44
III-BOB TUPROQ MIKROFLORASI VA UNING TUPROQ
XUSUSIYATLARIGA TASIRI
III.1. Tuproq mikroflorasi.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni million va milliardlar bilan
ifodalanadi. Ba’zi olimlar ma’lumotiga ko’ra, 1g tuproq tarkibida 2,5-5
milliardgacha mikroorganizm bo’ladi. Bir gektar erdagi mikroorganizmlarning
umumiy vazni 3-5 t ga yaqin bo’ladi.
Tuproqning fizik va ximiyaviy xossalari, tarkibida oziq moddalar ko’pligi,
namlik va havo etarli bo’lishi turli-tuman mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun
juda qulay sharoit hisoblanadi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni va
xili kun sayin ko’payib hamda o’zgarib turadi. Ular odatda, inson, hayvon va
o’simlik qoldiqlari hisobiga ko’payadi. Arktikada va issiq sahroi Kabr
qumliklarida ham minglab millionlab uchraydi.
Tuproqning ustki qatlamida mikro organizmlar soni ko’p bo’lib,
chuqurlashgan sari kamaya borar ekan. Tuproq qatlamining chuqurlashgan sari
mikroorganizmlar sonining kamaya borishiga ularning tuproq zarachalari
tomonidan yutilishi sabab bo’ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni
yil fasllariga qarab ham o’zgarib turadi. Ular tuproq strukturasini yaxshilashda,
chirindi tarkibidagi moddalarni parchalab, uni mineral birikmalar bilan boyitishda
juda katta rol o’ynaydi.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizimlar juda turli-tuman bo’lganligidan bir-
biriga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yani bir-biri bilan simbioz holda yoki bir-
biriga antagonist bo’lib hayot kechiradi.
Tuproqdan ko’tariladigan chang o’zi bilan birga mikroorganizmlarni ham
havoga tarqatadi. Havoning quruq bo’lishi va ultirabinafsha nurlar havodagi mikro
organizmlarning hayoti uchun xavfli, ularning soni yil fasillariga va havoning
qatlamlariga qarab o’zgarib turadi.
45
Oqsil va tarkibida azot bo’lgan boshqa organik birikmalar parchalanishidan
muhitda amiak to’planishi Ammonifikasiya deyiladi. Odatda, bu prosess oqsilning
chirishi deyiladi.
Oqsil chirishi prosessida ammiakdan tashqari, H
2
S , indol(C
8
H
7
N), metil-
merkaptan (CH
3
SH) , Fasfat kislota (H
3
PO
4
) va boshqa birikmalar hosil bo’ladi.
O’zidan tashqari muhitga proteolitik fermentlar ishlab chiqaradigan tirik
organizmlargina bevosita oqsilga tasir qila oladi va uni parchalaydi. Boshqa
organizmlar pepton va aminokislotalarni amiakkacha parchalashi mumkin.
Ammonifikasiya prosesida, bakterialardan tashqari, aktinomisetlar va
mog’or zamburug’lari ham ishtirok etadi. Ammonifikasiya prosessi tabiatda keng
tarqalgan bo’lib, qishloq xo’jaligida juda muhim rol o’ynaydi. Bu prosesda
hayvonlar va o’simliklar qoldig’i tarkibidagi azotli organik moddalar parchalanib,
o’simliklarning o’ziqlanishi uchun zarur bo’lgan mineral moddalar hosil bo’ladi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, agar tabiatda ammonifikasiya prosessi yuz berib
turmasa er yuzasi o’simliklar va hayvonlar qoldig’ga to’lib ketgan bo’lar edi.
Demak, ammonifikasiya tabiatda azotning aylanishida birinchi tartib proses
bolib hisoblanadi. Bu prosesda ishtirok etuvchi bakteriyalar juda xilma-xil bo’lib,
ularning bazi turlari anaerob, boshqa turlari aerob sharoitda hayot kechiradi. Bu
prosessda fakultativ anaerob bakteriyalar ham ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: