BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA O‘QUV-TARBIYA
JARAYONINI AKT ORQALI TASHKIL ETISH
Ulasheva G. M., Odilova N. H.
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinf o’qituvchilari
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ning amaldagi tadbiqi bugungi kunda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va jahon
andozalariga mos ravishda rivojlantira borishni taqozo etmoqda. Tabiiyki, ushbu vazifani muvaffaqiyatli
amalga oshirish ko‘p jihatdan barcha turdagi ta’lim muassasalarida ta’limni zamonaviy axborot
texnologiyalarining tadbiq etilishi va ulardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq.
Umumta’lim maktablari o‘quv-tarbiya jarayonini kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini
rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun 2019- yil 9-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini
tashkil etish to‘g‘risida PF-5815 farmonida, shu bilan birga, iqtidorli yoshlar bilan ishlashning yagona va
samarali tizimini yaratish, yosh avlodning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun bunday
yoshlarning tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori darajada munosib ifoda eta oladigan talab yuqori
bo‘lgan yosh mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifamiz ekaniligini ta’kidlab o‘tdi.
Demak, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga ilg‘or ta’lim
shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish keng yo‘lga qo‘yildi. Shu qatorda
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham ta’lim sifatini yaxshilash, uni zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalangan holatda tashkil etishga hozirgi kunda astoydil e’tibor qaratilmoqda.
O‘quv-tarbiya jarayoniga elektron vositalarini tadbiq etish, kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish ishlari
respublikamizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sezilarli darajada ommalashib bormoqda. Chunki
boshlang‘ich sinflarning o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalarning tadbiq etilishi
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bilan birga mantiqiy fikrlashini, faol bilim olishini ta’minlaydi,
ularning individual va intellektual salohiyatini rivojlantirishga imkon yaratadi. Buning uchun fan
o‘qituvchilari va har bir o‘quvchiga barilgan vazifani bajarish uchun kompyuterdan foydalanilsa o‘quvchi
o‘qiydi, ko‘radi, eshitadi va matn bilan ishlashni uddalay olishi va o‘quv predmetlarini kompyuter
yordamida o‘zlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lishi talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘pgina fanlarni o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali vositalarga
asosiy e’tibor qaratiladi. Chunki o‘quv materiallarining tabiiy, jonli va eng muhimi qiziqarli namoyish
etilishi o‘quvchining bilim olishini yengillashtiradi, o‘rganilgan bilimni uzoq muddat xotirada saqlab qolish
va amaliyotda foydalanishga imkon yaratadi.
Xalqaro baholash tizimiga faol qatnashish uchun bolaning matematik savodxonligini oshirishda
115
elektron vositalardan unumli foydalanish ayniqsa boshlang‘ich ta’lim dasrlarining samarasini oshirishning
dolzarb muammosi hisoblanadi. Chunki darslardagi barcha mavzularni to‘liqroq yoritish uchun bir qancha,
rasmli jadvallar, yoki slaydlar ega bo‘lish talab etiladi. Lekin umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchilarining bu borada imkoniyatlari cheklangan. Bundan tashqari har bir mashg‘ulot uchun
o‘quv materiallari tayyorlash va ulardan dars jarayonida foydalanish ko‘p mehnat va vaqtni talab etadi.
O‘quv jarayoni zamonaviy axborot vositalari yordamida tashkil etilishi o‘quvchilarning o‘quv predmetiga
qiziqishini, ta’lim samarasini oshiradi. Bunday intilish o‘qib, o‘rganayotgan o‘quvchi yoshlarni yetuk,
intelektual salohiyatli bo‘lib yetishishini ta’minlaydi.
Boshlang‘ich ta’lim fanlarni o‘qitish jarayonida texnik vositalar ancha ilgari foydalanib kelingan.
Respublikamizning ko‘pgina umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tajribali o‘qituvchilar tomonidan texnik
vositalarni tadbiq etishi orqali ta’limning samaradorligini oshirishga erishayotganligini ta’kidlab o‘tish
lozim. Lekin zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va texnik vositalarga talab
va ehtiyojning ortib borishi bilan mazkur texnologik vositalarni ishlab chiqish va ulardan dars jarayonida
foydalanish sifat jihatidan ancha orqada qolmoqda.
Ta’lim jarayonida elektron vositalardan foydalanish muammolarini tadqiq etish, ta’limning
zamonaviy vositalarini yaratish, ularni ilmiy asoslab berish borasida bir qancha olimlarimiz muvaffaqiyatli
ish olib borishmoqda. Nufuzli olimlarning tadqiqot ishlarida ta’limni yangi uslub va vositalar yordamida
tashkil etish, uni texnologiyalashtirish va didaktik asoslarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi fikr va
mulohazalari o‘z aksini topgan.
So‘nggi yillarda fan texnikaning yanada rivojlanishi ta’sirida ta’lim tizimiga kompyuterlashgan
texnologik vositalarni tadbiq etish, o‘quv fanlarini bevosita informatika va axborot texnologiyasi
elementlari bilan bog‘lashga intilish tobora kuchayib bormoqda.
So‘nggi yillarda yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqish borasidagi ko‘pchilik ilmiy
izlanishlarning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘quv
mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishdan iborat.
Respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tajribali o‘qituvchilari tomonidan ham
o‘quvchilar bilimini baholash va rag‘batlantirishni kompyuter yordamida amalga oshirish borasida bir
qancha materiallar tayyorlangan. Bu kabi materiallar o‘quv mashg‘ulotlarining samarasini oshirishi tabiiy
albatta. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini kompyuter yordamida o‘rganish, elektron vositalar orqali o‘quvchilar
bilimini baholash va rag‘batlantirish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Ishlab chiqilgan ko‘pchilik elektron
vositalar zamonaviy talablarga javob bermaydi. Bundan tashqari umumiy o‘rta maktablarining ko‘pchilik
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari yetarli kompyuter savodxonligiga ega emaslar. Boshlang‘ich ta’lim
darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘pchilik elektron vositalar tizimga solinmagan, ularni
yaratishda o‘quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasi, ta’limning uzviylik va boshqa psixologik va
pedagogik omillar hisobga olinmagan, ulardan foydalanishning pedagogik va psixologik jihatlari ochib
berilmagan.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda o‘qish, matematika savodxonligini oshirish va xalqaro
baholash darajasiga yetkazish uchun o‘quv-tarbiya jarayonini kompyuterlash o‘quvchilarning bilish
faoliyatini, ta’limning samarasini oshirish mumkin, agarda quyidagilarga amal qilinsa:
-
mashg‘ulotlarni rejalashtirish va ularga tayyorgarlik ko‘rish davomida boshlang‘ich
ta’limda o‘rganiladigan mavzularning mazmuni va xususiyatlarini bola mantiqiy fikirlashini e’tiborga
olinsa;
-
o‘qitishning barcha pog‘onasida boshlang‘ich ta’lim darslari mavzulari mazmuniga mos
keladigan fanlar bilan integratsiyalashtirilsa o‘qitishning texnik vositalardan foydalanilsa;
-
fundamental mavzular bo‘yicha kompyuterlashgan o‘quv dasturlari yaratilsa;
-
o‘quv dasturlaridan foydalanishning eng maqbul metodlari, shakllari va usullari tajriba
sinov orqali asoslab berilsa. Biz ko‘zlagan maqsadga erishishimiz mumkin.
116
Do'stlaringiz bilan baham: |