Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi erkin elektronlar konsentrattsiyasi
o‘zgarmas bo‘lganligi tufayli elektronlar harakatchanligining haroratga bog‘liqligi
bilan aniqlanadi va haroratning ortishi bilan asta – sekin kamayadi. Yuqoridagi
tenglamani logariflab quyidagi holda ifoda etamiz.
lnσ=lnA- (2)
Bu tenglamani yarim logarifmik koordinatalarda grafik ravishda ko‘rsatish mumkin va hosil bo‘lgan to‘g‘ri chiziq va uning φ burchakli tangensi yarimo‘tkazgich materiallarning asosiy parametri bo‘lgan, man qilingan soha kengligi bo‘lgan Eg=2kTφ ni aniqlaydi. Ta’kidlash lozimki, qiya to‘g‘ri chiziq, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlikning logarifmi 1/T dan o‘zgarishi faqat tozakirishmalardan holi, xususiy o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan materiallar uchungina shunday ko‘rinishga ega [4-5]. Kirishmali yarim o‘tkazgichlarda lnσ ning 1 T ga bog‘lanishi murakkab
bo‘lib, u ikkita qiya to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lishi mumkin va bir – biri bilan
gorizontal qism orqali tutashgan bo‘ladi. Past haroaratli sharoitda o‘lchash natijasida
olingan lnσ=lnA- tenglamadan hosil qilingan qiya to‘g‘ri chiziq tangensiyordamida kirishmalarning man qilingan sohada joylashgan energetik sathlariholatini aniqlash mumkin. Yuqori haroratli sharoitda olingan hollarda esayarimo‘tkazgich matrialning man qilingan sohasi kattaligini, ya’ni Eg ni aniqlash
mumkin [4,5 – 7]. Quyosh elementi tayyorlashda Quyosh nurlanishining yarimo‘tkazgich material bilan o‘zaro ta’siri, fotonlar energiyasi materialdagi elektronlarda yutilishi va chiqishi jarayonlari muhim ahamiyatga egadir.Kvant mexanikasida elementar zarrachalar, shu jumladan elektronlar ham to‘lqin xossalariga ham ega deb qaraladi. Shuning uchun elementar zarrachalarharakatini o‘rganishda energiya (E) va impuls (P) bilan bir qatorda, ularning to‘lqinuzunliklari λ va chastatasi ν va to‘lqin vektori K =P/ h , ( h – Plank doimiyligi )ham ishlatiladi. Bu erda E =hν va P=h/ λ ga teng [6-7].Kristallning sohali tuzilmasini E – K diagrammalar bilan tasvirlash mumkin.Bu erda energiya elektron – voltlarda (eV) to‘lqin vektori K – kristalli panjara doimiyligi qismlarida ko‘rsatiladi, shu bilan birga K o‘qida ko‘rsatkichlaryordamida kristall orientattsiyasining yo‘nalishi ko‘rsatiladi. E–K diagrammasining va jumladan o‘tishning «to‘g‘ri» yoki «to‘g‘rimas»ligini aniqlash mumkin [7].Optik yutilishni o‘lchashdan aniqlangan Eg ning kattaligi, ko‘pinchayarimo‘tkazgich materialdagi erkin zaryad tashuvchilarning konsentrattsiyasiga,haroratga va kirishmalar energetik sathlarining man qilingan sohada mavjudligigabog‘liq bo‘ladi. Agar o‘tkazuvchanlik sohasi tubidagi va valent sohasi ustidagi holatlar zaryad tashuvchilar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, u xolda optik o‘lchashlarnatijasi kirishmali yarimo‘tkazgichli materiallar uchun Eg sof xususiy materialga tegishli qiymatidan kattaroq bo‘lishi mumkin. Agar kirishmalar hosil qilgan soha eng yaqin ruxsat etilgan soha chegarasi bilan birlashib ketsa, masalan, ko‘p miqdordagi kirishmalar kiritilganda kuzatiladigan holat, u xolda Eg kamayadi. Egning bunday kamayishi asosiy yutilish chegarasiga ta’sir qiladi[8-9].Yarimo‘tkazgich materialda yutilish koeffitsienti α odatda to‘lkin energiyasining 1/α masofada -e marotaba kamayishi orqali aniqlanadi va u N =N0 exp(-αl ) dan topiladi, bu erda N – yarimo‘tkazgich materialda ℓ chuqurlikka kirgan fotonlar oqimining zichligi, N0– material sirtini kesib o‘tuvchi fotonlar oqimining zichligi. Fotoelektrik effektga asoslangan yarimo‘tkazgich materiallarda p – n o‘tishli tuzilmalardan iborat quyosh elementida, ularga tushayotgan Quyosh nuri bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Shuning uchun, quyosh elementi fotoqabulqilgich va fotoqarshiliklardan farqli ravishda tashqi kuchlanish manbaiga muhtoj emas [10]. Bu effekt yuz yildan ortiq vaqt davomida selen va mis oksidining fotoelektrik xususiyatlari sifatida o‘rganib kelingan, ammo ularning foydali ish koeffittsienti (F.I.K.) 0,5 % oshmagan [9]. Bu muammoning nisbatan faol echilishi yarimo‘tkazgich materiallar electron tuzilishining soha nazariyasi yaratilganidan keyin, materiallarni kirishmalardan tozalash va nazoratli kirishmalar kiritish texnologiyasi, hamda p – n o‘tishning nazariyasi yaratilishi bilan bog‘liqdir. So‘nggi 35 yil davomida energiya manbai sifatida yuqori samarali Si, GaAs, InP, CdTe va ularning qattiq qotishmalari asosida FIK 20-24 % bo‘lgan quyosh elementi yaratildi. Kaskadli quyosh elementi larda esa FIK 30% gacha etkazildi [4-5].
Quyosh elementlarining samarali ishlashi uchun qator sharoitlarga rioya qilish zarur bo‘ladi:
-yarim o‘tkazgichning aktiv qatlami yutilishining optik koeffitsenti qatlam qalinligi chegarasidagi quyosh nuri energiyasining katta qismini yutilishini tamillashi uchun etarlicha kata bo‘lishi kerak;


Download 176,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish