O‘QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Diyor Sunnatovich Tursunov
Jizzax davlat pedagogika instituti,
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
diyor-tursunov@mail.ru
Bugungi yoshlarning tafakkur salohiyati yaqin o‘tmish avlodning fikrlash tarzidan serqatlamliligi,
dunyoviylashgani bilan ajralib turadi. O‘zbekiston mamlakati rivojlanib, jahon xalqlari bilan turli sohalarda
aloqalar kuchayib borishi natijasida tashqi tomondan kirib kelayotgan ma’naviy-mafkuraviy xurujlar soni
ham tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi
minbarida turib: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga
yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarimiz o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur
sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virus”i tarqalishining oldini olishdir”,[1]- deya aytgan ezgu gaplari
31
mazmunidan yosh avlodning mustaqil tafakkurini, analitik fikr yuritish layoqatini rivojlantirish biror
mamlakatning xususiy tashvishi bo‘lmay, dunyo xalqlari oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri
ekani anglashiladi.
Zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ta’lim tizimi oldiga qo‘yayotgan talablar bilan bog‘liqlikda
o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda kompetent yondashuv ta’lim mazmuni va metodlarini o‘zgartirishning
yangi bosqichi sifatida ko‘rib chiqilgan. Ana shu nuqtai nazardan ko‘plab tadqiqotlarda kompetensiya
produktiv va ijodiy faoliyat uchun zarur o‘zaro aloqador shaxsiy sifatlar majmui, kompetentlik esa, ma’lum
sohaga doir biron-bir muammoni hal etishga imkon beruvchi shaxsning zaruriy kompetensiyalarni
egallaganligi sifatida talqin etilgan.
Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) – sub’ektning
maqsadni qo‘yish va unga erishish uchun tashqi va ichki zahiralarni samarali birga tashkil qila olishlikka
tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu sub’ektning muayyan kasbiy masalalarni yecha olishga shaxsiy
qobiliyatidir[2].
N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat”
demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi
[3].
N.V.Tarasova “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat, bilim va
harakat o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan
umumiy qobiliyat» sifatida talqin etadi [4]. Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, kompetensiya –
insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni hal etishga doir
qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining
avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib
ketishidir. Shu bilan bir qatorda kompetensiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada)
– “Bilim – Ko‘nikma – Malaka”ni olti birlik (sikstet) “Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat
tajribasi – Komptensiya – Kompetetnlik” tarzida tahlil etish talab etiladi [5].
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish muammosini tadqiq etgan pedagog olim B.X.Xodjayev tadqiqot
ob’ekti bilan bog‘liqlikda motivatsion-kognitiv, informatsion; kommunikativ, g‘oyaviy-mafkuraviy,
fuqarolikka doir, ma’naviy-axloqiy, akmeologik, aksiologik, estetik kompetensiyalar tizimini
aniqlashtirgan [6].
Guruhiy munozara orqali o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Guruhiy munozara.
Maqsad: Internet tarmog‘idagi suhbat jarayonida hamsuhbatining qadriyatga yo‘naltirilgan fikrlarini
aniqlashtirish.
Guruhiy munozarani tashkil etish uchun savol va topshiriqlar -jadvalda keltirilgan:
1-jadval
“Internet tarmog‘ida notanish suhbatdosh shaxsini baholash” mavzusi bo‘yicha guruhiy munozarani
tashkil etish
O‘quvchilarga topshiriq
Munozara uchun savollar
Sizning vazifangiz Internet
tarmog‘idagi suhbatdoshga tavsif
berish. Baholash mezonlari va
ko‘rsatkichlarini taklif eting.
1. Sizning suhbatdoshingizga bahoingiz uning savodxonlik
darajasiga bog‘liqmi?
2. Suhbatdosh shaxsini baholash uchun umumiy mezonlarni
taklif etish mumkinmi?
3. Internet tarmog‘idagi faoliyati bilan bog‘liqlikda istisno
tariqasida shaxsga ishonchli baho berish mumkinmi?
4. Suhbatdosh shaxsini baholashning qaysi mezonlari Siz
uchun ko‘proq muhim?
5. Suhbatdosh bilan dialog orqali uning tarixiy-madaniy
merosga munosabati va fuqarolik pozitsiyasini aniqlash mumkinmi?
Amaliy tavsifdagi savollarni mustaqil o‘rganib bo‘lishganidan so‘ng, o‘quvchilar guruhiy munozara
jarayonida o‘zlarining taassurotlari va o‘z nuqtai nazarini isbotlashga doir dalillar va misollarni boshqalar
bilan o‘rtoqlashishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga munozara qoidalarini eslatib turadi, fikrlarni bayon etish
jarayoniga bosqichma-bosqichma tuzatishlar kiritib boradi, bir savoldan ikkinchi savolga o‘tishni amalga
oshiradi, oraliq xulosalarga kelinishini ta’minlaydi.
32
Munozara jarayonida guruh refleksiv savollarga javob beradi va umumiy yakuniy xulosaga
kelishadi.
Munozara yakuni sifatida o‘quvchilarga Internet tarmog‘idagi axborotlar bilan ishlash, shuningdek,
mazkur ishni bajarish jarayonida faol refleksiv nuqtai nazarni aniqlashga yo‘naltirilgan “Afsona emas
muammolar” topshirig‘ini bajarishni taklif etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |