II.5. Tuproq sharoitiga ko’ra begona o’tlar guruhlari.
Qishloq xo’jalik yerlarida begona o’tlar madaniy o’simliklar bilan birgalikda
hamda tuproqda uchraydigan boshqa tirik organizmlar bilan hamjihadlikda
tuproq yuzasida murakkab biogeotsenoz hosil qiladi. O’stiriladigan ekinlarga
beriladigan agrotexnik ishlov begona o’tlarning o’sish va rivojlanishini hamda
tarqalishini tezlashtiradi. Bunday sharoit begona o’tlarning bir va ko’p yillik
turlari uchin juda qulay hisoblanadi.
Begona o’tlarning ko’pchiligi asosan urug’ bilan ko’payadi. Ammo ular
ichida vegetative yo’l bilan ko’payadigan turlar ham oz emas. Shuning uchun ular
ekologik jahatdan urug’li va vegetativ begona o’tlar guruhi deyiladi.
Urug’ bilan ko’pyadigan begona o’tlar madaniy o’simliklarga qaraganda
yuz ming marta ko’p urug’ hosil qiladi. Shunday begona o’tlarga babuna,
moychechak (Matricaria), qoqi (Taraxakum officinale), achambiti (Caapsella
bursa-pastoris), yulduz o’ti (Stellaria neglecta, S media) itizum (Solanum nigrum),
lolaqizg’aldoq(Papaver pavoninum p.rhoaes), otquloq (rumex), zubturum
(Plontago), yovvoyi sabzi (Daucas careta), rango’t (sinapis Arvensis) kabilar 1000
dan ortiq urug’ hosil qiladi, madaniy o’simliklardan boshoqlilar 200-250 atrofida
don hosil qiladi. Bir gektar haydaladigan yerdan olinadigan tuproq namunalarida
o’rtacha 25 mln, maksimum 100 mln begona o’tlar urug’i uchraydi.
Begona o’tlar urug’i turli yo’llar bilan ( shamol, suv, hayvonlar, qush, inson
yordamida) tarqaladi. Shamol, suv urug’ni bir joydan ikkinchi joyga, qushlar,
hayvonlar, hatto chumolilar ham urug’ni bir joydan boshqa yerga borishiga sabab
bo’ladi.
41
Begona o’tlar ildizi, bo’g’ini yerga, tuproqqa tushishi bilan o’sa boshlaydi.
Ularga ajriq, g’umay, g’ozpanja, qirqbo’g’in, oddiy oqqaldirmoq, o’rmalovchi
ayiqtovon, agrostis, otquloq, chirmovuq va boshqalar misol bo’ladi.
Ko’pchilik begona o’tlar urug’i ona o’simlik atrofiga tushadi, to’kiladi va
ma’lum muddatdan keyin shu yerdan o’sib chiqadi. Ularning urug’i tuproqda uzoq
vaqt saqlanish qobiliyatiga ega, qulay sharoit kelishi bilan ular unib chiqadi.
Undan tashqari ularning urug’i turli material orqali tarqaladi va yaxshi sharoitga
tushib tez unib chiqadi. Urug’li material yaxshi tozalansa, bu yo’l kuzatilmaydi.
Tuproqning namlik darajasi, harorat va yorug’lik sharoitiga qarab begona
o’tlar turlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Loyroq tuproqlarda urug’i unib chiquvchi turlar, ularga Sagina, Junkus
turlari kiradi.
Urug’i nam tuproqlarda unib chiquvchi turlar.ularga Anagalis, Plantago, Poa
turlari kiradi.
Tuproqning turli namlik darajasida urug’i unib chiqadigan turlarga
Medicago, Stellaria, Veronica kabi turkumlar vakillari kiradi.
Tuproqning mo’tadil namligida urug’i unib, tuproqning yuqori namlik
darajasida urug’i nobud bo’ladigan turlar.
Quruq tuproqda urug’i yaxshi unib chiqadigan turlar Thlaspi, Sonchus,
Avena turkumlariga xosdir.
Begona o’tlar turlari urug’ning unib chiqishidan tuproqdagi haroratga
nisbatan quyigagi guruhlarga bo’lindi:
1. Past haroratda urug’i unib chiqadigan turlar
2. Haroratning keng doirasida urug’i unib chiqadigan turlar
3. Urug’lari optimum haroratda unib chiqadigan turlar.
4. Harorat 25-40 0 C bo’lganda urug’lari unadigan turlar
5. Yuqori haroratda urug’lari unadigan turlar
6. Haroratga befarq, tinchlik davrini o’tmasdan urug’lari unadigan turlar
42
Yuqoridagi ekologik guruhlarning past haroratga xoslarining urug’i kuz,
qish va o’rta bahorda unib chiqadi. 4-5- guruh turlarning urug’lari esa yoz fasli
boshlarida unib, kuzda urug’i pishib yetiladi.
Begona o’tlarning yaxshi o’sishi uchun iqlim va tuproqda yetarli ekologik
sharoit bo’lishi kerak. Undan tashqari har bir turning muhitga nisbatan ma’lum
fiziologik potensiali ham bor. Muhitda turning fiziologik va ekologik o’sish hamda
rivojlanish uchun optimum talabi bir-biriga to’g’ri kelsa tur o’sadi. Ammo
raqobatli sharoitda bir tur ikkinchisini siqib chiqaradi. Masalan, rango’tni toza
ekinzorlarda o’sishi uchun tuproqni vodorod ioni pH=6.5 atrofida, sharoit ozroq
nordon bo’lsa, bu tur boshqa begona o’tlar ko’p nordon sharoitda
(pH=4)raqobatlikdan holi bo’lib, boshqa turlarga nisbatan yaxshi o’sadi. Bunday
holatni oqqaldirmoqda ham kuzatish mumkin. Unumli tuproqlarda o’sadigan ayrim
turlar ishqorli loy tuproqlarda ham rivojlanadi. Ko’p turlar nordon sharoitdan
nordon, hattoki ishqorli yerlarda ham o’sadi.
Tuproqning vodorod ioni (pH) omiliga nisbatan begoha o’tlar quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
1. Karbonatli tuproqlarni aniqlovchi va neytral-ishqor sharoitda o’suvchi turlar.
2. Karbonatli, yengil nordon tuproqlarda o’suvchi
3. Nordon tuproqlarni aniqlovchi indikator turlar
Tuproqning eritmasi u yoki bu yerda uchraydigan begona o’tlar birliklari,
guruhlari, turlar tarkibi va tuproq turlarini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Tuproqlarning suv rejimiga qarab begona o’tlar, quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1. Tuproq namligini o’zgarishi va turib qolgan suvlarga chidamli ko’p yillik turlar
2. Tuproq namligiga talabchan bo’lgan bir yillik turlar
3. Tuproqning o’rta hol namligida yaxshi o’sadigan begona o’tlar
4. Ma’lum darajada quruq tuproqda o’suvchi turlar
Ma’lumki, ekin maydonlarida madaniy o’simliklar bilan begona o’tlar
tuproqdagi ozuqa moddalar, namlik, yorug’lik, harorat kabi omillarni ko’proq
olish uchun raqobatda bo’ladi va qaysi tur tezroq va baland o’ssa, unga yorug’lik,
issiqlik, ozuqa moddalar va muhitda kenglik ko’proq bo’ladi. Shu tur vakili
43
raqobatlikda yengib chiqadi. Demak, boshqa turlardan tez o’sib baland bo’lish ham
raqobatlik omili hisoblanadi. Natijada tur o’sadi, rivojlanadi, urug’ qoldirib
kelajakda naslni ta’minlaydi.
Ko’pchilik
begona
o’tlar
madaniy
o’simliklarni
kasallantiradigan
zararkunandalarni tarqatuvchi, o’tkazuvchi o’rta pog’ona hisoblanadi.
O’zbekiston qishloq xo’jalik ekinzorlarida ko’plab begonao’tlarning turlari
uchraydi. Masalan bog’ va uzumzorlarda 79, bedapoyalarda 82, tutzorlarda 37 ta
begona o’tlarning turlari uchraydi. Shu turlardan 23 tur fuzarium zamburug’i
bilan zararlanadi. Ya’ni paxta dalalarida uchraydigan begona o’tlarning 32 %,
bug’doyzorlarda uchraydigan begona o’tlarning 41 % fuzarium kasalligi bilan
kasallangan va ular kasal tarqatuvchi manba bo’lgan.
Ko’pchilik begona o’tlar kasal tarqatuvchi patogen organizmlarga xojayin
o’simlik hisoblanadi. Shunday o’simliklarga bedalar, ituzumlar, sho’ralar,
boshoqlilar vakillari misol bo’ladi. Ma’lumki, ko’pchilik bir yillik begona o’tlar
kuzda ekin maydonlaridan yig’ib olinadi. Ammo ular orqali tarqaladigan potogen
bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar tuproqda saqlanib qoladi va ular bahorda qulay
sharoit kelishi bilan xo’jayin o’simlikka o’tib rivojlanishni boshlaydi va ekilgan
madaniy o’simliklarni kasallantiradi. Masalan, bitta bodringga olachipor (mozaika)
kasalligini tarqatuvchi virusning 200 dan ortiq xo’jayin o’simligi bor. Tamaki
virusning 70 dan ortiq xo’jayin – begona o’ti bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |