Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH 
TEXNOLOGIYASI 
Yusupova Xabiba Iriskulovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zDJTU o‘qituvchisi 
 
 Hamkorlikni insonning muayyan jamiyatdagi xatti-harakatlarining o‘zi taqozo qiladi. Chunki, har 
qanday  ijobiy  aloqalar  va  munosabatlar  hamkorlik  negizida  namoyon  bo‘ladi.  Hamkorlik  va  o‘zaro 
munosabatlar  millatlararo  muloqot  tizimida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Hamkorlik  o‘zaro  g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatish,  muloqotga  moyillik  va  do‘stona  munosabatlarning  yuqori  cho‘qqisidir.  O‘quvchilarning 
millatlararo muloqotga kirishish ko‘nikmalarini egallashlarida turli millat vakillarining o‘zaro hamkorlikka 
kirishishlarini taqozo qiladigan o‘quv vaziyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. 
Turli  millat  vakillari  bo‘lgan  o‘quvchilarning  o‘zaro  munosabatlari  bevosita  o‘quv-tarbiya 
jarayonida  amalga  oshirilishi  natijasida  ularning  jamiyatda  turli  millat  vakillari  bilan  o‘zaro  tenglik  va 
hamjihatlik  asosida  hamkorlik  qilishlarini  ta’minlaydi.  Shuning  uchun  ham,  o‘quvchilar  bilish,  ijodiy 
faoliyat ko‘rsatish, aqliy mehnat qilish jarayonida millatlararo muloqot ko‘nikmalarini egallashlari lozim. 
O‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan metodlardan biri 
– tarixiy obidalar, milliy-madaniy markazlar, tarix muzeylariga uyushtiriladigan ekskursiyalardir. Mazkur 
metod yordamida o‘quvchilarda O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining madaniyatlari, urf-
odatlariga  nisbatan  alohida  qiziqish  shakllantiriladi  va  ta’lim  jarayonining  jozibadorligi  ta’minlanadi. 
Bunday  ekskursiyalar  jarayonida  o‘quvchilarning  individual  topshiriqlarni  bajarishlari  uchun  ham  qulay 
sharoitlar  yaratish  talab  etiladi.  Masalan,  o‘quvchilar  “Meni  qiziqtirgan  eksponat”,  “Jozibali  san’at 
namunasi”,  “Bizning  do‘stlarimiz”  kabi  mavzularda  referatlar,  insholar,  yozma  ishlar  yozishlari  haqida 
topshiriqlar berish mumkin. Shu bilan bir qatorda, mehnat darslarida o‘quvchi-qizlar turli millatlarga xos 
bo‘lgan kiyimlarni tikishlari, tasviriy san’at darslarida ayni shu millat vakillariga mansub bo‘lgan liboslar 
dizayinini  yaratishlari  mumkin.  Ekskursiyalar  jarayonida  o‘quvchilar  o‘qituvchilar  bilan  bir  qatorda, 
muzeylar  va  madaniy  markazlarning  xodimlari  bilan  ham  muloqotga  kirishadilar  hamda  millatlararo 
muloqot usullarini o‘zlashtiradilar. 
O‘quvchilarni  millatlararo  muloqotga  tayyorlashda  mashq  usulining  boshqa  variantlarini  ham 
qo‘llash mumkin. Masalan, 6-sinf Vatan tuyg‘usi darslarida “O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat” [4; 150-
b.]  mavzusini  o‘rganish  jarayonida  o‘quvchilarga  O‘zbekistonda  yashovchi  turli  xalqlarning  kiyimlari, 
taomlarining  nomlari  ifodalangan  slaydlar  ko‘rsatilib,  ularning  qaysi  millatga  tegishliligini  sharhlab 
berishga oid vazifalar yuklatildi. Buning uchun har bir slaydda O‘zbekistonda yashaydigan muayyan millat 
vakilining milliy xususiyatlari o‘z ifodasini topishiga o‘qituvchilar alohida e’tibor qaratishlari lozim.  
O‘quvchilar  oldiga  mazkur  yo‘nalishlarda  referatlar  yozib  kelib,  krossvordlar  yechish,  she’rlar 
yodlab  kelish,  manzarali  rasmlar  chizish  kabi  vazifalar  qo‘yildi.  Ushbu  jarayonda  milliy  naqshlar, 


 
36 
 
kashtachilik  uslublari,  milliy  taomlar,  milliy  matolar  bilan  o‘quvchilar  yaqindan  tanishishga  harakat 
qildilar. 
Shuningdek,  texnologiyani  amalga  tatbiq  etish  jarayonida  amaliy  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish  va 
o‘tkazishga ham keng e’tibor qaratish zarur. Jumladan,  O‘zbekiston  – ko‘p millatli diyor (6-sinf Vatan 
tuyg‘usi, amaliy mashg‘ulot). 
 Maqsad: o‘quvchilarni O‘zbekistonning ko‘p millatli tarkibi bilan tanishtirish. 
 Vazifalar: o‘quvchilarda turli millatlarning e’tiqodiga hurmat hissini qaror toptirish; ularning boshqa 
millatlarning  urf-odatlari,  rasm-rusmlariga  tolerant  munosabatda  bo‘lishlariga  o‘rgatish:  ijodkorlik 
sifatlarini shakllantirish. 
 Mashg‘ulotning borishi: 
 O‘qituvchi: O‘quvchilar, qani aytingchi, O‘zbekistonda qanday millat vakillari istiqomat qilishadi? 
(O‘quvchilarning bir nechta javobi tinglanadi). 
 To‘g‘ri,  respublikamizda  turli  xil  millat  vakillari  istiqomat  qilishadi.  Hozirda  O‘zbekistonda  136 
millat va elat vakillari yashashadi. 
 Siz  qanday  o‘ylaysiz,  O‘zbekistonda  eng  ko‘p  sonli  millat  vakillarini  kimlar  tashkil  etadi? 
(O‘quvchilarning javoblari). 
 O‘zbekiston aholisining 80%dan ortig‘ini o‘zbek millatiga mansub kishilar tashkil etadi.  
 O‘quvchilar,  o‘zbeklardan  tashqari  respublikamizda  yana  qanday  millat  vakillari  istiqomat 
qilishadi? (O‘quvchilarning javoblari). 
 O‘qituvchi:  O‘zbekiston  o‘z  tarkibiga  ko‘ra  ko‘pmillatli  davlat  hisoblanadi.  Aholining  ko‘pchilik 
qismini  (80%dan  ortig‘i)ni  o‘zbeklar,  qolgan  qismini  esa,  ruslar  (5,5%),  tojiklar  (5%),  qozoqlar  (3%), 
qoraqalpoqlar  (2,5%),  tatarlar  (1,5%)  tashkil  etadi.  Aholisining  88%  musulmon  diniga  e’tiqod  qiladi, 
qolganlari  xristianlik,  buddiylik,  iudaizm  kabi  dinlarga  e’tiqod  qilishadi.  O‘zbekistonda  ta’lim  yetti  til 
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman)da olib boriladi.  
 Keling bolalar endi, sizning tengdoshlaringizning O‘zbekistonda yashovchi uch millat vakillarining 
madaniyati haqidagi ma’lumotlarini tinglaymiz. 
 Birinchi  o‘quvchi  (rus  millati  haqida  ma’lumot  beradi).  Ona  tili  –  rus  tili.  Dini  xristian.  Uylari 
to‘rtburchak shaklda quriladi. Xonalari ixcham, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.  Asosan, cho‘chqa, baliq 
go‘shtidan qilingan taomlarni sevib iste’mol qilishadi. Ruslar, ayniqsa, borщni juda mazali tayyorlashadi. 
Qishda sho‘ba va paltolarda, yozda esa, yengil kiyimlarda yurishadi.  
Ikkinchi o‘quvchi. (tatar millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – tatar. Dini – islom. Tatarlarning 
uyi labirint ko‘rinishida quriladi, ko‘k va yashil ranglar bilan bo‘yaladi. Ayol va erkaklarning ustki kiyimi 
beshmet deb nomlanadi. Erkaklari boshlariga do‘ppi, ayollari esa do‘xoba ro‘mol o‘rashadi. Tatarlarning 
milliy oyoq kiyimi “ichigi” deb ataladi. 
Uchinchi  o‘quvchi  (qozoq  millati  haqida  ma’lumot  beradi).  Ona  tili  –  qozoq  tili.  Dini  –  islom. 
Qozoqlar  o‘ziga  xos  o‘tovlar  qurishadi.  Qimiz  va  qazini  sevib  iste’mol  qilishadi.  Milliy  taomi  – 
“Beshbarmoq” deb ataladi.  
O‘qituvchi.  Bolalar  bugun  biz  siz  bilan  O‘zbekiston  xalqining  ko‘pmillatli  ekanligi  haqida 
gaplashdik.  Hozir  aytib  o‘tilganlar  asosida  o‘z  daftarlaringizga  “O‘zbekiston  –  ko‘p  millatli  diyor” 
mavzusida bayon yozing. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  biz,  5-9-sinf  o‘quv  rejasidan  o‘rin  olgan  o‘quv  fanlari,  sinf 
soatlari hamda darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda bir qator mavzularni o‘tishda treninglar, rolli 
o‘yinlar,  ijtimoiy-psixologik  muloqot  loyihalari,  ekskursiyalar  uyushtirish  usullaridan  foydalanishni 
tavsiya qilamiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot 
va yangilanish sari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 92 b. 
Safarova  R.G‘.,  Sh.Ne’matov  va  boshq.  O‘quv  predmetlari  mazmunini  aniqlovchi  asosiy 
parametrlar. – T.: Fan va texnologiya, 2011. –160 b. 
Yusupova  X.I.  Ta’lim  oluvchilarni  millatlararo  muloqotga  tayyorlashning  nazariy  asoslari.  // 
Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. -152 b. 
Vatan  tuyg‘usi:  Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarining  6-sinflari  uchun  o‘quv  qo‘llanmasi/  Mas’ul 
muharrir A.Erkayev. – 4-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat, 2011. -112b. 


 
37 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish