25
Xitoyda iqtidorli yoshlar qoidaga muvofiq ta’limning keyingi bosqichlarini davom ettirishda turli
imtiyozlar – davlat stipendiyalari, ishlab chiqarish korxonlari va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan
yordam pullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Xitoyda iqtidorli yoshlar uchun maxsus
maktablar mavjud emas, biroq universitetlar qoshida ochilgan o‘rta maktablarning imkoniyalaridan
samarali foydalaniladi. Har bir universitet qoshida kadrlar va yuqori darajada ta’lim berishni
ta’minlaydigan maktablar mavjud. [4].
Koreya Respublikasida ham iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.
Iqtdorli yoshlar bilan ishlashning asosiy yo‘nalishi sifatida maxsus maktablarni yaratish va qo‘shimcha
ta’limni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtidorli bolalar uchun Busan shahrida “super maktab”
tashkil etilgan. Maktab “Busan Fan akademiyasi” (“Bussan Science Academy”), 2006 yildan “Koreya Fan
Akademiyasi” (“Korean Science Academy”) nomini olgan. Mazkur maktab Xitoydagi “super
maktablar”dan tubdan farq qiladi. Eng avvalo, u universitetdagi qat’iy tartib-qoidalarni o‘zida aks
ettirmaydi, biroq o‘z-o‘zidan “bolalar universiteti” funksiyasini bajaradi. Maktabda iqtidorli yoshlarni
tarbiyalash va rivojlantirishga doir metodlar ishlab chiqilgan. Maktabda butun jahonda iqtidorli yoshlar
bilan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etish bilan shug‘ullanadigan “Iqtidor ta’limi va taraqqiyot”
(Institute For Gifted Education &Promotion) instituti faoliyat yuritadi. Institut o‘qituvchilarni tayyorlashga
doir AQSh, Isroil, Rossiya va Singapurda xalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshiradi. Institut xodimlari
Busan shahridagi iqtidorli yoshlar bilan ishlaydigan barcha o‘qituvchilarning malakasini oshirish bilan ham
shug‘ullanadi. Barcha kurslarning natijalari muntazam tahlil etib boriladi va qo‘llanma sifatida nashr
ettiriladi. Barcha o‘qituvchilar refleksiv tanlovda ishtirok etishadi. Kurslarning samaradorligi asosida
o‘qituvchilarning refleksiv imkoniyatlari baholanadi. [5].
Yuqoridagi tahlillardan shularni e’tirof etish mumkinki, mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarning
intellektual imkoniyatlarini rivojlangan davlatlar tajribalariga tayangan holda tashkil etish mamlakat
taraqqiyotini ta’minlashga mustahkam zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kjagimiz” Davlat
dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y.,
07/18/3907/1706-son.
2.
Габдулхаков В. Ф. Одаренность и ее развитие в условиях взаимо-действия
общеобразовательной школы и университета. Учебно-метод. пособие. – Казань: РИЦ «Школа»,
2012. – С. 64 –65, 87–88.
3.
Образовательные модели и технологии работы с одаренными детьми. / Сост. Башева
Е. И. и др.
4.
– Красноярск: ККИПКППРО, 2011. – С. 6, 12.
5.
Рахматова
Ф.
Иқтидорли
ўқувчилар
билан
ишлаш
технологиясини
такомиллаштириш. Пед.фан.б/ча (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. СамДУ
. 2020 й. 170 б.
Do'stlaringiz bilan baham: