Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


OILADA YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI TARBIYALASHNING MA’NAVIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

OILADA YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI TARBIYALASHNING MA’NAVIY 
ASOSLARI 
D.S.Davronova 
p.f.f.d.,(PhD) 
 
Bugungi  kunda  texnogen  sivilizatsiya  va  globallashuv  jarayoni  talablariga  mos  ijtimoiy-siyosiy  faol 
avlodni tarbiyalash  masalasi davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biriga aylandi. Darhaqiqat, O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti    Sh.Mirziyoyev  tomonidan  olg‘a  surilgan  “2017-2021  yillarda  O‘zbekiston 
Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha    Harakatlar        strategiyasi”da 
ta’kidlanganidek:  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  takomillashtirishda  jismonan  sog‘lom,  ruhan  va  aqlan 
rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  Vatanga  sodiq,  qat’iy  hayotiy  nuqtai  nazarga  ega  yoshlarni  tarbiyalash, 
demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  ularning  ijtimoiy 
faolligini oshirish” [1.4/5]. mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 


 
21 
 
 Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, globallashuv, integratsiya  jarayonida barcha sohalardagi shiddat 
bilan  kechayotgan  taraqqiyot  insoniyatni  ijtimoiy  faolligini  taqozo  etadi.  Bu  o‘rinda  yoshlarning  ijtimoiy 
faolligini  oshirishga  alohida  e’tibor  berish  davr  talabidir.  Shu  bois,  ularning  iqtidori,  iste’dodi,  qobiliyati, 
intellektual salohiyati, kreativ va sog‘lom  tafakkurini jamiyat talablariga mos rivojlantirishdan davlat va jamiyat 
manfaatdordir.  
Xo‘sh  ijtimoiy  faollikning  o‘zi  nima?  Nima  sababdan    bugungi  kunda  yoshlarda  ijtimoiy  faollikni 
tarbiyalashga davlat ta’lim siyosati darajasida qaralmoqda? – degan haqli savol tug‘iladi. 
Pedagogik adabiyotlar tahlili va lug‘atlarda izohlanishicha “Ijtimoiy faollik-ijtimoiy sub’ektlar (jamiyat, 
tabaqa,  guruh  va  shaxslar)ning  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlardagi  ishtirokini,  mehnat  hamda  madaniy-ma’rifiy 
faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarini to‘liq amalga oshirishga intilishi” 
demakdir. Shuningdek,”ijtimoiy faollik shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va xulq atvorini ongli ravishda 
boshqarishniing asosiy sharti hisoblanadi” [3;]  
Bizning nazarimizda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda oiladagi ma’naviy muhit, ijtimoiy psixologik 
jarayoni  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Fikrimizcha,  ijtimoiy  faollik-shaxsning  jamiyat  taraqqiyotini  ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, yaratuvchanlik hamda insonparvarlik siyosati mazmun va mohiyatini ongli ravishda 
bilishi  hamda  unga  kreativ  yondoshuv  asosida amal  qilishi  demakdir.  Ijtimoiy  faollik  natijasi  shaxs ongi  va 
tafakkuri mahsuli sifatida o‘zini amaliy faoliyatda namoyon etadi. Aynan oilada olib borilayotgan tarbiyaviy 
jarayon  negizi  ham  yoshlarning  g‘oyaviy  –siyosiy,  ijtimoiy  ongini  boyitishga  qaratilgan  bo‘lishi  maqsadga 
muvofiq.  
Bugungi kun yoshlarini “o‘tmishning ertaklari” bilan tarbiyalash ancha mushkul, chunki akseleratsiya 
davrida ulg‘ayayotgan bugungi avlod “real voqealarga asoslangan” ma’lumotlarga tayanadi. Shunga javoban biz  
oiladanoq yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim.  
Buning uchun oilada tashkil etilgan ta’lim tarbiya jarayonida  qo‘yidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor 
qaratish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:    
oilada sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish; 
bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va kamolga yetkazish sifatini oshirish; 
oilalarda sog‘lom ma’naviy-ahloqiy muhitni shakllantirish, bolalarni tarbiyalash uchun munosib shart-
sharoitlar yaratish; 
Tajriba va  kuzatishlarimiz asosida shu narsaga amin bo‘ldikki, mazkur ustuvor yo‘nalishlar zamirida 
yoshlar ijtimoiy faolligining to‘rtta tarkibiy komponentlari:  
-yoshlarda globallashuv jarayoni talablariga mos ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishga;  
-umuminsoniy  va  milliy  demokratik  qadriyatlarga  sodiqlik  asosida  zamonaviy  keng  dunyoqarash  va 
bag‘rikenglikni rivojlantirishga;  
-ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya  negizida  yoshlarda  mafkuraviy  immunitet  va  milliy  o‘zlikni  anglashni 
shakllantirishga;  
-kreativ tadbirkorlik tafakkurni tarbiyalash zamirida  yoshlarda  fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga 
erishiladi.  
Xulosa qilib aytganda,  oilalarda sog‘lom ma’naviy-ahloqiy muhitni shakllantirish, bolalarni tarbiyalash 
uchun munosib shart-sharoitlar yaratishda  jamiyatdagi barcha institutlar ya’ni, oila,  ta’lim muassasalari, tegishli 
vazirlik va idoralar,fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etishlari talab etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston Respublikasi 
Qonun hujjatlari to‘plami, 2017, 6-son, 70-modda 
2.Tillayeva G. Ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi. –Toshkent: Falsafa va huquq in-ti, 2009. - 166 b. 
3. Pedagogik atamalar lug‘ati. / O‘zbek, rus, ingliz tillarida/ O.Musurmanova va boshqalar. T.: “TURON 
– IQBOL”, 2019.844  
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish