Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


ADABIYOT FANINI O’QITISHDA VIDEO LAVHALARDAN FOYDALANISH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

ADABIYOT FANINI O’QITISHDA VIDEO LAVHALARDAN FOYDALANISH 
Qobilova Aziza A., Jumayeva Oydin 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi  
 
Barcha  insoniyatning  bilimlari,  tafakkuri,  izlanishlari  jamlanib  borayotgan  bu  tarmoq  kun  sayin 
jadallashib bormoqda. Internetdan olinayotgan ma’lumotlarning  aksariyati ta’lim  sohasida, biroq qolgan 
bazalar bilan hech kimning ishi yo’q desak yanglishamiz. Internet o’z o’rni bilan ishlatilgandagina samara 
beradi.  Ko’p  holatlarda  yoshlarimizni  bu  o’rgamchak  to’ri  domiga  ilinib  qolayotgani  ham  sir  emas. 
Vaholangki, har bir insonning o’z tafakkuri bor. Bu texnologiyaning ravnaqi kun sayin ildamlab borayotgan 
bo’lsada, undan oqilona foydalanayotgan kishilar afsuski ozchilikni tashkil etadi. Nimaniki taqiqlasak, unga 
bo’lgan qiziqish ortib borishi aniq bo’lsada, biz bu tarmoqni cheklashga intilamiz. Bizning fikrimizcha, bu 
borada  erkinlashuv  muhum.  Chunki  erkinlikda  bo’lgan  gul  ham  boshqacha  o’sadi.  Faqat  yoshlarni  bu 
borada  taqiqlashimiz  o’rinli  emas.  Avvalambor  taqiq  emas,  tushuntirish  olib  borish  lozim.  Shundagina 
bolalar  bunday  ba’zadan  oqilona  foydalanishni  tushunib  yetishadi.  Davr  rivojlanib  borsada,  biz  buning 
imkoniyatlarini cheklab qo’ysak, natijada bu rivojning hech kimga keragi bo’lmay qoladi. 
Ildamlab  borayotgan  dunyo  ma’lumotlar  omboridan  ma’lumot  olishni  bilmaydigan  kishilar  kam 
qoldi. Faqat undan oqilona foydalanish lozim. Aytaylik, bir inson kerakli ma’lumotlarni izlab topish va uni 
kampyuterga  yuklashni  bilmasa,  undan  foydalana  olmasa  bu  tizim  nimaga  kerak?  Internetdan  olingan 
ma’lumotlarni  qay  tarzda  va  qanday  qilib  ishlatish  lozim?  Olinajak  har  qanday  ma’lumotlarni  keragini 
kerakli joyda ishlata olgan kishi mahoratli hisoblanadi. Biz sizga internetdan olingan ma’lumotni qanday 
qilib  bolalarga  berishimiz  mumkinligi  yoki  undan  balalar  qanday  qilib  foydalanishi  haqida  to’xtalib 
o’tmoqchimiz: 
Darslarni tashkil etishda video lavhalarni o’rni juda katta. Agar darslarni qiziqarli va shiddatli tashkil 
etish lozim bo’lsa, o’quvchilar eshitganlaridan ko’ra ko’rganlariga ko’proq ishonishi nazarda tutilib video 
lavhalarni taqdim etilishi maqsadli bo’ladi. Deylik, O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi o’tilishi lozim. Bunda 
adib  hayotiga  mos  video  lavhalar,  asarlari  haqidagi  video  lavhalar,  kino  qilib  olingan  asarlarining  kino 
lavhalarini  (darsga  mos  ravishda  kichikroq  va  mantiqiy  bo’lishi  lozim)  o’quvchilarga  taqdim  qilib,  shu 
jarayonning o’ziga munosabat bildirishi topshirilsa, dars anchagina qiziqarli va “jonli” bo’lishi kutiladi. Bu 
ma’lumotlarni  internetdan  topish  va  uni  yuklab  olishni  ko’rsatish  ham  mumkin.  Shu  bilan  birgalikda 
o’qituvchi ham bularni bilishi lozim. 
Dars qanchalik qiziqarli o’tayotgan bo’lsa ham, o’quvchilar bir xillikdan zerikishadi. Mashg’ulotlar 
paytida turli o’yinlar ham yaxshi samara beradi, ayniqsa, dars metodi to’g’ri tanlangan bo’lsa, guruhning 


 
202 
 
faollashuvi oshadi. Bunda pedagog oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi osonlashadi. Dars nafaqat qiziqarli, 
balki samarali, mavzuni to’liq o’zlashtirishi, o’quvchilarning bilimini oshirishi, yangiliklarga boy bo’lishi, 
tarbiyaviy  ahamiyatning  bo’lishi  lozim.  Yuqoridagi  bazani  internetdan  topish  oson, biroq  buning  uchun 
ham bu tizimni qayerdan toppish, qanday toppish lozimligi haqida ham tushuncha bo’lishi kerak. 
Dars  jarayonlarida  video  lavhalarni  taqdim  qilish  o’quvchilarni  darsga  qiziqishlarini  kuchaytirish 
bilan birgalikda e’tiborini ham tortadi. Shunday vaziyatlarda bu ba’za qayerdan olinganligi, qanday olinishi 
haqida to’xtalib ketish zarur. O’quvchilar aksar  hollarda ko’rgan  narsalarini  eslab qolishadilar  va  ularni 
shunday  talqin  etishadilar.  Bunda  o’qituvchi  juda  ehtiyotkor  bo’lmog’i  lozim.  Aks  holatda  noto’g’ri 
ko’rsatilgan video lavhalar o’quvchilar dunyoqarashini boshqa tomonga yo’naltirib qo’yishlari mumkin. 
Har  bir  darsda  qo’llanayotgan  video  lavhalarni  qayta-qayta  ko’rib  chiqib,  keyin  taqdim  etilishi  ham 
nazardan chetda qolmasin. Bola ongi,  ayniqsa, yuqori sinflarda  jadal  rivojlanishda bo’ladi. Shu boisdan 
ehtiyotkorlikni ko’proq talab etadi. Video lavhalarni yuklab olish jarayonida boshqa ma’lumotlarda ham 
duch kelib qolish mumkin. Bu borada bolaga to’g’ri tanlov tushunchasini berib o’tish maqsadli. 
Bulardan  tashqari  o’quv  mashg’ulotlarida  bunday  lavhalarni,  masalan,  M.Yusuf  ijodini  o’tish 
jarayonidagi  shoirning  shaxsan  o’zi  tomonidan  aytilgan  she’rlari  va  fikrlari  ko’rsatilib  berilganda 
o’quvchilarni  shu  shoirga  o’xshashni  yoki  qahramonga  o’xshashni  istab  qolish  qolatlarini  ham  ko’rish 
mumkin.  Bu  esa  o’qituvchi  darsning  qaysi  sifatini  berayotganligi  bilan  bog’liq.  Ijodkorning  o’zidan 
eshitgan she’ri o’zinikidan, nafaqat o’zinikidan, balki o’qituvchisinikidan ham yaxshiroq ta’sir etadi. Bunda 
o’quvchilar, birinchidan, she’rlarini shoirlarga xos o’qishga harakat qilsa, ikkinchidan, shoirlarning o’zlari 
haqidagi munosabatini va ularning ijodlari haqidagi haqiqatlarni ijodkorning o’zidan eshitgani ma’qil. Yana 
shuni ham hisobga olish kerakki, ijodkorning o’zidan eshitilgan fakrlar “jonli” muloqotga yaqin turadi. Shu 
bois  o’quvchilarni  darsga  qiziqishlari  ortadi  va  kelgusi  darslarni  ham  intiqlik  bilan  kutishadi.  Faqat, 
o’qituvchi mashg’ulot jarayonida o’quvchilar bilimini oshirishga qaratilgan maqsadlarni to’g’ri belgilagan 
bo’lsa  bas.  Ko’rinib  turibdiki,  o’quvchilarning  bilim  va  ko’nikmalarini  shakllantirishda  ham  bunday 
texnoligiyaning  imkoniyatlari  va  u  bergan  ma’lumotlar  bazasi  o’z  samarasini  beradi.  Internet  tizimida 
o’tiladigan darslar, va aloqalar ham jadallashib bormoqda. 
Xulosa qilib aytganda, adabiyot fanini o’rgatishda video lavhalardan oqilona foydalanish, uning dars 
samaradorligiga ko’tarish uchun asos bo’ladi. Dars samaradorligini oshirish uchun har bir ijodkor va uning 
asariga qo’yiladigan video lavha o’rinli va mazmunli, qisqa hajmda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
  

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish