47
Agarda, dars jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilinsa, o‘qitishga mujassam
yondashishda samaradorlikka erishiladi:
O‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mavzularni mazmunan uyg‘unlashtirish orqali o‘quv
rejalariga fanlararo aloqadorlik asosida tashkil topgan dars soatlarini kiritish; o‘quv fanlariaro aloqadorlik
asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning tarbiyaviy jihatlarini
kuchaytirish;darslarda mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar
yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda muayyan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishning
turli vositalaridan unumli foydalanish. Chunonchi, aralash o‘quv kurslari bo‘yicha, muammolilik,
ko‘rgazmalilik, mustaqil ishlar, individual topshiriqlar tashkil etish yordamida bunday maqsadga erishish
mumkin.
Ulug’ didaktik Yang Amos Kamenskiy fikricha: “Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa huddi
shunday holda o’rganilishi kerak”.
Fanlararo bog’liqlik g’oyasiga keyinchalik juda ko’p pedagoglar yondashib uni rivojlanishi va
umumlashtirilishiga hissa qo’shdilar. Jumladan D.Lohk g’oyasiga ko’ra: “ Ta’lim mavzuning aniqlanishida
bir fan boshqa fanlar elementlari bilan va faktlari bilan to’ldirilishi kerak”.
I.V.Pestalossi o’zining didaktik maqolasida shunday deydi. “Bir-biri bilan bog’liq fanlarni onginga
keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog’liqlik holatida ekanini angla”-deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir
fandan uzoqlashuvi hatto havfliligini ta’kidlaydi.
D.Uskenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan xabar qilinayotgan bilim va g’oya dunyo
va hayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”.
Bir turdagi qism yoki elementlar mavjudligi va ularning bir maqsadga tabiiy bo’ysundirish imkoni
va bir qator o’quv fanlari uslubidagi yaqinlik integratsiya atamasini aniqlashga asos beradi, ya’ni o’qitish
tarbiya qilish va o’quvchilarni ma’lum o’quv fanlarini o’zlashtirish uyg’unlashtirish usullari haqidagi fan.
Integratsiyani uslubiy hodisa sifatida tahlil qilib bergan I.Kolojvari va L.Pechnikova takidlashicha:
“Integratsiyaning kelajagi porloq”. Bu usul natijasida o’quvchilar ongida olamning faol va ko’p tomonli
tasviri shakllanadi. O’quvchilar olgan bilimlarini amalda faol foydalanishligi boshlanadi. Chunki bilimlari
osonroq amaliyotga xos xususiyatlarini aniqlaydi, yangicha fikrlay boshlaydi, fanni tez o’zlashtiradi, uning
boshqa fanlarga bo’lgan munosabatini ravshanlashtiradi.
O’qituvchi qachon va qanaqa fanlarni integratsiyalash mumkin yoki integralash shartlarini bilish
muhim ahamiyatga ega.
E.Smirnova fikricha: “Birinchi sinfda quyidagi fanlarni integrarlash mumkin: o’qish, yozuv, tasviriy
san’at va mehnat”. Faqat o’qish va faqat yozuv bolani juda charchatadi va unda salbiy tuyg’ularni uyg’atadi.
1-sinf o’quvchisida birinchi darslardayoq o’qishga bo’lgan istak yo’q bo’lmasligi kerak. Uning ko’zlaridagi
uchqun o’chmasligi kerak. Yuqorida aytib o’tilgan fanlarni tartiblashda o’quvchining o’rganish
jarayonnini, qiziqishini ushlab turish, faollashtirishga e’tibor beriladi.
Bir xil sinflarda turli fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilarning bir-birlarining darslariga qatnashib
turishlari hamda o‘quvchilarning bilim va malakalariga qanday talablar qo‘yilishi lozimligini kelishib
olishlari predmetlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. O‘quvchilar
o`qish
darslarida
olgan
bilim
va
malakalaridan
boshqa
fanlarni
o‘rganishda
qanday
foydalanayotganliklarini va bunda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini muntazam ravishda
kuzatib borish ham muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytganda, o`qish fanini o’qitishda fanlararo aloqadorlik tamoyiliga erishish ta’lim
samaradorligini oshiribgina qolmasdan, uni yanada takomillashtirishda asosiy omillardan biri bo’lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: