II.
BOB. TIZIMNI ISHLAB CHIQISHDA QO„YILADIGAN
TALABLAR
Ushbu bobda tizimga qo„yiladigan umumiy talablar, tizim tuzilmasi va
funksionalligiga qo„yiladigan talablar hamda tizim ishlab chiqish bo„yicha
infologik tavsif batafsil ko„rsatib o„tilgan.
2.1 Tizimga umumiy talablar
Ishlab chiqilayotgan tizimi quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak:
1. Tashqi shartlarni (masalan, normativ ma‟lumotlar bazasini o„zgarishi yoki
umumiy qonun-koidalarni o„zgarishi) o„zgartirish uchun ochiq, silliq va
moslashuvchan bo„lishi;
2. «Klient - server» va veb – texnologiyalar asosida ishlashi;
3. Tizim funksionalligini kengaytirish uchun qulay bo„lishi uchun modulli
prinsip asosida qurilishi;
4. Yagona axborot tarmog„i asosida ishlashi.
Tizimning texnik vositalariga quyidagilar kiradi:
- Maxsus server;
-OTM uchun maxsus server;
-OTM larda lokal stansiyalar – kompyuterlar;
-Lokal – informatsion hisoblash tarmog„i;
-Periferiya qurilmalari (printerlar)
Dasturiy tizimning funksionalligini ta‟minlash uchun tizimda
foydalaniladigan barcha kompyuterlar bitta avtomatlashtiriladigan ob‟ekt
doirasida lokal hisoblash tarmog„iga birlashtirilishi lozim. Bunda TCP/IP
protokolidan foydalaniladi.
Tarmoq shuningdek, elektron pochta xizmati (SMTP, POP3 protokollari)
ni ham qo„llab quvvatlashi lozim.
Avtomatlashtiriladigan ob‟ektlar o„rtasida ma‟lumot almashinuvini
ta‟minlash maqsadida tashqi ma‟lumot saqlash uskunalari USB –fleshkalar va
kompakt disklardan ham foydalanish ko„zda tutiladi.
27
Tizimdagi foydalanuvchilar berilganlar bazasi bilan muloqot rejimida
ishlashlari lozim. Tizim O„zR OO„MTV va OTM xodimlarining doimiy,
kundalik ishlari uchun mo„ljallangan bo„lishi lozim.
Tizim O„zR OO„MTV va OTM berilganlar bazasi serverini doimiy tarzda
faoliyat ko„rsatishini ta‟minlash lozim.
Ma‟lumotlar bazasi serveri ma‟lumotlar nusxasini olish, remont va tiklash
ishlarini o„tkazishdan tashqari uzluksiz ishlashi ta‟minlanishi lozim.
Tizimning axborot himoyasi operatsion sistema, berilgan ma‟lumotlar
bazasi boshqaruv tizimi, elektron raqamli imzo vositalari yordamida
ta‟minlanadi.
Axborot resurslariga kirish tizim administratori tomonidan quyidagi
tartibda tashkil etiladi va nazorat qilinadi:
- Foydalanuvchilar o„zlarining parollari orqali tizimga kirishlari, faqat
o„zlariga ruxsat etilgan axborot resurslaridan foydalanishlarini amalga
oshirish;
-Elektron raqamli imzo orqali ishlov berilayotgan ma‟lumotlarni
yaxlitligini (butunligini) ta‟minlash;
Tizimda quyidagi hollarda axborotlarni butunligini saqlab qolish
ta‟minlanadi:
- Serverning ma‟lumotlarni saqlash qurilmasini ishdan chiqib qolishi;
- Tarmoqni ishlamay qolishi;
- Texnik vositalarni ishlamay qolishi;
Ma‟lumotlarni butunligini saqlab qolish tizim ma‟lumotlar bazasini har
kuni zahira nusxalarini yangilab borish va ma‟lumotlar bazasiga ma‟lumotlarni
yozishni tranzaksiya orqali amalga oshirish orqali ta‟minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |