Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


OILADAGI NOSOG‘LOM MUHITNI O‘SMIRLAR TARBIYASIGA



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

OILADAGI NOSOG‘LOM MUHITNI O‘SMIRLAR TARBIYASIGA 
TA’SIRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Mamatova Nozima Ravshanovna 
Buxoro viloyati Olot tuman 33-maktab MIG’, huquq fani o’qituvchisi 
 
Shaxsning kamol topishdagi asosiy bosqichlardan bo‘lgan o‘smirlik yoshi shu bilan ajralib turadiki, 
unda  shaxs  ijtimoiy  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  jinsiy  tomondan  yetiladi.  Ba’zi  o‘smirlar  tezroq,  ba’zilar 
sustroq rivojlanishadi. Bu davr shunchalik qarama-qarshiliklar, keskinliklarga boyki, olimlarning ba’zilari 
bu davrni uzluksiz muammolar davriga tenglashadi. O‘smirlarning yosh davri xususiyatlari ular fe’lidagi 
xislatlarga chambarchas bog‘liqdir. O‘smirlarning bir-biridan farqi keskin namoyon bo‘lmasligi mumkin. 
Deviant xulqli o‘smirlar uchun tartibbuzarliklar, yaqin insonlari bilan keskin muomala, «ko‘cha» va turli 
to‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabilar xos. 
Oiladagi  salbiy,  beshafqat  muhit,  ma’lum  turdagi  o‘smirlardagi  qo‘pollik,  yovvoyilik,  sovuq 
munosabat kabi illatlarni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qarama-qarshi ruhda 
harakatlanib,  tajavuzkorona  buzg‘unchilik  namoyon  qilishadi.  O‘smirlar  xulqidagi  deviantlikning  oldini 
olish  unga  qarshi  kurashish  maqsadida  ularning  nafaqat  yosh  davri  balki  shaxsiy  ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini  o‘rganish  davomida  ular  yuqoridagi  xususiyatlariga  ko‘ra  3  guruhga  bo‘linishi  ma’lum 
bo‘ldi: 
1. 
O‘smirning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususiyatlari, shuningdek, o‘zaro 
muloqotga kirishishi; 
2. 
O‘smirning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni 
qabul qila olishi; 
3. 
O‘smirning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuktai- nazari bilan bog‘liq 
bo‘lgan umumiy xususiyatlari. 
Shu  uch  guruhning  ijtimoiy-psixologik  xossalaridan  kelib  chiqqan  holda,  deviant  xulqli 
o‘smirlarning ba’zi bir o‘ziga xosliklarini aniqlash mumkin. 
Ijtimoiy  persepsiya  -  guruh  ichida  qabul  qilingan  o‘zaro  muomala  me’yorlari  va  xulq-atvor 
mezonlarini o‘zlashtirish. 
Deviant  xulqli  o‘smirlar  guruh  ichidagi  ular  uchun  referent,  ya’ni  ahamiyatli  hisoblangan  guruh 
a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat me’yorlarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi. 
Ijtimoiy xayolot o‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga baho 
bera olish. 
Ijtimoiy holat deviant xulqli o‘smirlarda juda zaif rivojlangan yoxud umuman bo‘lmaydi. 
Ijtimoiy  faollik  -  deviant  xulqli  o‘smirlar  o‘z  tengdoshlari  tomonidan  bo‘ladigan  maqtovlardan 
manfaatdor bo‘lsalargina o‘zaro yordam ko‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar. 


 
255 
 
Deviant xulqli o‘smirlarga quyidagi xususiyatlar xosdir: 

lider fikriga bo‘ysinish va unga ishonish; 

o‘zining guruhi o‘smirlariga taalluqli bo‘lgan muomala; 

muloqot me’yorlarini qabul qilish. 
Barcha  ijtimoiy-psixologik  xususiyatlar,  o‘smirqobiliyatlari  o‘ziga  xosdir.  Ularning  muloqot, 
faoliyat  va  o‘zaro  muomala  jarayonida  rivojlanishi  esa  o‘smirning  jamiyatda,  oilada,  jamoada  ijtimoiy 
faolligini yoki passivligini belgilaydi. Yuqorida aytib o‘tganimiz: «ijtimoiy xayolot», 
«ijtimoiy  tafakkur»  kabi  xossalar  alohida  ahamiyatga  egadir.  Ammo,  aynan  shu  xossalar  deviant 
o‘smirlar tabiatidagi eng kam o‘rganilgan xossalardir. 
Barcha  voyaga  yetmagan  jinoyatchilar  umuminsoniy  qadriyatlarni,  jamiyat  foydasiga  mehnat 
qilishni, ijodiy faoliyatni tushunmasliklari, qadrlamasliklar bilan xarakterlanadi. Ularning qiziqishi moddiy 
boylik to‘plashga, «xohlaganidek yashashga», «sof vijdon» prinsiplariga yo‘naltirilgan. O‘smir yoshidagi 
huquqbuzarlikning  psixologik  holatlarini  o‘rganish  davomida  ularga  xos  bo‘lgan  quyidagi  ijtimoiy-
psixologik xususiyatlar aniqlangan: 

odob-axloq, namunali xulq tajribalarining yo‘qligi; 

do‘stlik,  sevgi,  jasurlik  kabi  ijtimoiy  qadriyatlarni  qabul  qilmasligi,  ular  haqidagi  to‘pori 
tushunchalar; 

o‘z-o‘zini o‘ta past yoki juda yuqori baholash; 

huquqiy va ma’naviy qadriyatlarni noto‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bo‘lish; 

tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bo‘lish. 
Tadqiqotlarimiz  natijalaridan  ma’lum  bo‘ldiki,  voyaga  yetmaganlarning  rivojlanish  jarayonidagi 
umumiy qiyinchiliklari va orqada qolayotganidan darak beruvchi holatlar - kelajak haqidagi tasavvurining 
yo‘qligi,  oiladagi  nosog‘lom  muhit,  atrofdagi  insonlar  bilan  kelishaolmaslik,  o‘zini  hurmat  qilmaslik 
hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligida kelajakka ishonmasligini ko‘rish mumkin. Ular uchun shuhrat, moddiy 
boylik,‖zo‘r do‘st‖ kabi tushunchalar qadrlidir. Ularning 80 % kelgusi rejalari yo‘qligi, ko‘pincha bunday 
o‘smirlar nosog‘lom muhitdagi oilada yashaydilar va doimo ota-ona, o‘qituvchilari bilan janjanlashadilar. 
Bundaylarning  56%  da  boshqalar  bilan  muloqotga  kirishi  xohishi  umuman  yuq.  77%  deviant  o‘smirlar 
jinoyatga  moyil  illatlarga  ega  bo‘ladilar,  bunday  illatlarning  barchasi  o‘smirlarning  40%da  ko‘ringan 
bo‘lsa, 17% deviant xulqli o‘smirlarda jinoyatga xos bo‘lgan xususiyat bo‘ladi. 
O‘smirning  individuallashuvi,  agar  uning  motivlari  liderlikka  va  muvaffaqiyatli  bo‘lishga  intilish 
tarzida  bo‘lsa,  o‘zligini  tan  oldirishga  intilishi  shaklida  namoyon  bo‘ladi  hamda  o‘quv  va  jamoaviy 
faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Shu bilan birga, o‘smirning o‘zligini tan oldirishga intilishi ijtimoiy qarama-
qarshi, ya’ni individal ma’naviy kamolotdan jinoyatchilik va huquqbuzarlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Unutmaslik  kerakki,  kattalar  nazarida  o‘smirlarning  noodatiy  harakatlari,  qiziqishlari  va  turli 
sarguzashtlarga  intilishlari  me’yordan  og‘ishish    deb  qaralsada,  ularning  o‘zlari  uchun  ―odatiy  holat‖ 
hisoblanadi. 
Yana  bir  tomoni,  bolalar  va  voyaga  yetmagan  o‘spirinlarda  jinoyatchilik  va  huquqbuzarlikka 
moyillikning  shakllanishida  oila  va  oilaviy  munosabatlarning  ta’siri  ham  yuqori.  Qarovsizlik,  ota-onalar 
tomonidan e’tiborsizlik, ijtimoiy nazoratning sustligi tashqi shart-sharoit hisoblanib, bular ta’sirida o‘spirin 
harakatlarida salbiy og‘ishlar asta- sekin uning ichki nazoratining sustlashib ketishi (o‘z xatti-harakatlarini 
chegaralay olmasligi) ga olib keladi. 
Demak,     o‘spirin     tomonidan     ―inkor‖     etilgan     uning     atrofidagi sotsium(ijtimoiy   muhit),   
ya’ni   ―oila-   bola‖,   ―maktab-bola‖   zanjirining sustligi, uning deviant qoidalar bilan yashovchi nosog‘lom 
guruhlarga qo‘shilishiga sabab bo‘ladi. 
Oiladagi nosog‘lom ijtimoiy muhit oilaning asosiy funksiyasi – yetuk shaxsni tarbiyalashga yuzaki 
qarash  yoki  umuman  bu  vazifani  bajarmasligiga  olib  keladi.  Natijada,  oiladagi  ziddiyat  va  muammolar, 
ularni  bartaraf  etishdagi  noto‘g‘ri  (noijtimoiy  ham  bo‘lishi  mumkin)  harakat  voyaga  yetmaganlarning 
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda uning xulqi, xatti- harakatida salbiy og‘ishlar paydo bo‘ladi. 
Bunday  oilalar  kriminal  (jinoyatga  moyil  yoki  sodir  etgan),  ziddiyatli,  pedagogik  passiv  yoki 
antipedagogik bo‘ladi. Maktab oiladagi ijtimoiy- psixologik muhitdan xabarsiz bo‘lsa, ota-onaning xatosini 
davom  ettirib,  hatto  muammoni  yanada  chuqurlashtiradi  va  voyaga  yetmaganning  deviantligini  yanada 
kuchaytiradi. 
Shuning  uchun  ham  maktabdan  bezish  (―maktab  dezadaptatsiyasi‖)  deviant  xatti-harakatning 
agressiv va ijtimoiy passiv ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik xatoliklar, ayniqsa o‘qishning 


 
256 
 
ilk  bosqichlarida,  shaxs  rivojlanishida  xarakterining  salbiy  og‘ishiga  olib  keluvchi  ijtimoiy-  psixologik 
muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Bu  muammolar  kichik  maktab  yoshidayoq  bartaraf  etilmasa,  o‘smirlik 
yoshidagi  voyaga  yetmaganlar  ma’naviy,  axloqiy,  ruhiy  va  ijtimoiy  rivojlanishining  salbiy  yo‘nalish 
olishiga  asos  bo‘ladi.  Ya’ni,  o‘smir  xatti-harakatidagi  agressivlik,  tajavvuzkorlik,  psixoaktiv  moddalarni 
iste’mol qilishga moyillik va vertual dunyoda( kompyuter  va  internetga  tobeilik)  ―najot‖  izlash,  o‘qishdan  
bo‘yin    tovlash,  uydan  qochib  ketish  kabi  harakatlarining  ildizini  oiladan,  maktabdan  va  maktabdan 
tashqaridagi muhit hamda shaxslararo munosabatlar mazmunidan izlash kerak. 
Shunday  qilib,  biz  agar  biz  yomon  ta’sirlarning  oldini  olsak,  har  bolaga  (xoh  o‘zimizniki,  xoh 
o‘zgalarniki  bo‘lsin)  nisbatan  e’tiborli  bo‘lsakkina  har  tomonlama  yetuk,  yurti,  oilasi  ravnaqiga  hissa 
qo‘shishga  tayyor,  mehnatsevar  va  ijtimoiy  faol  farzandlarni  tarbiyalay  olamiz.  Bolalar  taqdiri  kattalar 
qo‘lida, bu qo‘llar mehrli, aqlli, haqchil bo‘lsagina bolalarimiz barkamol bo‘lib o‘sadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
257 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish