Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INNOVATSION TA’LIM



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INNOVATSION TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARNING O’RNI 
Atavullayeva Mahbuba Qobilovna, Mirzayeva Gulrux Axtamova 
Biologiya fani o'qituvchilari 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi
 
 
Innovatsion  hisoblangan  interaktiv  metodlar  barcha  olimlar  tomonidan  ishlab  chiqildi  va  uning 
anhanaviy  metodlardan  ko‘ra  foydali  ekanligi  isbotlab  berildi.  ―Interaktiv  so‘zi  inglizcha  ―interact 
fe‘lidan kelib chiqqan bo‘lib, ―inter – o‘zaro ma‘nosini, ―act – esa harakat qilmoq, ta‘sir etmoq ma'nosini 
bildiradi. Bundan kelib chiqib, bu metodlar o‘quvchilarning o‘zaro bir  – biriga ta‘siri, fikri, mulohazasi, 
faolligi  orqali  mustaqil  muloqot  o‘rnatish  degan  ma‘noni  beradi.Ta‘limda  innovatsion  metodlarning 
an‘anaviy  metodlardan  farqi  shundaki,  innovatsion  metodlar  o‘quvchining  mustaqil  holda  erkin  fikr 
yuritishi  va  o‘qituvchiga  hamkor  sifatida  ishlashiga  qaratilgan  metoddir,  an‘anaviy  metodlar  esa 
o‘kuvchining  faktlarni  esda  saqlash  qobiliyati  va  uning  hajmiga  qaratilgan  metoddir.  Bu  bilan  ta‘limda 
an‘anaviy metodlarni  chegaralab o‘qitishimiz kerak degan xulosa  emas, balki faqatgina o‘quvchilarning 
bilish faolligini va ta‘lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan effektiv usul va vositalarni qo‘llash 
kerak, xolos. 
Innovatsion  ta‘lim  texnologiyalari  biologik  ta‘limni  yangicha  tashkil  qilinishiga  asos  yaratadi. 
Bunday ta‘limda pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida qalbi pok, mehridaryo 
o‘quvchilar  uchun  yangi  o‘qitish  kurslarini  yaratishlari  taqozo  etiladi.  Hozirda  ta‘lim  muassasalari 
innovatsion  kompyuter,  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  asosida  jihozlanmoqda.  Bu  o‘z 
navbatida  pedagoglarning  o‘z  mehnat  faoliyatlariga  yangicha  yondashuvlarini  talab  etadi.  Zero, 
―innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi pedagogni o‘quv jarayonida ta‘lim vositalari asosida faoliyat 
doirasining  cheklanishiga  emas,  balki  uning  vazifalari,  rolini  o‘zgarishiga,  pedagogik  faoliyatning 
mukammallashuviga olib keladi‖. 
Innovatsion ta’lim texnologiyalarga asoslangan ta’limning imkoniyatlari Ta‘lim tizimida zamonaviy 
innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni yaratadi: 
o‘quvchilarga keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi, ya‘ni o‘rganilayotgan ob‘ekt – predmetni 
multimediali tizimlar yordamida o‘rganish; 


 
244 
 
o‘zlashtirilayotgan  o‘quv  materiallarini  qayta  -  qayta  namoyish  qilish  va  imitatsiya  qilish 
imkoniyatini beradi; 
S)  maxsus  kompyuter  dasturi  yordamida  predmetning  o‘lchami  va  hajmini,  uni  mukammalroq 
o‘rganish maqsadida, kattalashtirish yoki kichiklashtirish, yaqiklashtirish yoki uzoqlashtirish imkoniyatini 
beradi; 
D) virtual tasvir yordamida oddiy, tabiiy holatda yaratib bo‘lmaydigan sharoitlarni ham kompyuter 
yordamida tasvirlash va har xil o‘lcham hajmga ega bo‘lgan eksperiment natijalarni ekranda paydo qilish 
mumkin. 
Zamonaviy  texnolagiyalarga  asoslangan  talim  Nashr  materiallari  Interaktiv  ma‘lumotlar  bazasi 
Audio va vidyo materiallari Kompyuter tarmoqlari orqali uzatiladigan boshqa o‘quv materiallar Elektron 
darsliklar  va  jurnallar  Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda,  shuni  ta‘kidlash  mumkinki,  ta‘limda 
innovatsion  texnologiyalarini  qo‘llash  o‘quvchilarning  mustaqil  fikrlashi  va  nutq  yuritishiga  karatilgan" 
metod ekanligiga amin bo‘ldik. Shuni ham ta‘kidlab o‘tmoq joizki, o‘qituvchi darsga tayyorlanayotganida 
darsning  maqsadiga  muvofiq  keladigan  turli  xil  interaktiv  va  innovatsion  o‘yin  -  topshirikdarni  tanlash 
lozimligini unutmaslik kerak. 
Darsga  tayyorlanishda  o‘qituvchi  o‘yin  -  topshiriqlarning  miqdorini,  uni  bajarishga  sarflanadigan 
vaqtini ham aniq belgilab olishi lozim. Ustma — ust o‘quvchilarni o‘yin — topshiriqlar bilan band qilib 
qo‘yish  ta‘lim  samaradorligini  oshirishga  salbiy  ta‘sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Shuning  uchun  topshiriqni 
bajarishga  ortiqcha  vaqt  sarflash  ham  o‘quvchilar  faolligini  oshirishga  putur  yetkazib  qo‘yishi  mumkin. 
Shu  sababli  o‘yin  -  topshiriqlarni  sharti  o‘quvchilarning  yosh  xususiyati  va  real  o‘quv  imkoniyatlariga 
muvofiq kelishi lozim. 
O‘qituvchi  o‘yinda  o‘quvchilar  yo‘l  qo‘yadigan  xatolarni  bartaraf  etishni  ham  unutmasligi  kerak. 
Ammo  o‘yin  davomida  bu  ishni  amalga  oshirish  ancha  murakkab.  Shuning  uchun  o‘qituvchi  o‘yinning 
oxirida o‘quvchilar kuchi bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarni izohlashi, uni bartaraf etishi choralarini ko‘rishi 
lozim. Shundagina u ta‘limda innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan to‘gri va oqilona foydalangan bo‘ladi. 
Bular  esa  yana  bir  bor  ta‘limda  innovatsion  ta‘lim  texnologiyalarining  qanchalik  muhim  ekanligini 
ko‘rsatib beradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi». Toshkent,1997 y. 99b. 
A.T.G‘ofurov  ,Tolipova  J.  umumiy  biologiyani  o‘qitishning  norasmiy  usul  va  shakllari,Toshkent 
1990 
y.45 b. 
A.T.Gofurov,M.Maxkamov  –Botanikadan  ekskursiyalar  o‘tkazish  metodikasi,  O‘qituvchi  1991 
y.22b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
245 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish