119
bevafolik, ochko`zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo salbiy xususiyatlarni ham ifodalaydi. Bu holat
maqollarda so`zning ma’no imkoniyatlari naqadar kengligini ko`rsatadi.
2. Tez aytishlar “Tez aytishlar kichik va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi ayrim tovushlarni
buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga , to`g`ri so`zlaydigan bolalarda esa adabiy talaffuz normalarini
mustahkamlashga , nihoyat , bolalarga jumlalardagi mantiqiy urg`uni topib olishga yordam beradi”. Xuddi
shu kabi , tez aytishlardan foydalanish ham ikkinchi tilni o`rganuvchilarni qiziqtiruvchi , ular nutqidagi
ba’zi nuqsonlarni bartaraf qiluvchi usuldir. Dars jarayonida quyidagi tez aytishlardan foydalanish mumkin:
1. Jamila jiydani joyiga joyladi.
2. Jo`ja cho`chib go`ja cho`qir.
3. On sakkizda bir sakkiz, sakson sakkiz juft sakkiz.
4. Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish.
3. x va h harflari ishtirok etgan so`zlarni ustida ishlash natijasida ulardagi farqni o`rgatish.
4. Lugatlar ustida ishlash. Bunda dars davomida , ayniqsa, mashqlarni bajarishda o`quvchilar
tushunishi qiyin bo`lgan so`zlarni izohli lug`atdan topishni o`rgatish kerak bo`ladi.
5. Frazeologik birliklar bilan ishlash, shevadagi so`zlarning adabiy nutqdagi variantlari bilan ishlash
, til ta’limini rivojlanishga muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Demak til ta’limida maqol, tez aytish, talaffuzdan ajratish qiyin bo`lgan so`zlar , lug`at boyligini
oshirish, iboralar bilan shug`ullanish va ulardan foydalanish- darsning qiziqarli va mazmundor bo`lishini
ta’minlovchi amaliy –didaktik omillardan biridir.Yana shuni aytib o`tish kerakki, o`quvchilarni badiiy
asarlar o`qishga va bu orqali ularni teran fikrlashga , hozirjavoblikka, boshqalar oldida o`z fikrini ayta
olishga, har voqea yuzasidan to`g`ri , xolisona baho berishga o`rgatish mumkin . Yuqoridagilardan kelib
chiqib shuni aytish mumkinki, qo`llanilgan usullar o`quvchilarning intellektual faollik, qiziqishlari hamda
moyilliklaridan kelib chiqqan holda bilimlarning ortishi va ko`nikmalarining malakaga aylana borishini
ta’minlaydi. Ta’lim sifat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiyani hozirgi
zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali
foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishamiz.
Adabiyotlar.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.-Toshkent:
O’zbekiston,2000,23-bet.
Abdullaeva Q. Nutq o’stirish.Toshkent: O’qituvchi,1980.
Mamajonov A. Tekst lingvistikasi.-T.TDPI.1999
Oripov Q.,Obidova M. Ifodali o’qish.Toshkent: O’qituvchi,1982
Do'stlaringiz bilan baham: