1.2 Kafedrada yuklamasini shakillantirish
Kafedra faoliyatini boshqarishda bir qator funksiyalarni ajratib ko„rsatish
mumkin. Ushbu funksiyalarni bajarish uchun javobgarlik kafedra mudirining
zimmasida boladi.
Kafedra
bosharuvi
O quv faoiliyati
Metodik
faoliyati
Ilmiy faoliyat
Tarbiyaviy
faoliyat
Administrativ
faoliyat
Moliyaviy
faoliyat
Boshqa turdagi
faoliyatlar
O quv jarayonini
tashkillashtirish
O quv-tashkiliy
faoliyat
1-rasm
.
Kafedra faoliyati
14
Axborot
tizimida
o„quv
rejani
shakllantirish
resurslardagi
chegaralanishlarni hisobga olgan holda va ta‟lim jarayonini amalga oshirish
maqsadida o„quv-uslubiy materiallarni amaliyotga tadbiq etishning unikal
dasturini ishlab chiqish tushuniladi. Mazkur jarayon
- vaqtinchalik,
- talabalarning
o„quv jarayoni bilan o„zaro ta‟sirlashuv shakllari,
- mazmunli,
- talabalarning reyting baholari
kabi ta‟lim jarayoni bosqichlariga nisbatan boshqaruv qarorlarining qabul
qilinishini ta‟minlash uchun mo„ljallangan.
O„quv rejalarning shakllanish jarayoni ta‟limning tan olinishi, dolzarblilik,
pul mablag„laridan samarali foydalanish, individuallik singari tashqi va ichki
talablarni hisobga olishga imkon beradi.
Samaradorlik deganda bitta o„quvchiga mos keladigan minimal me‟yor
ko„rsatkichi tushuniladi. Samarali hisoblangan ta‟lim muassasi raqobatli
muhitda mijozlarni jalb etish uchun hayotiy zarur rivojlanish jarayonini
moliyaviy resurslar bilan ta‟minlay oladi. Shuningdek, ta‟lim muassasi dolzarb
bo„lishi, mehnat bozorida katta talab uyg„otadigan mutaxassislarni tayyorlashi
kerak. Individuallik deganda o„quvchilarga individual qarorlarni qabul qilish
imkoniyatini taqdim etish tushuniladi masalan, o„quvchi o„ziga kerakli kurslarni
tanlay olishi va ta‟lim muassasi har bir o„quvchi uchun har xil usullarni taqdim
etishi kerak. Va nihoyat, ta‟lim muassasi xalqaro ta‟lim sistemasiga
integrallanishi- tan olingan bo„lishi kerak. Baholash sistemalari va o„quv
dasturlari tuzilmalari umumiy prinsiplardan foydalanish asosida erkin
konvertlanishi va o„quvchilarning OTM ni tanlashda katta mobillikni
ta‟minlashi kerak.
Ta‟lim muassasiga qo„yilgan tashqi va ichki talablarga ko„ra
o„quv rejalarini shakllantirish texnologiyalari samaradorlik ko„rsatkichini
oshirish va mazmunni dolzarblashtirish maqsadida o„quv jarayonining
mazmunini egiluvchan ravishda o„zgartirishga imkon beradi.
15
Butun o„quv davri uchun shakllantirilgan o„quv reja asosida har bir
rejalashtirish davri uchun ma‟muriy o„quv reja tuziladi.
O„quv rejani yaratish uchun o„quv rejaning rahbari o„quv jarayonining
markaziy dispetcheriga yangi o„quv rejani yaratishga ariza berishi kerak.
Bundan so„ng o„quv rejaning rahbari o„quv rejani rasmiylashtirish hamda
to„ldirishni boshlaydi. Axborot tizimlarida o„quv rejani tuzish jarayoni quyidagi
asosiy parametrlarni o„z ichga oladi:
- Nomi
- Mutaxassislik
- O„quv rejaga mas‟ul shaxs
- O„quv rejadagi maksimal o„quvchilar soni
- O„quv rejadagi mashg„ulotlar soni
- Vakolatli shaxs yoki shaxslar
- ID avtomatik ravishda belgilanadi.
O„quv rejani shakllantirish o„quv reja grafigini ishlab chiqishdan
boshlanadi.
O„quv rejaning hafta bo„yicha yoki juftliklardagi nisbiy davrlarning
davomiyligi maksimaldan boshlab, minimalga qarab o„rnatiladi:
- o„quv reja; shuningdek, butun rejadagi sikllar soni, ya‟ni ta‟limning
davomiyligi aniqlanadi. Sikllar bir nechta miqdorda bo„ladi.
- O„quv dasturining shakllanishi o„quv dasturining grafigini ishlab
chiqishdan boshlanadi.
- Ma‟muriy rejalashtirish davri; ma‟muriy rejalashtirishning har bir davrida
jadvallar davri aniqlanadi.
O„quv dasturining davri – o„quv dasturining mas‟ul shaxs fikriga ko„ra
ma‟muriy rejalashtirishning bitta davrida amalga oshirish mumkin bo„lgan
qismidir. O„quv dasturi tugagunicha tartiblash o„sish tartibi bo„yicha olib
boriladi.
Ma‟muriy rejalashtirish davri – ma‟muriy o„quv rejalashtirish amalga
oshiriladigan vaqt oralig„i. Ma‟muriy rejalashtirishning bitta davri o„quv
16
dasturining bir nechta davrlarini o„z ichiga oladi. Tartiblash har bir siklda
takrorlanadi.
Ta‟lim sikli – o„quvchilar oqimi harakatlarining boshlang„ich momentlarini
ajratadigan vaqt oralig„i. O„z ichiga takrorlanmaydigan rejalashtirish davrlarini
qamrab oladi. Rejalashtirish davrlari 5-rasmda ko„rsatilganidek, bitta sikldan
keyin takrorlanadi.
O„quv dasturining grafigi ishlab chiqilganidan so„ng, davrlar reyting tizimi
asosida baholanadi va mashg„ulotlar davrlar bo„yicha taqsimlab chiqiladi.
Dastur reyting asosida baholanganda umumiy ballar yig„indisi topiladi.
Dasturga ajratilgan ballar yig„indisi o„quv dasturining davrlari bo„yicha
taqsimlanadi. Davrlarning ballar yig„indisi ta‟lim davrini o„tash uchun
o„quvchiga taqdim etiladigan maksimal ballar miqdorini aks etadi. Kelishuvga
binoan, dastur uchun ajratilgan umumiy ballar yig„indisi davrlarning
davomiyligiga proporsional ravishda davrlar bo„yicha taqsimlanadi. Agar o„quv
reja uchun mas‟ul shaxsda ballarni davrlar bo„yicha notekis taqsimlashga asos
bo„lsa, u holda davrlarning bahosini o„zgartiradi.
Xuddi shu yo„l bilan butun o„quv dasturidagi mashg„ulotlar soni va
rejalashtirish davrlari aniqlanadi. O„quv dasturining litsenziyalangan o„quv
rejasi mavjud bo„lsa, u holda mashg„ulotlarning umumiy soniga CHO„D mos
qo„yiladi. O„quv dasturining CHO„D i bo„lmaganida yoki mashg„ulotlarni
davrlar bo„yicha notekis taqsimlash uchun asoslar berilgan bo„lsa, u holda o„quv
dasturiga mas‟ul shaxs butun dastur, hamda har bir davr uchun mashg„ulotlar
sonini ko„rsatib o„tadi.
Davrlarni reyting asosida baholab, mashg„ulotlar sonini davrlar bo„yicha
taqsimlab chiqqandan so„ng, o„quv dasturlari zonalashtiriladi.
O„quv zonalari – o„quvchining o„quv jarayoni bilan o„zaro ta‟sirlashish
shakllari o„rtasidagi farqlar asosida shakllantirilgan o„quv-uslubiy mazmunning
qismidir. O„quv-uslubiy mazmunning amaliyotga tadbiq etish shakli bilan farq
qilishi mumkin.
Zonalashtirish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
17
- o„quvchining o„quv jarayoni bilan ta‟sirlashish shakllarini aniqlash va
zonalarni o„quv dasturining grafiklarida joylashtirish;
- har bir zonadagi mashg„ulotlar soni va ballar miqdorini aniqlash.
Gorizontal bo„yicha o„quv dasturining grafigi, vertikal bo„yicha esa
o„quvchining o„quv dasturi bilan ta‟sirlashishning 3 ta shakli turgan jadvalni
to„ldirish orqali zonalashtirish amalga oshiriladi.
“O„quvchining o„quv dasturi bilan ta‟sirlashish” parametri quyidagi
qiymatlarni qabul qilishi mumkin:
- Tanlanma zona; Tanlanma zona kurs janlanmalarini o„z ichiga olib, ular
ichidan o„quvchi bitta yoki bir nechtasini tanlab oladi. Alohida zonaga
ajratib olinadi.
- “Kelishuvga binoan”; “Kelishuvga binoan” zona kurs yig„masini
tanlamagan o„quvchilarga biriktiriladigan kurs tanlanmalaridir. Kurs
tanlanmalarini
o„rganayotgan
talabalar
soniga
chegaralanishlar
qo„yilmaydi.
- Majburiy zona; Majburiy zona ma‟lum bir o„quvchilar tomonidan
majburiy tartibda o„tilishi kerak bo„lgan kurs tanlanmalarini o„z ichiga
oladi.
Agar o„quv dasturida tanlanma hisobga olinmasa, u holda faqatgina
majburiy zonalar ishlab chiqiladi. Bunday holda dastur uzunligiga teng majburiy
zona yaratiladi.
Agar biror bir davrlarda tanlanma zonalar ko„rsatib o„tilsa, xuddi shu
davrlarda “kelishuvga binoan” zona ishlab chiqilishi kerak. Agar o„quv-uslubiy
mazmunni amalga oshirish shakllari bo„yicha farq qiluvchi bir nechta tanlanma
zonalar ko„rsatib o„tilsa, u holda ularning har biri uchun xuddi shu davrlarda
“kelishuvga binoan” zona ishlab chiqilishi kerak.
Zonalarning tarkibi va joylashuvi aniqlangandan so„ng ballar va
mashg„ulotlar zonalar bo„yicha taqsimlab chiqiladi.
Kelishuvga binoan, har bir rejalashtirish davridagi ballar miqdori barcha
zonalar bo„yicha teng taqsimlanadi. Agar o„quv dasturi uchun mas‟ul shaxsda
18
ballarni zonalar bo„yicha notekis taqsimlash uchun asos mavjud bo„lsa, u
zonalarning bahosini quyidagi qoidalar asosida o„zgartiradi:
- Har bir zonadagi ballar yig„indisi “kelishuvga binoan” tanlanma zonaning
ballar yig„indisiga teng bo„lishi kerak. YA‟ni zonalar uchun ajratilgan
umumiy yig„indi “kelishuvga binoan” tanlanma zonadagi umumiy ballar
yig„indisiga teng bo„lishi kerak.
- Bitta o„quvchi aniq o„quv dasturida bir vaqtning o„zida ishtirok eta
oladigan barcha zonalardagi ballar yig„indisi davrdagi ballar soniga teng
bo„lishi kerak.
Kelishuvga binoan har bir rejalashtirish davridagi mashg„ulotlar soni
hamma zonalar bo„yicha teng taqsimlanadi.
Tanlanma zonalar uchun mashg„ulotlar sonini kurs jamlanmalari bo„yicha
taqsimlash uchun kerak bo„ladigan tanlov sharti qo„yiladi. “Tanlov sharti”
parametri quyidagi parametrlarni o„z ichiga oladi:
- Har bir zonada tanlanishi mumkin bo„lgan kurs jamlanmalarining
maksimal miqdori, masalan, faqat ikkita kurs jamlanmasi.
- Mazkur zonada tanlovni amalga oshiradigan talabalarning maksimal soni.
O„quv dasturini zonalashtirib chiqqandan so„ng, zonalar kurs jamlanmalari
bilan to„ldiriladi. Buning uchun o„quv dasturi keng namoyish uchun chop
etiladi. Kurs jamlanmalarini amaliyotga tadbiq etish uchun mas‟ul shaxs o„quv
dasturining rahbariga zonalarni o„zlariga tegishli bo„lgan kurs jamlanmalari
bilan to„ldirish istagini oldinga suradilar. Agar kurs jamlanmalari soni еtarlicha
bo„lmasa, u holda ta‟lim dasturining rahbari kerakli janlanma(KJ)ni kiritishni
taklif etadi. Bundan so„ng, o„quv dasturining rahbari mavjud KJlarni mazmuni
hamda moddiy talablarga mos kelishini tekshiradi. Agar KJ tekshiruvdan
o„tmagan bo„lib, uni o„tish imkoni bo„lmasa, u holda ta‟lim dasturining rahbari
mashg„ulot yoki ballarni qayta rasmiylashtirishga talab qo„yadi.
Agar biror bir zonada bitta kurs janlanmasi har xil baholash mezonlari va
mashg„ulotlar sonining turli xil variantlarida taqdim etilsa, mazkur zona kerakli
19
jamlanma olib borish variantlarining miqdoriga teng bo„lgan variantlarga mos
keladigan bir nechta zonalarga bo„linadi.
Kurs jamlanmalarining ro„yxatlari aniqlangandan so„ng, ballar va
mashg„ulotlar kurs jamalnmalari bo„yicha taqsimlab chiqiladi.
Kelishuvga binoan, har bir zonadagi ballar miqdori unga kiruvchi kurs
jamlanmalari o„rtasida taqsimlanadi, bunda tanlov sharoitlariga mos keladigan
ballar yig„indisi zonadagi ballarning umumiy miqdoriga teng bo„ladi. Agar
o„quv dasturiga mas‟ul shaxsda ballarni kurs jamlanmalari bo„yicha notekis
taqsimlash uchun asos bo„lsa, u mashg„ulotlar sonini bitta o„quvchi aniq bir
muddat ichida ishtirok eta oladigan mashg„ulotlarning umumiy soni butun
davrda o„tiladigan mashg„ulotlar sonidan katta bo„lishi mumkin emas degan
qonun asosida taqsimlab chiqiladi.
So„ngra tayyor o„quv dasturi attestatsiyaga yuboriladi. Attestatsiya
komisiyasiga o„quv dasturlarini attestatsiyadan o„tkazish nizomiga ko„ra
markaziy dispetcher, o„quv dasturining dispetcheri va h.k. lar kiradi. O„quv
dasturi vaqt parametrlari qismida hamda moddiy-texnik resurslarning hisob-
kitob parametrlarida ichki standart va me‟yorlarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar o„quv dasturi vaqt standartlari va me‟yorlariga mos kelmasa, o„quv
dasturiga mas‟ul shaxs o„quv dasturining grafigini takroran ishlab chiqish uchun
o„quv dasturini shakllantirishning keyingi bosqichlariga o„tadi. Agar
nomutanosibliklar mashg„ulotlar sonini zonalar yoki kurs jamlanmalari bo„yicha
taqsimlashga taalluqli bo„lsa, u holda mos bosqichlarda qaytish va tuzatish
jarayoni amalga oshiriladi.
Agar o„quv dasturi moddiy-texnik resurslar qismida standart va
me‟yorlarga mos kelmasa, o„quv dasturiga mas‟ul shaxs o„quv dasturining
grafigini
ishlab
chiqarish
bosqichiga
qaytadi
va
o„quv dasturini
shakllantirishning keyingi bosqichlarini takroran bosib o„tadi.
O„quv dasturi standart va me‟yorlarga to„liq mos kelganda, o„quv dasturini
yaratish arizasiga attestatsiya komisiyasining vakili ijobiy qaror qabul qilish
to„g„risida ko„rsatma beradi.
20
Kafedrada yuklamasini shakillantirishda o‟quvchilar tamonidan tanlangan
o‟quv kurslari ham bevosita ta‟sir qiladi.
O„quvchilar tomonidan o„quv kurslarining tanlanishi deganda tanlanishi
mumkin bo„lgan kurslar doirasida shaxsiy o„quv rejalarni shakllantirishda
ishtirok etish imkoniyati tushuniladi. Mazkur jarayon o„quvchilarga o„rganilishi
mumkin bo„lgan kurslar ichida o„ziga kerakli bo„lganlarini tanlash va shu bilan
birga kasbiy tayyorgarlikni belgilashga imkon beradi. Turli kurslarning
o„quvchilar tomonidan afzal deb topilishi kursning talab darajasi va
dolzarbligini aniqlashga imkon beradi.
O„quv reja modullarini rejalashtirilgan davr uchun rasmiylashtirgandan
so„ng, o„quv dasturining tanlanma zonalaridagi kurslar ichidan tanlov
kurslarining ro„yxati shakllantiriladi.
O„quv kurslarini tanlash jarayonini olib borishga tayyorlashda o„quv
jarayonining dispetcherlari quyidagi parametrlarni aniqlaydilar:
- tanlov o„tkazish sanalari;
- tanlovni amalga oshirayotgan o„quvchilarning ro„yxati.
2-rasm. O„quvchilar o„quv yo„nalish tanlash jarayoni
21
O„quv jarayoni dispetcherlari tanlovni amalga oshirgan o„quvchilar
ro„yxatini tanlovga qo„yilgan kurs egalariga topshiradi. O„quv jarayoni
dispetcherlari qo„ygan talablarga binoan, mazkur kursda qatnashishi
kutilayotgan o„quvchilar ro„yxatini taqdim etadilar, bunda kutilayotgan
o„quvchilar soni chegaralanmagan bo„ladi.
Kurslarni tanlashda, o„quvchilar har xil tanlov zonalari bo„yicha ko„chib,
tanlovga qo„yilgan kurslar ro„yxatidan ularning o„tilish ustuvorligini ko„rsatib
o„tadi (1- eng ustivor, 2- unchalik ustivor emas va h.k.) Tanlovda kurslarning
quyidagi parametrlaridan foydalanadi:
- kurslar joylashgan tanlov zonalari;
- kelishuvga binoan zonalar;
- tanlov sharti;
- tanlanma kurslar va kelishuvga binoan zonalarning ro„yxati (ID, nomi,
abbreviatura, ta‟rif).
Dispetcherlik o„quv jarayonining barcha kurslari bo„yicha kurs
tanlanmalariga doir xulosa chiqarishda quyidagilarni amalga oshiradi:
- Kursni birinchi ustuvorlik bilan tanlagan o„quvchilar tanlanadi
- Kursni tanlagan o„quvchilar ro„yxati 2 ta qismga: o„tilishga maq‟ul deb
topilgan va maqul deb topilmagan ikkita kursga ajratiladi.
- Har bir qismdagi o„quvchilar ro„yxati reytingi “kamayish tartibi”
bo„yicha joylashtirib chiqiladi.
- Kursning yakuniy ro„yxatiga reyting bo„yicha birinchi bo„lgan kursning
o„tkazuvchanlik qobiliyatiga teng miqdordagi o„quvchilar qo„shiladi
(har bir qismdan teng yarimi). Qolgan o„quvchilar tanlanma ro„yxatga
qo„shib qo„yiladi.
- Kursni “Birinchi ustunlikdagi” ro„yxatlarni to„ldirgandan so„ng, kursni
tanlagan o„quvchilar ro„yxati mazkur kurs uchun ikkinchi, uchinchi va
undan quyi ustuvorliklarni belgilagan o„quvchilar bilan to„ldiriladi.
22
Har bir o„quvchi uchun kurslar ro„yxati shakllantiriladi va bu kurs tanlov
shartida ko„rsatib o„tilgan miqdorgacha to„lganda, o„quvchi kurslarga
biriktiriladigan umumiy o„quvchilar ro„yxatidan chiqarib yuboriladi. Tanlov
zonasidagi hech bir kursning yakuniy ro„yxatiga qo„shilmagan o„quvchilar unga
bog„liq bo„lgan zonaga kelishuvga binoan biriktirib olinadi. Tanlov shartidan
kamroq kurslar miqdorining yakuniy ro„yxatlari yetmagan kurslarni zonalardan
ajratib oladi.
O„quvchilar bilan to„lmay qolgan kurslar ro„yxatdan olib tashlanadi va
o„qitilishi maqsadga muvofiqligi bo„yicha baholanib, qaytadan taqsimlab
chiqiladi. Baholash natijasida kurs olib tashlanishi ham mumkin. Bu jarayon
to„ldirilmay qolgan kurslar umuman qolmagunicha davom ettiriladi.
Tanlov natijasida ro„yxatda qolgan o„quv kurslari modullari ma‟muriy
rejalashtirish uchun tuzilgan modullar ro„yxatini hosil qiladi.
O„quvchilar ro„yxati biriktirilgan kurslarning shakllangan ro„yxatlari
keyingi rejalashtirish davrida o„tiladigan deb qayd qilib qo„yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |