Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


KITOB  – FARZAND TARBIYASIDAGI  ENG  MUHIM OMIL



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

KITOB  – FARZAND TARBIYASIDAGI  ENG  MUHIM OMIL 
Maqsuda Boltayeva 
Toshkent shahar Uchtepa tumani 283-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
    
Kitob inson  ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba bo’lib xizmat qiladi.Kitob 
o’qigan inson mulohazali,bilimli bo’lib,yuksak ma’naviy dunyosi bilan boshqalardan ajralib turadi.Kitob 
shunday katta kuchg-qudratga egaki,u insonni va hatto uning taqdirini ham o’zgartirib yubora oladi. 
Aksincha,bu  xazinadan  bahra  olmagan  inson  johillikka  yuz  tutadi.U  har  qanday  tubanlikka  qo’l 
urishi, insoniylikni,vijdonini arzimagan narsaga sotib yuborishi mumkin.Qaysi jamiyatda kitobxonlik keng 
ommalashgan bo’lsa,o’qimishli insonlar shunchalik ko’p bo’lib,umuminsoniy qadriyatlar barqaror turmush 
tarziga aylanib qoladi. 
  Shunday  ekan,  jamiyatimizda  kitobxonlikni  oshirish  borasida  juda  ko’p  ishlar  amalga 
oshirilmoqda.Yurtimizda  yoshlarga  keng  imkoniyatlar  yaratib  berilmoqda.Chunki  millatimiz  sha’nini, 
milliy g’ururimizni yuksaltiruvchi kuch bu - yoshlar. 
 Shuning  uchun    kitobxonlik  madaniyatini    aynan  o’quvchilarda  boshlang’ich  sinfdanoq 
shakllantirishning ahamiyati juda katta.Bu borada quyidagi tavsiyalarni belgilab o’tamiz: 
---Ma’lumki,  boshlang’ich  sinflar  o’qish  predmetida    sinfdan  tashqari  o’qish  darslariga  juda  ko’p 
soatlar ajratilgan.Aynan mana shu soatlarni unumli tashkil etish maqsadida o’quvchi yoshiga mos kitoblarni 
tanlab olish talab etiladi. Tanlangan kichik hajmli asar bola dunyoqarashini boyitishga turtki bo’lishi bilan 
birgalikda, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ham lozim.Bunda voqealar rivoji eng qiziqarli nuqtaga yetganda 
asar yechimini uyda o’qib kelish o’quvchilarga topshiriq qilib beriladi.Darsda qiziq hikoyani tinglagan bola 
voqea  nima  bilan  yakun  topishiga  albatta  qiziqadi  .Izlanadi,matnni  topib  o’qishga  harakat  qiladi.Asta  – 
sekinlik bilan bolada mustaqil o’qishga qiziqish va intilish paydo bo’lib boradi. 
---Sinf  o’quvchilari  orasida  tez-tez  kitobxonlik  bellashuvlari  uyushtirib  turish  ham  kitobxonlik 
madaniyatini  oshirishda  yaxshi  samara  beradi.Bunda  o’qituvchi  ikki-uch  oy  oldin  sinf  o’quvchilariga 
o’qilishi lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati va bellashuv shartlarini e’lon qiladi..O’quvchilar belgilangan 
vaqt oralig’ida ota-onasi bilan birgalikda tavsiya etilgan kitoblarni xarid qiladi yoki maktab kutubxonasidan 
oladi.Bellashuv shartlari asosida tayyorlanadi.Masalan:asar muallifi haqida ma’lumotga ega bo’ladi,kitobni 
qiziqish  bilan  o’qiydi.  Asar  mazmuniga  mos  rasmlar  chizadi.  Voqealar    rivojini  ma’lum  vaqt  orasida 
so’zlab, xulosa chiqarishga harakat qiladi.Chiqarilgan xulosani bugungi kun bilan bog’laydi,o’z maqsadi 
va  pozitsiyasini  belgilaydi.Xuddi  shu  yozuvchining  yana  boshqa  asarlarini  o’qishdek  ulkan  ishtiyoqni 
tuyadi. 


 
46 
 
   Bellashuv  so’ngida  o’qituvchi  o’quvchilarni  taqdirlaydi.Yaxshi  natijaga  erishganlarni  e’tirof 
etadi.O’z navbatida keyingi bellashuv  sanasini va  o’qilishi lozim bo’lgan yangi  adabiyotlar ro’yxatini 
e’lon  qiladi.Ro’yxatdagi  asarlar  qaysi  tur  va  janrga  mansubligidan    qat’iy  nazar  uning  mohiyati    inson 
shaxsining  kamol  toptirish,  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini  o’stirish,odamiylik  sifatlarini  tarbiyalashga 
yo’naltirilgan bir qator didaktik talablarga javob berishi talab etiladi. 
 Xulosa  shuki,  maqsad  bolalarning  kitobni  ommaviy  ravishda  sevib  o’qilishiga  erishish 
ekan,o’qituvchi bu yo’lda bor imkoniyatlarini va mahoratini  ishga solishi talab etiladi.Zero,kitob insonning 
eng  yaqin  do’sti  va  maslahatchisi,ruhimiz  ozuqasi,u  bilan  do’stlashish  nafaqat  o’quvchilarimizni 
yuksaltiradi, balki ularga jahonni tanitadi, ezgulikka yetaklaydi. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish