Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR 
ORQALI YO‘NALTIRISH METODLARI 
Obloqulova Gulshoda Fazliddinovna 
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 61-maktab boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi 
Obloqulova Sayyora Fazliddinova 
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 21 -maktab oʻzbek tili fani oʻqituvchisi 
 
Bugungi kunda davlat va jamiyatimiz sinfdan tashqari ta’limga yangi, eng qulay shakl, metod, vosita 
hamda metodikani jalb etishni talab etmoqda. O‘z mamlakati madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha sinfdan 
tashqari  mashg‘ulotlarning  tashkil  etilishi  va  samarali  amalga  oshirilishi  yosh  avlodga  suv  va  havodek 
zarur.  Bu,  birinchi  navbatda,  madaniyatga  faol  qiziqish  bildirayotgan,  faoliyat  jarayonida  idrok  qilish, 
intellektual va ijodiy rivojlanishga qodir bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilariga taalluqlidir. 


 
109 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  o‘quvchi  yoshlarni  zamon  talablariga 
muvofiq  yangicha  ishlash  va  fikrlashga,  izlanish,  tashabbuskorlik  va  tadbirkorlikka  chaqirmoqda.  Shu 
sababli  ta’lim  tizimi  va  mazmunini  takomillashtirish,  uni  real  hayotga  yaqinlashtirish,  shuningdek, 
yoshlarda  intellektual-ijodiy  rivojlanish,  ijtimoiy-  kommunikativ  qobiliyatni  o‘stirish  lozimdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  so‘nggi  yillarda qabul qilingan qator qarorlari va farmonlarida 
ham ushbu g‘oya yetakchi o‘rinni egallaydi. [1] 
O‘quvchilar intellektual-ijodiy – kreativ faoliyati katta ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lib, u 
barkamol  avlodning  bazaviy  sifatlari  va  qobiliyatlarini  rivojlantirish  va  takomillashtirishning  omilidir. 
Zero, intellektual-ijodiy rivojlanish “shaxsning ma’naviy sohasi bilan bog‘liq. Bu faol faoliyat jarayonidagi 
axloqiy,  intellektual  va  estetik  talablar  va  manfaatlarning  shakllantirilishi  va  qanoatlantirilishidir”  [2]. 
Demak,  mazkur  jarayonda  inson  ma’naviyatining  muhim  qirralari  shakllantiriladi,  rivojlantiriladi  va 
takomillashtiriladi13. Zero, uzluksiz va izchil intellektual-ijodiy faoliyat shaxsda intellektni, ya’ni fikrlash 
qobiliyati  va  kreativlik  (o‘ziga  xos  qadriyatlarni  yaratish,  nostandart,  ijodiy  qarorlarni  qabul  qilish 
qobiliyati)ni rivojlantiradi. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  markazida  shaxsning  intellektual-ijodiy  potensiali  (shiddatli 
qiziquvchanlik, idrok qilishga oid faollik, idrok qilishning kuchliligi, dadil, o‘ziga xos tafakkur, tahliliy, 
ijodiy,  umumlashtirilgan  bilimlarni  amaliy  faoliyatga  ko‘chirish  qobiliyati  kabilar),  intellektual-ijodiy, 
ayniqsa, ma’rifiy-funksional qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi turadi, o‘z navbatida, idrok qilishga oid 
faoliyatga  qiziqish,  fikrlarni  mantiqiy,  aniq,  yorqin  va  tushunarli  tarzda  ifodalash  zarur  lug‘aviy 
tushunchalar zahirasiga ega bo‘lish, undan foydalana bilish, ijtimoiy-kommunikativ qobiliyatlarni safarbar 
qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish va uzluksiz takomillashtirish kabi o‘ta muhim layoqatlarni rag‘batlantiradi. 
Shu sababli Milliy dasturda “...inson qobiliyatlarini ochib berish va uning xilma-xil ta’limiy ehtiyojlarini 
qanoatlantirish” vazifasi ilgari surilgan [3]. 
O‘tgan vaqt mobaynida ta’lim amaliyotida ushbu vaziflarni hal etishda birmuncha yutuqlarga ham 
erishildi.  Xususan,  maktablarda  tarixiy-madaniy  merosni  o‘rganish  bo‘yicha  sinfdan  tashqari 
mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Buyuk mutafakkirlar: al-Xorazmiy, imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali  ibn  Sino,  Yusuf  Xos  Hojib,  Xo‘ja  Ahmad  Yassaviy,  Alisher  Navoiy,  Ogahiy  va  boshqa  buyuk 
ajdodlarimiz, shuningdek, Mahmudo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ma’rifatparvarlar 
pedagogik  merosi  madaniy-ma’rifiy  tarbiyaning  asosini  tashkil  qiladi,  bu  zamonaviy  yetuk  shaxsni 
shakllantirishning ishonchli yo‘nalishidir. O‘quvchilarning ma’naviy intellektual-ijodiy rivojlanishida xalq 
pedagogikasidan foydalanish faollashdi. 
Bugungi  kunda  ta’limning  barcha  bosqichlarida  shu  jumladan,  umumiy  o‘rta  ta’lim  bosqichida 
o‘quvchi shaxsida kreativlikni shakllantirishga, o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuviga, intellektual-ijodiy 
va ma’naviy rivojlanishiga asos  yaratuvchi gumanitar fanlarni o‘rganish jarayoniga e’tibor qaratish zamon 
talabidir. O‘quv jarayonida milliy-madaniy merosning idrok qilinibgina qolmay, intellektual-ijodiy nuqtai 
nazardan o‘rganilishi zarur. Chunki intellektual-ijodiy kreativ idrok qilish va uni ijodiy faoliyat jarayoniga 
joriy etishni, zarur kommunikativ munosabatlarni amalga tatbiq qilishni sinfdan tashqari sharoitlarda to‘liq 
amalga  oshirish  mumkin.  Unga  ko‘ra,  o‘quvchilari  bilan  amalga  oshiriladigan  intellektual-ijodiy  ishlar 
tizimi va sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
– mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunning munosabatdorlik; 
– variativlik va komplekslilik; 
–  ijodiy  faoliyatga  qodir  bo‘lgan  shaxsning  intellektual-ijodiy  rivojlanishini  afzal  ko‘radigan, 
umummilliy va milliy ahamiyatga ega oliy qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonida shakllantiriladigan tizim 
hosil qiluvchi fazilat, 
– “uning hayotiy faoliyati asosini barhayot insoniy qadriyatlar tashkil qilib, shaxs rivojlanishi va o‘z-
o‘zini boshqarishining eng oliy darajasi sanaladi” 
– tarixiy-madaniy materialni o‘rganish davomidagi, murakkablashganlik, 
– o‘quvchida kreativlik qobiliyatni rivojlantira olish; 
– ularni o‘z-o‘zini kreativ rivojlantirishga yo‘naltirish. 
Kreativ qobiliyatni o‘stirishga qaratilgan bunday faoliyat(idrok qilish, axborot materiallarini ijodiy 
tayyorlash,  ularning  turli  o‘quv  auditoriyalarida  ijtimoiylashtirish)  o‘quvchilar  uchun  qiziqarli  bo‘lib, 
ularning  ehtiyojlariga  mos  keladigan,  ahamiyatli,  zarur  o‘quv  faoliyati  hisoblandi.  Bunday  faoliyat, 
ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarini o‘ziga jalb qiladi. Bu yosh davri idrok qilish, ijodiy faollik, shakllangan 
intellekt,  ijodiy  potensial,  ijtimoiy-kommunikativ  faoliyatga  intilish,  intellek  tual-ijodiy  rivojlanish, 
takomillashishga  intilishning  kuchliligi  bilan  ajralib  turadi.  O‘smirda  nafaqat  ijodiy-  intellektual,  balki 


 
110 
 
muloqot  qilish,  ijtimoiy  faoliyatga  intilish,  ommaviy  axborot  vositalari,  milliy  va  jahon  madaniyatiga 
qiziqish,  o‘z  bilimlari  bilan  o‘rtoqlashish  kabi  ijtimoiy-komunikativ  qobiliyatlar  ham  shakllanadi.  Unda 
oldindan sezish, rejalashtirish, mas’uliyat, qat’iyat, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilish kabi emotsional, 
intellektual  va  irodaviy xususiyatlar faollashadi. Zarur shart-sharoitlar ta’minlanganida, unda “o‘z-o‘zini 
baholash, individualligi va betakrorligi”ni [4] tushunib yetish, bir so‘z bilan aytganda, kreativlikning tarkib 
topishi, estetik did, ma’naviy-axloqiy dunyoqarash, ijtimoiy faollikka ehtiyoj, sinfdan tashqari tadbirlarda 
faol  ishtirok  etish,  e’tirof  etilish  va  ma’qul-  lanishga  ehtiyojning  kuchayishi  kuzatiladi.  Bu  yoshdagi 
o‘smirlar  xalqimizning  tarixi  va  madaniyatiga  katta  qiziqish  bilan  qaraydilar.  Bu  qiziqishlarini  yuzaga 
chiqarish uchun o‘z yurti tarixiy-madaniy  yodgorliklarini kreativ o‘rganish lozim. Bu jarayonda sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarda “Sayohat darsi”, “Ziyorat darsi”, “Moziyga bir nazar” kabi dars mashg‘ulotlaridan 
o‘rinli  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Natijada  bola  shaxsining  mavzuni  o‘zlashtira  olishida,  dars  sifat 
samarador-  ligini  oshishida,  guruhda  va  sinflarda  o‘quvchilarning  intellektual-ijodiy  talablar  darajasida 
ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini rivojlanishi uchun muhim tayanch o‘rinlardan biridir. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Mirziyoyev  Sh.  Bugun  ma’rifatga  e’tibor  qaratish  har  qachongidan  ham  muhimdir. 
Elektron resurs. https://www.gazeta.uz/uz/2016/10/19/ustuvor/. 
2. 
Formirovaniye  intellektualnogo,  duxovno-nravstvennogo  i  fizicheskogo  potensiala 
obuchayuщixsya  obщeobrazovatelnoy  shkolы  Respubliki  Uzbekistan  na  sovremennom  etape:  Uchebno-
metod. posobiye dlya uchiteley i vospitateley/ Ped. fanlari doktori, prof. R.X. Jo‘rayevning umumiy tahriri 
ostida. – T., 2005. – 190 b. 
3. 
Karimov I.A. Yukcak ma’naviyat – yengilmac kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 

4. 
Psixologiya i pedagogika. – M., 1998. – 311 b. 
  

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish