eritmasiga qo’shilganda oq cho’kma hosil qilmasligini ham to ’g’ri izoh qildi. Buning
ClO3" ionlariga dissotsiatsiyalanadi. ClO3" ioni Ag+ ioni bilan cho’kma bermaydi.
4) Arrenius o ’z nazariyasiga asoslanib kislota va asoslarni ta'rifladi.
dissotsiatsiyalanuvchi elektrolitlar esa kuchsiz elektrolitlar deb ataladi.
Elektrolitlarning ko’p yoki oz dissotsiatsiyalanishi dissotsiatsiyalanish darajasi
ko’rsatadi.
«Ionlarga dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining eritilgan moddaning barcha
molekulalari soniga bo’lgan nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasi
deyiladi». Demak, dissotsiatsiyalanganligini ko’rsatadi va «а» bilan belgilanadi.
Masalan: KCl suvda eritilganda uning har 100 molekulasidan 85 tasi
dissotsiatsiyalansa а = 85 = 0,85 buni 100 ga ko’paytirsa 85% bo’ladi. Eritmalari
yoki suyuqliklari elektr tokini o ’tkazadigan moddalarga elektrolitlar deyiladi.
Elektrolitlarga hamma kislota, asos va tuzlar suvli eritmalari misol bo’la oladi. Bu
moddalarning eritmalari yoki suyuqlanmalari ionlarga parchalanadi. Masalan:
KOH ^ K+ + OH"
HCl ^ H+ + Cl"
CaCl
2
^ Ca2+ + 2Cl"
Musbat zaryadli ionlar kationlar, manfiy zaryadli ionlar esa anionlar deyiladi.
Hozirgi zamon elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga ko’ra elektrolitlarning
dissotsiatsiyalanishiga asosiy sabab, shu moddalarning molekulalari erituvchi
ta'sirida solvatlanib, ionlarga ajralishidir. Natijada gidratlangan kationlar (+) va
anionlar (-) hosil bo’ladi. Elektrolitlarning ionlarga ajralishi erituvchining qutbli
molekulalari ion ishtirokida bo’ladi.Buni biz NaClning suvdagi eritmasi misolida
tushuntirib o ’tamiz. Osh tuzi bir-biriga tortilib turuvchi Na+ va Cl- ionlaridan tarkib
topgan. Lekin, har qaysi ion o ’z holicha harakat qilmaydi. Shu sababli osh tuzi
kristali elektr tokini o ’tkazmaydi. Osh tuzi suvda eritilganda suv molekulalari N a + va
Cl- ionlarini musbat va manfiy qutblari bilan qurshab oladi. Natijada suv dipollari
bilan Na+ va Cl- ionlari orasida tortishuv vujudga keladi. Bu bog’lanish ta'sirida osh
tuzi ionlari orasidagi tortishuv kuchsizlanadi va ular orasidagi bog’lanish uzilib,
gidratlangan suv molekulalari bilan birikkan holda N a+ va Cl- ionlari bir-biridan
ajraladi. Shunday qilib, molekulada tayyor ionlar bo’lsa, ular erituvchi ta'sirida bir-
biridan ajralib ketadi.
Gidratlangan va gidratlanmagan ionlarning xossalari turlicha bo’ladi. Masalan,
л_|_
л_|_
gidratlanmagan Cu
ioni (CuSO
Do'stlaringiz bilan baham: