II.4. Tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlarning o’simliklar
uchun ahamiyati.
Tuproq eritmasidagi makro va mikro elementlarni o’simlikning hammasi
ham bir xilda qabul qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda
bo’ladi, shu sababli ba’zan ularni kimyoviy analiz bilan ham aniqlash qiyin.
Shunga qaramasdan o’simliklar bu xil mikroelementlarni tuproqdan olib o’z
tanasida saqlash xususiyatiga ega. Masalan, qoqio’tdoshlar, ayiqtovondoshlar
oilalariga kiruvchi o’simliklar tarkibida litiy ko’proq, astragal, selen, yel, g’o’za
barglarida marganes, ko’p uchraydi. Masalan, Laminariya o’simlikligi tarkibida
yodning miqdori 0,1-0,5 % uchragan holda dengiz suvida esa bu ko’rsatkich
0,00005 % gat eng. karamgullilar va soyabongullilar oilalariga kiruvchi
o’simliklarda oltingugurtning miqdori boshqa oila vakillariga qaraganda 5-10
barobar ko’pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uchrasa lavlagi, kartoshka, paxta
tarkibida kaliy, magniy, tilog’och va sho’radoshlar oilasi vakillarida ko’ppincha
soda ko’proq uchraydi.
T.F.Morozovning
(1943)
yozishicha
daraxtsimon
o’simliklar
o’to’simliklarga qaraganda mineral moddalarni 10- 15 barobar kamroq qabul
qilishadi. daraxt o’simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etganliklari sababli
ular qishloq xo’jaligi ekinlari o’smaydigan unumsiz tuproqlarda ham bemalol
yashayveradilar. Bunday holatga ayniqsa g’o’za o’ta chidamlidir.
O’simliklarnining yoshi o’tishi bilan ulraning mineral moddalarga bo’lgan
talabi o’zgarib boradi. darxtsimon o’simliklarda azot va mineral moddalarga
bo’lgan talabi ularning o’sishi davrida kuchli bo’lsa, g’allasimon o’simliklarda
esa naychalash va boshoq hosil bo’lishi davrida kuchli bo’ladi. Yem- hashak
o’simliklarida bu ko’rsatkichga bo’lgan talab gullash va gullashdan oldin
kuzatiladi.
Tuproq unumdorligiga nisbatan o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Evtrof o’simliklar - unumli tuproqlarda o’suvchi o’simliklar (yasen, zarang,
dub va boshqa daraxt o’simliklar)
28
Oligotroflar- tuproq unumdorligiga kam talabchan o’simliklar. Bu guruhga
daraxtlardan oddiy qarag’ay kiradi.
Mezotrof- kam unumli tuproqlarda o’suvchi o’simliklar. Bu guruhga o’tloq
va o’rmon zonasining o’simliklari kiradi.
Ba’zi adabiyotlarda bu klassifikatsiya bir oz boshqacharoq talqin qilinadi,
ya’ni tuproq tarkibidagi organik qoldiqlarning solishtirma tarkibiga qarab quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
Oligotrof turlar, o’simliklarning bu guruhga kiruvchi vakillari juda kam
organik elementlari bor tuproqqa moslashgan
Evtrof o’simliklar turlarguruhiga kiruvchilar ko’p miqdorda kul elementlari
bor tuproqlarda o’sadi. Bu guruhga misol qilib qo’ng’ir erman, oddiy egopodium,
oddiy prolestnik kabilar misol bo’ladi.
Mezotrof turlar guruhiga mansub o’simliklar kul elementlari o’rat hol
bo’lgan joylarda o’sadi. Bunga oddiy qoraqarag’ay (Picea schrenciana ) misol
bo’ladi.
Nitrofil turlar tuproqda azot ko’p bo’lgan joylarda uchraydi, bu guruhga
qichitqi o’t (Urtica dicica L.), maymunjon (rulus idakus), qulmoq (Humulus
lupulas ) amaranth (Amaranthus retroflexus ) va boshqalarni misol qilib keltirish
mumkin.
Galofit turlar asosan sho’rlagan, sho’r, sho’xok tuproqlarga xos bo’lib,
ularga qorasho’ra sarsazan, sarzolaning ko’plab turlari , qorasho’ra, oqsho’ra
kabilar kiradi.
Petrofit turlar har xil tuproq sharoitida o’sadi, shag’al tuproqli, shag’al
toshli joylarga xos o’simliklar bo’lib, ularga mavrak, sunbul, butalar kiradi.
Psammofit turlar tinimsiz harakatdagi, oqib turuvchi qumli joylarga xos.
Qizilqum, Qoraqumning shunday joylarida iloq , rang, oq saksovul, qora saksovul,
cho’l akatsiyasi kabilar o’sadi. Psammofitlar urug’lari prujinali bo’lib,
(Calligonum) ancha joyga yengil otiladi, qum ustida dumalab yuradi, ular
qurg’oqchilikka yaxshi chidaydi. Ustlari qalin tukli, barglari qalin tukli, qalin,
ingichka, terisimon bo’lganligi uchun transpiratsiya jarayoni kam o’tadi. Ular
29
harakatli qumlar, dengiz va daryolar qirg’oqlarida ham uchraydi. Shunday
joylarda tol va boshqa daraxtlar o’sadi.
Qum o’ziga xos substrat sifatida qator hislatlarga egadir. Bu hislatlar
o’simliklarning shu shroitga ekologik moslashgan qobiliyatlarni keltirib chiqargan,
ya’ni ularda o’zlariga xos issiqlik, havo va suv rejimlari yuzaga kelgan.
Qumlik sharoitida o’simliklar qum ostida qolish xavfida bo’ladi. Shuning
uchun ularda poyadan qo’shimcha ildizlar chiqmaydi,balki o’simlik o’zining yer
ustki qismi o’sishni tezlashtiradi va butalarda hosil bo’lgan qo’shimcha ildizlar
esa tananing yo’g’onlashishi, o’simliklar vertikal o’sishini ta’minlaydi. Bularga
saksovul, juzg’un, akatsiya kabilar misol bo’ladi.
Qumlik sharoitida o’simliklarning ildizlari ustida saqlovchi qobiqlar hosil
bo’ladi. Bu qobiqlarning hosil bo’lishi o’simlik ildizlaridan ajralib chiqqan
suyuqlikka mayda qum zarrachalari yopishib qotadi va hosil bo’lgan qattiq
to’qima ildizni qurib qolishdan,zahmlanishidan saqlaydi. Bu ekologik saqlovchi
qobiq - futlyarlar ko’pchilik cho’lm o’simliklaridan norseleu, hamma daryo,
dengiz chetlaridagi qumli yerlarda osadigan o’simliklarda ham uchraydi.
Boshqa o’simliklarda uzun va doim shoxlangan ildizlar hosil bo’ladi. Ular
ildiz atrofidagi tuproqning uchib yoki yuvilib ketishidan saqlaydi. Bunday
o’simliklarga juzg’un, tol misol bo’la oladi.
Psammofit guruhiga oid o’simliklarning muhitda suv bilan ta’minlanishi
og’ir bo’lganligi sababli ularda kseromorflik xususiyatlari yuzaga kelgan. Ya’ni
morfologik tuzilishlarda sukkulentlik, yaproqlarning reduksiyalanishi (afilnost),
yerning pastki, chuqur qatlamlariga boradigan kuchli ildiz sistemasi hosil bo’lishi
kabi hislatlar paydo bo’lgan. Psammofitlarning o’tsimon vakillariichida efemer va
efemeroidlar ko’p bo’lib, ular tuproqda namlik ko’p bo’lgan davrlarda
rivojlanadi.
O’simliklar olami ichida yana bir o’ziga xos ekologik guruh- litofitlar
bo’lib, ular toshlar, qoyalar, ularning yorilgan, chuqurlashgan yoki toshlar
to’plangan joylarda uchraydi. Bu guruh o’simliklarga suvo’tlar, litofill
lishayniklar, ayrim moxlarning vakillari kirib, ular yuqorida aytilgan turli toshli
30
sharoitda birinchilardan bo’lib, tarqaladi, biologik moddalar ajratib, toshlarni
parchalaydi.
Shu
yerlarda
organik
moddalar
to'planib,
boshqa
o’simliklartarqalishiga imkon yaratadi, keyinchalik bunday toshli joylarda turli
moxlar, gulli o’simliklar tarqaladi.
Ayrim o’simliklar tog’oldi, shag’alli joylarda tosh yoriqlari, toshlar orasida
hosil bo’lgan juda ham oz miqdordagi substrat (chala tuproqda) ham o’sadi.
Shunday joylarda uchraydigan o’simliklar xasmofitlar deb atalamdi. Bu guruhga
daraxtlarning qoyalarga moslashgan vakillari misol bo’ladi. Ma’lumki tog’li
joylardagi tosh to’plamlari orasida organik moddalar bo’lmaydi. Lekin bunday
joylar (tosh to’plamlari) harakatda bo’lganligi tufayli havo almashinishi yaxshi
bo’ladi. Bunday joylarga moslashgan litofitlar turli yo’llar bilan toshlar orasiga
poyalarni mustahkamlash va o’sish xususiyatlarini hosil qilgan. Bunday
xususiyatlarga - tosh to’plamlari harakatiga qarab sudraluvchi novdalar, yordamchi
va asosiy ildizlar hosil bo’lishi va ular yordamida substratga mahkamlanish
belgilari vujudga kelgan. Bunday litofillarga rovoch va boshqa o’simliklar misol
bo’ladi. Ular harakat qiluvchi shag’al toshlarni mustahkamlaydi. Litofillar
o’sadigan joylardagi mineral, organik moddalar miqdori, harorat va namlik
rejimlari ta’sirida o’simliklarda majmua moslanish xususiyatlari hosil bo’lgan,
ya’ni mahkam ushlaydigan ildiz sistemasi va sovuq hamda muzlashga kuchli
chidamliligi, yer usti qismlari kseromorflk xususiyat kabi belgilar yuzaga kelgan.
Tuproq o’simliklarning mineral oziqlanishida katta rol o’ynaydi. Erigan
mineral moddalar o’simliklarning ildizlari orqali ularning tanalariga o’tib, turli
fiziologik, biokimyoviy, jarayonlarda faol qatnashib, o’simliklarning o’sishi va
rivojlanishini ta’minlaydi.
O’simlik ildizi atrofida juda ko’p va har xil guruhdagi mikroorganizmlar-
bakteriyalar, zamburug’lar, turli suvo’tlar uchraydi va yashaydi. Ular o’zlarining
hayot faoliyati jarayonida o’simliklar (o’t o’simliklar, daraxtlar, butalar) ildizlari
bilan biologik munosabatda (mikoriza) bo’ladi. Mikroorganizmlar o’simliklar
ildizlari orqali mikroorganizmlar o’simliklarni organik moddalar bilan ta’minlaydi.
Bunday organik moddalar o’simliklarning o’sish va rivojlanishda muhim
31
ahamiyatga egadir. Mikroorganizmlar o’simlik va hayvonlarning qoldiqlarini
chiritib, biologik faol moddalarning manbai - gumusni hosil qiladi. Gumusdagi
vitaminlar, fermentlar, oqsillar, organik kislotalar o’simliklarning o’sish va
rivojlanishini tezlashtiradi.
O’simlik
qoldiqlarida uchraydigan
turli
mikroorganizmlar,
mayda
hayvonlar-saprofaglar organik qoldiqlarni chiritadi, parchalaydi va tuproqda
moddalar almashinishida muhim rol o’ynaydi.
Tuproqda
organik
moddalarning
to’planishi,
taqsimlanishi
tuproq
hosildorligining oshishi shu yerning iqlim sharoitidagi ekologik omillarning ijobiy
ta’siri, tuproqning namlik, harorat va havo almashinish darajasi va o’simliklar
hamda hayvonlarning son- sifatiga bog’liqdir.
Tuproq muhitida uchraydigan yuksak o’simlik vakillari orgaqnik moddalarni
sintez qiladi va ularda quyosh energiyasini to’playdi. O’simliklarning yer usti va
yer osti qismlarida hosil bo’lgan organik moddalar, o’simlik qismlari qurigandan
(yaproqlar, shoxlar, ildizlar) keyin tuproqqa o’tadi. U yerda mikrooorganizmlar
yordamida chirib, parchalanib, tuproq hosildorligining oshishiga olib keladi.
O’simlik uchun eng muhim kimyoviy elementlar bular azot, fosfor va
kaliydir. shuning uchun o’simliklarga o’g’it berganda kompleks ya’ni NFK
(azot, fosfor, kaliy ) beriladi.
Azot o’simliklarda oqsil, nuklein kislotalari va xlorofill tarkibiga kirganligi
sababli u hamma o’simliklar uchun eng kerakli muhim element hisoblanadi. Azot
yetishmasa o’simliklar bargi och yashil rangda bo’ladi,. Bundan tashqari,
o’simliklarni o’sishi va rivojlanishini tezlashtiruvchi va moddalar almashinuvida
aktiv ishtirok etuvchi garmonlar tarkibida ham bo’ladi. O’simliklar uchun azotning
manbai nitratlar, ammoniy tuzlari va azot to’plovchi bakterialar hosil qiladigan
biologik azotlardir. Azot yetishmaganda g’allasimon o’simliklarda quyidagi
o’zgarishlar beradi: poyalari ingichka, barglari kichik va dag’al, ularning
hujayralari kichik va hujayra po’sti qalin bo’ladi. Yosh barglar och yashil rangda,
biroq qarigan barglar sariq, qizil ranglarga kira boshlaydi. O’simlikning o’sishi va
tuplanishi juda sust bo’ladi. Bu hollarda azot berish tavsiya etiladi.
32
Azotning ko’pligi ham o’simliklarga zarar keltiradi. Ya’ni azot ko’p bo’lib,
kalsiy va fosfor yetishmasa o’simliklarda yupqa po’stli katta va ko’p suvli
barglari hosil bo’ladi. Bu o’simliklar bargida azot konsentratsiyasi kuchli bo’lib,
bu xil o’simliklar sovuqqa chidamsiz va hasharotlar tomonidan ko’proq
zararlanadi.
Ekiladigan bug’doy, arpa, javdar, suli va shu kabi boshqa don ekinlari azot
o’g’itlariga nisbatan o’rtacha talabchan bo’ladi. azot ko’p berilsa, o’simliklarda
gullash va don yetilishi kechikadi. hosil kamayadi. Biroq makkajo’xori, jo’xori
va shu kabi boshqa xil don ekinlarining gullashi, don yetilishi va hosildorligi azot
ko’p berilganda to’lishadi va ortadi. Azot qandlavlagi bargini o’sishini tezlashtirsa
ham uning ildizmevasidagi qand miqdorini pasaytiradi.
Fosfor - xuddi azotdek o’simliklar uchun eng muhim kimyoviy element
bo’lib, u ham nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Yosh meristimatik hujayralarda
keksa hujayralarga qaraganda fosfor ko’p bo’ladi. Bundan tashqari fosfor modda
almashininsh va fotosintez jarayonlarida ham muhim rol o’ynaydi. Yuqori
energiyaga ega fosforlar ko’pincha ATFda bo’ladi. Fosfor yetishmasa
o’simliklarning rivojlanishi susayadi. Ya’ni ildiz, poya va barglari rivojlanmaydi.
poyasi ingichka, barglari dag’al bo’lib, rangi ko’k-yashil bo’ladi. Antatsion
pigmentlarning ko’pligidan barglari ba’zan bronza rangida bo’ladi. Tuplanish
intensivligi va meva beradigan poyalari keskin qisqaradi. Fosfor ko’pincha
o’simliklarga ekishdan yoki ko’chatni o’tkazishdan oldin beriladi.
Kaliy. Ammoniy ionlaridan aminokislotalar va proteinlarni sintez qilishda
kaliyning o’rni katta. Fotosintez jarayoni ham kaliy ishtirokida bo’lib turadi.
Kaliyning yetishmasligi tufayli barglarning CO2 ni qabul qilish darajasi susayadi.
Ko’p azot me’yori qand lavlagi ildizidagi qand moddasini kamaytirsa, kaliy esa
ko’paytiradi. Kaliy yetishmasligidan ko’pincha o’simliklarning ostki barglariquriy
boshlaydi, ildiz va ildiz mevalari yaxshi rivojlanmaydi. Masalan kaliyni ko’payishi
bilan kartoshka tugunagi va undagi kraxmalning miqdori doimo oshib boradi.
Kartoshkadan tashqari kaliyga nisbatan talabchan o’simliklardan qand lavlagi
meva- sabzavot (olma, smorodina) ekinlarini ham ko’rsatish mumkin.
33
Kaliy yetishmasa ko’pchilik o’simliklar past haroratga nisbatan chidamsiz
bo’lib qolishadi. demak, g’allsimon o’simliklarga va mevali daraxtlarga kaliy
yetarli berilsa, ularning tarkibida qand moddasining ko’p to’planishi natijasida
sovuqqa chidamlilik xususiyati ortadi. Kaliy yetishmasa o’simliklarda poyalari
qisqa, barglari kichik burshaygan, ko’k, yashil va jigar ranglarda bo’ladi. Kaliy
o’simliklarga azot va fosfor bilan birgalkida erta bahorda beriladi.
Meristimatik hujayralarning o’sishi rivojlanishi uchun kalsiy zarurdir. Kalsiy
yetishmasa ildiz yaxshi rivojlanmaydi. To’qimqlar tarkibida kalsiy ko’payib ketsa,
o’simliklarning magniy va kaliy elementlarini pasaytiradi. Kalsiyga bo’lgan
talabga ko’ra o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Kalsiyefillar - kaisiy ko’p bo’lgan tuproqlarda o’sadigan o’simliklar (bo’tako’z,
astra, daraxtlardan dub, oddiy archalar.)
2. Kalsiyefoblar- kislotali tuproqlarda o’suvchi o’simliklar. (torf moxlari, choy,
kashtan)
Kalsiyga nisbatan indifferent o’simliklar (befarq o’simliklar). Bular kislotali
tuproqda ham, ohakli tuproqlarda ham o’saveradi (landish).
Magniy. Xlorofill va ribosomalarning tarkibiga kiradi. U o’simliklarda
fosfatlarnong aktiv harakatida ishtirok etadi.
Natriy. Natriyning ko’p bo’lishi ko’pchilik o’simliklarga zarar keltirishi
mumkin. Chunki u to’qimalarda to’planib, kalsiy, magniy va shu kabi boshqa
kationlarning o’zlashtirilishini qiyinlashtiradi. biroq sho’rxok joylarda o’suvchi
o’simliklarning o’sishini natriy tezlashtiradi. (qorasho’ra, sarsazan)
Temir. Bu tugunak bakteriyalarning erkin azotni o’zlashtirish jarayonini
tezlashtiradi. Tok, mevali daraxtlarda dekorativ o’simliklarda temir yetishmasa
ularda xloroz kasalligi paydo bo’ladi. Ya’ni ularning barglari och- sariq yoki pur-
pur rangga kirib qoladi.
Mikroelementlar. Azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va shu kabi
makroelementlardan tashqari o’simliklarga kam miqdorda kerak bo’ladigan
mikroelementlar ham bor. Bularga marganes, bor, kumush, rux, kobalt va
boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko’p miqdorda uchrasa o’simliklar
34
uchun zaharli bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun ular o’simliklarga gektariga
grammlar ba’zida kilogram bilan beriladi.
Marganes. Bu nafas olish va fotosintez jarayonlari uchun zarur element.
Barg va ninasimon o’simliklar bargidagi xloroplastlarda marganesning miqdori,
ayniqsa ko’p bo’ladi. Nafas olish va fotosintiz jarayonida ishtirok etuvchi
fermentlar tarkibida ham marganes ko’p bo’ladi. Marganes aminokislotalar,
proteinlar, vitaminlar, polipeptidlar va shu kabi boshqa xil birikmalarni sintez
qilishda ishtirok etadi.
Bor. Bu oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlarga o’xshash
biopolimerlar hosil qilishda ishtirok etadi. Bu biopolimerlar hujayraning muhim
komponentlari bo’lmish hujayra membranalari, ribosomalarning tarkibiy qismiga
kiradi. Demak, bor yetishmasa bu strukturalarning hosil bo’lishi buziladi va sekin
asta o’simliklar o’sish va rivojlanishdan to’xtab halok bo’lishadi.
Mis. Bu ko’pchilik fermentlar tarkibiga kirib nafas olishni kuchaytiradi. Mis
yetishmasa fermentlar va nafas olish aktivligi pasayadi, nuklein kislotalar
biosintezi susayadi. Ko’pchilik begona o’tlar madaniy o’simliklarga qaraganda
ko’proq o’z to’qimalarida mis to’playdi. Shuning uchun ham AQSHda
makkajo’xori ekish uchun yerni tayyorlaganda avval begona o’tlar o’stirilib,
keyin haydab tashlanadi. Ko’pincha gektariga 7-10 kg mis berish maqsadga
muvofiqdir.
Mis oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar
tarkibida bo’ladi.
Kobalt. Xlorofillga mustahkamlik berib, qorong’ilikda uni yemirilishdan
saqlab turadi. Demak, bu xususiyati bilan fotosintezni va barg aktivligini
kuchaytirib turadi. Shuningdek, kobalt karbonsuvlar va azot almashinuvida ham
ishtirok etadi.
Sho’rlangan tuproqda o’suvchi o’simliklarning xususiyatlari.
Markaziy Osiyoda sho’rlangan tuproqlar 23 mln gektarni egallaydi. Shundan
18 mln gektari Qozog’iston, 3 mln gektari Turkmaniston, 2 mln gektari
O’zbekistonda uchraydi. Ana shunday sho’rlangan yerlarda o’suvchi o’simliklar
35
galofitlar deyiladi. galofitlar orasida ko’pchilik o’rinni sho’radoshlar oilasiga
kiruvchi o’simliklar egallaydi. Kuchli sho’rlangan yerlarda qora sho’ra, sarsazanlar
o’sadi. Bulardan tashqari ana shunday sho’rlangan yerlarda baliqko’z, seta,
xaridondon, donasho’r, ermon-shuvoq, keyreuk va boshqa shu kabi sho’raklar
kiradi. Ular uchun poya yoki bargining etli bo’lishi, suv jamg’aruvchi
to’qimaning yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida
tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir. Kuchli sho’rlangan
yerlarda o’suvchi galofitlarning hujayra shirasida tez eriydigan tuzlar ko’p
to’planadi. Natijada hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo’ladi. Bu esa
o’z navbatida galofitlarni qurg’oqchilikka va issiqlikka chidamlilik xususiyatini
oshiradi. galofitlar tanasi etli, ko’p tuz to’playdigan va ortiqcha tuzlarni sekin-asta
ajratib turish xususiyatiga ega.
Yirik sho’rxoklar. O’rta cho’lda, O’zbekiston va Qozog’iston chegarasi
bo’ylab ketgan Aydar sho’rxok (hozir haydar ko’li hosil bo’lgan), Markaziy
Qizilqumda, Mingbuloq sho’rxoklari kabilar pastqam joylarda uchraydi. Tipik
sho’rxok yerlarda o’simliklar deyarli o’smaydi.
Galofitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
Hamma organlari etli;
Poyasi bargsiz;
Ko’pchiligining bargi yaxshi taraqqiy etmagan (masalan, qora saksovul va
shu kabi boshqa o’simliklarda barg mutlaqo bo’lmaydi yoki bo’lsa ham yaxshi
rivojlanmagan)
Galofitlarning muhim ekologik xususiyatlaridan yana biri shuki, ular
albatta sho’rxok yerlarda o’sadilar. Masalan, selitryanka tuproq qatlamida (100gr
tuproqda) 7,7% xlor, 12,73% sulfat tuzi bor joylarda yaxshi o’sadi. Galofitlarga
qora saksovul, xaridondon, quyonsuyak, pashmaksho’r, seta, donasho’r, chogon,
keyreuk, erman shuvoq kabi bir yillik chala buta, buta o’simliklar kiradi.
Turli darajada sho’rlangan tuproqlarga morfologik, fiziologik moslashgan
galofit o’simliklarni quyidagicha sinfifikatsiya qilinadi:
36
Kummulyativ galofitlar turiga (eugalofitlar) kiruvchi o’simliklarni
sitoplazmasi yuqori miqdordagi tuzlarga chidamli bo’ladi. Ular tuproqdagi erigan
tuzlarni shimib oladi va tanalarida juda ko’p miqdorda (kul og’irligiga nisbatan 45-
50 % ) tuz to’playdi. Bu guruh o’simliklarga salzola va soleros turkumlarining
vakillari kiradi.
Sekretor galofitlar turi (krinogalofitlar) guruhiga kiruvchi o’simliklar
o’zlarining barglarida joylashgan maxsus tuz bezlari orqali juda yuqori
konsentratsiya tuz eritmalarini tashqariga chiqaradi. Bunday o’simliklarga
Frankeniya, julg’un, kermak kabi turkum vakillari kiradi.
Boshqaruvchi
galofitlar
turi(gligogalofitlar).
Bu
guruhga
kiruvchi
o’simliklar hujayrasidagi osmotik bosim tanadagi tuzlar orqali emas, balki organik
moddalar, ayniqsa, qandlar orqali boshqariladi. Undan tashqari gligogalofitlar
hujayrasi o’ziga xos bioximik xususiyatlarga ega bo’lib, turli zararli tuzlarni tanaga
o’tishini chegaralaydi yoki zararli ionlarni bir-biri bilan bog’lab, modda
almashinuvida tanadan chiqarib yuboradi. Bunday metobolitik holatlarda
sitoplazmadagi oqsillar, qator organik kislotalar, ayrim qand birikmalari,
pigmentlar va boshqa moddalar qatnashib, osmotik funksiyalarni saqlab, uning
buzilishiga yo’l qo’ymaydi.
Uzoq evolyutsion jarayonda organizmlar turli landshaftlar tuproqlardagi
sho’rning ortib borishiga moslashgan. O’simliklar ichida sho’rlikni sevuvchi
guruhlar paydo bo’ladi. Bunday oila vakillari boshqa turlar nobud bo’ladigan
sharoitda ham yuqori darajadagi tuproq sho’rligiga chidamlidir. Bunday galofit
o’simliklar boshqa sharoitda, boshqacha kimyoviy tarkibli tuproqda o’sa olmaydi.
Ma’lumki, galofitlar o’z tanalarida xlorid va sulfat birikmalarini, organik
kislotalar ishqorlarini ko’plab to’playdi. Tuzlarning ortiqchasi o’simliklarning
go’shyli tanasida, barglari ustida to’planadi.
O’simliklar tuzga chidamliligiga qarab 4 ta guruhga bo’linadi:
Haqiqiy galofitlar. Yer osti sizot suvlari yaqin joylashgan, namli sho’r
tuproqlarda o’sadigan go’shtli ho’l sho’ralar. Ular tanasida 40-55 % gacha kul
bo’lib, unda xlor, sulfat ionlari va natriy ko’p bo’ladi.
37
Yarim quruq galofitlar tanasida 20-30 % kul bo’ladi. Bu guruhga kiruvchi
o’simliklar kuchli sho’rlagan va quruq sho’r tuproqlarda o’sadi.
Quruq sho’ralar, kserofitlar va ayrim oqjuvshan(burgam), juvshan(shuvoq)
kabilar kamroq sho’rlangan tuproqlarda, sho’rxok joylarda o’sadi. Ular tanasidagi
kul 10-20 % ni tashkil etadi.
Boshoqlilar, dukkakdoshlar vakillari va juvshanlar sho’rlamagan yoki
ozroq sho’rlagan tuproqlarga xos bo’lib, ular tanasidagi kul miqdori 10 % ni
tashkil etadi.
Galofit o’simliklar ko’plab turli mikroelementlarni ham to’playdi. Bunga
sabab shu ko’rsatilgan mikroelementlar yer osti sizot suvlarida bo’lib, bug’lanish
natijasida tuproq va uning tuzli qatqaloqlarida to’planib, tuproqdan o’simliklar
tanasiga o’tadi.
Sho’rlangan yoki g a l o m o r f tuproqlar har xil turlarda bo’ladi.
Shulardan bir turiga sho’rxok yoki sho’r tuproqlar kiradi. Bunday tuproqlarning
vodorod ioni ancha ishqorli pH=8 dan pastroq bo’lib, tuproqda erigan
kationlarning 50 % ini natriy tashkil qiladi.
Yer yuzida ishqoriy yoki sho’rxok tuproqlar ham keng tarqalgan. Shunday
tuproqlarda natriy karbonati tarkibiga kiruvchi natriy haddan ziyod ko’p bo’ladi.
pH=9 ga yetadi. Sho’rlangan tuproqlarning florasi ham shunga binoan o’ziga
xos bo’ladi.
Sho’rlangan, sho’r yoki sho’rxok tuproqlarda o’suvchi o’simliklar asosan
galofitlardan iborat bo’lib, ularga ruyandoshlar oilasining ko’plab vakillari misol
bo’ladi. Tuproqning sho’rligiga chidamli o’simliklar turlari har xil va ular
sho’rlilikning turli miqdoriga moslashgan. Masalan, tuproq sho’rligiga juda
chidamli o’simlik yoz faslida tuproqda tuzlar konsentratsiyasi 20% dan oshganda
ham bardosh beradi va rivojlanishini davom ettiradi.
Turkiston va boshqa hududlarning sho’rlangan tuproqlari uchun ko’p
sho’radosh o’simliklar xarakterlidir. Ular o’zlariga xos assotsiatsialar hosil qiladi.
Yomg’irli davrlarda sho’radosh o’simliklar tuproq sho’rligining 1.5 % iga, yoz
faslida 10-20 % ga bardosh beradi.
38
Sho’rlamagan yoki kamroq sho’rlagan joylarda asosan o’simliklarning
psammofill guruh vakillari yoki bo’z yerlarga xos formatsiyalarni hosil qiluvchi
turlar ko’plab uchraydi. Tuproqning sho’rlik darajasi kamayishi bilan o’simliklar
formatsiyalarida umurtqasiz hayvonlar soni ortib boradi va quyidagi 3 ta
o’simliklar formatsiyasida bu holatni kuzatish mumkin ya’ni:
Ochiq va yaqqol ko’rinuvchi galofitlar formatsiyasi bo’lib, bu formatsiya
Arthrocnemutum glaukum tuproqning yuqori sho’rligiga bardosh beradi va shu
o’simlik turi atrofida 120 ta umurtqasiz hayvonlar turlari aniqlangan. Ulardan 9
tasi shu formatsiya uchun xosdir.
Salicornietum fruticosae formatsiyasi kam sho’rlangan tuproqlar uchun xos
bo’lib, u yerlarda sho’ralardan Salicornietum fruticosae va uning atrofida 211 ta
umurtqasiz hayvonlar turi uchragan.
Therobrachypodion formatsiyasida o’simliklardan Statice limonium va 295
ta umurtqasiz hayvonlar turlari topilgan. Shulardan 16 tasi bu formatsiya uchun
xosdir.
Sho’rlangan yerlarda yana bir maxsus guruh- m a n g r a o’simliklari o’sadi.
Ular tropik o’rmon hududini vaqti-vaqti bilan suv bosishi natijasida sho’rlangan
dengiz yoki daryo qirg’oqlaridagi yerlarda uchraydi. Bunday o’simliklar zararsiz
tuzlarni qabul qiladi. Bu ortiqcha tuzlar maxsus ustitsalar orqali tashqariga
chiqarilib yuboriladi. Bu guruhga avisenniya turkumining turlari yaxshi misol
bo’ladi. Ulardagi hujayralar yuqori osmatik potensialga ega. Bunday holat dengiz
suvo’tlari va dengizlarda uchraydigan makrofitlarda ham kuzatiladi.
O’simliklar o’zlarining ayrim qismlari (yaproqlar, novdalar, shoxchalari)ni
tashlash yo’li bilan ham tanadagi ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi. Masalan
tuzlarga juda chidamli o’simliklardan ayrimlarida tuzlar ularning barg va
poyalarida to’planadi. Eskirgan barglar tushib yangilari chiqadi va ular tanadagi
ortiqcha tuzlarni o’zlariga tortadi, keyinchalik ular ham quriydi, boshqalari
chiqadi.
Galofit o'simliklarga Plantago maritima, Triglochin maritimum, Aster
tripolium kabi turlar, ayrim turkumlarning (Atriplex, Halimione) vakillari ham
39
kiradi. Ularda ham hujayra shiralarida xloridlar to’planib, keyinchalik yaproqlar
qurib ti’kiladi, ular o’rniga boshqalari chiqadi. O’simliklar to’kilgan barglari
orqali tanada to’plangan xloridlardan tozalanib turadi.
O’simliklarning kalsiyga bo’lgan munosabatlari muhit nordonligiga mutloq
qarama-qarshidir. Tuproqning nordonligi va undagi kalsiy miqdori bir-biriga qarshi
antagonistik omillar hisoblanadi. Ko’pchilik qurg’oqchilik tumanlarida tuproqdagi
namlikning bug’lanish miqdorini atmosferadan tushadigan namlikdan ortiqcha
bo’lishi tufayli, tuproqda erigan mineral moddalar uning yuza qismida to’planadi
yoki tuproqning pastki qatlamlariga tushadi. Kalsiy birikmalarining shunday
jarayonga qatnashishiga k a l s i f i k a t s i y a deb ataladi.
Ayrim ohakli tuproqlarda begona o’tlar sifatida bo’tako’z, ko’ztikon,
lolaqizg’aldoq, pikulnik va boshqalar keng tarqalgan. Ovro’paning ohak-qum
tuproqli yerlaridagi o’rmonlarda chinniguldoshlar oilasi vakillari, kvarsli
tuproqlarda angishvonagullilar vakillari, yuqori tog’li o’tloqzorlarning ohakli
tuproqlarida Cares firma, C. sempervirens kabi o’simliklar tarqalgan. Karbonatli
tuproqlarda uchraydigan o’simliklar kalsiyfillar guruhiga mansub bo’lib, ularga
anemona, qoraqayin, tilog’och va o’t o’simliklar hamda butalar xarakterlidir.
Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham bir oz to’xtalib o’tadigan
bo’lsak, shuni ta’kidlash lozimki, quruqlikning turli nuqtalarida hamda
hamdo’stlikka a’zo barcha mamlakatlar hududida ekologik ahvol uncha yaxshi
emas. Ayniqsa dehqonchilik bilan shug’illanadigan yerlarda tuproqning ahvoli
nochordir. Masalan, Respublikamizning qishloq xo’jaligi sohasida 70 xilga yaqin
turli kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1889- yilda har gektar yerga solingan
kimyoviy dorilar 19,50 kg (ayrim viloyatlarda hattoki 40-45 kg ) ni tashkil etgan.
Yiliga har gektar yerga 400-500 kg gacha mineral o’g’itlar solingan. Tajribalar
shuni ko’rsatadiki, fosfor o’g’iti bilan birgalikda tuproqqa uran, ftor, toriy, og’ir
metal tuzlari ham o’tgan. Ammo tuproqni bunday kimyoviy moddalardan tozalash
texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat dehqon- fermer xo’jaliklari va shirkat
xo’jalik rahbarlari va umuman dehqonlarning haligacha yuqori dehqonchilik
madaniyatiga ega emasliklari ahvolni yanada murakkablashtirmoqda.
40
Zararkunanda hasharotlarga va o’simlik kasalliklariga sepiladigan
dorilarning atigi 1 % gina foydali ta’sir ko’rsatadi. Qolgan 99% tuproq, suv,
o’simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib ketadi. Natijada, tuproqdagi
ko’plab organizmlar qiriladi, insonlar salomatligiga katta zarar yetadi. Ana
shunday vaziyat yuz berganda yana tabiatni, jumladan, tuproqni muhofaza qilish
dolzarb muammolar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |