5.O’zbekiston xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari.
5.1.Xalq xo’jaligi tarmoqlari, sanoat-qishloq xo’jaligi, kichik korxona, kichik
biznes mavzusi asosida ―Insert‖ jadvalini to’ldirish.
5.2.O’MKHT dagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat
tasniflagichi.
5.3. O’MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi.
5.4
http://www.istedod.uz/
;
http://www.pedagog.uz/
Internet saytlarini o’rganish.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 2; 7; 8; 9; 11; 12; 14; 24; 31; 42.
Metodik tavsiyanoma
5.1.Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq xalq xo’jaligi ikki katta sohasini –
ishlab chiqarish(moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o’z
ichiga oladi. Ana shu sohalarning tarkibi o’zaro munosabati va bir-biriga
bog’liqligi mamlakatimiz xalq xo’jaligi strukturasini tashkil etadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan
yoki iste`molchilarga etkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq
xo’jaligi va qurilish jamiyat uchun zarur ishlab chaqarish vositalari (mashinalar,
materiallar, inshoot va hokazolar) hamda iste`mol mollari (oziq-ovqat mollari,
kiyimlar, poyabzal va hokazolar) yaratiladi.
Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha aloqa, savdo,
umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta`minoti tayyorlanish va sotish hamda
moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradi, chunki bular mahsulotlarni yaratishda
yordam beradi va ularning qayta qurilishini ta`minlaydi.
Moddiy ishlab chiqarishning etakchi tarmog’i – sanoatdir. Mamlakatimiz
iqtisodiy qudratining asosi og’ir sanoat bo’lib, u ishlab chiqarish vositalarining
(materiallar, mashinalar, asbob-uskunalarning) ishlab chiqarishni ta`minlaydi.
Engil va oziq-ovqat sanoatda iste`mol mollari (oziq-ovqat mahsulotlari, gazlama,
poyabzal, kiyim va hokazolar) tayyorlanadi. Aholi uchun maishiy madaniy va
xo’jalikka mo’ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot
chiqarishdan tashqari sanoatning iste`nosiz barcha tarmoqlari shug’ullanadi.
Qishloq xo’jaligi sanoatni xom ashyo bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta`minlaydi. U o’simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, em-
xashak
tayyorlash
va
hokazolar)
hamda
chorvachilik
(qoramolchilik,
cho’chqachilik, qo’ychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar)ni o’z ichiga
oladi.
17
Xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishi uning tarmoqlar
tarkibini takomillashtirish – tarmoqlararo xalq xo’jaligi majmualarini vujudga
keltirishdir. Bunday majmualarning bir nechta turlari bor.
Mashinasozlik majmuasi mamlakat xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini
mehnat vositalari bilan ta`minlaydi, shunga ko’ra ularning rivojlantirish sur`atini
va ishlab chiqarish samaradorligini ham ko’p darajada belgilaydi. Bu majmuaga
energetika, og’ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo’l
mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat,
avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi. Bu majmuaga energetika,
og’ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo’l mashinasozligi,
stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, avtomobil sanoati va
boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
5.2. Tasniflagich loyihasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi O’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi Markazining Davlat ta`lim standartlari bo’limi va O’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limini rivojlantirish instituti tomonidan ishlab chiqildi. O’rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari, tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va
ixtisosliklari tasniflagichning tasniflash obektlari hisoblanadi.
Mazkur tasniflagichda tayyorlash yo’nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlov
yo’nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro’yxati
keltirilgan.
Qo’llanish sohasi va unda qo’llanilgan ta`riflar Tasniflagich o’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi mutaxassislarini ish bilan ta`minlovchilar, o’rta maxsus, kasb-
hunar ta`limida davlat ta`lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari va boshqa
me`yoriy hujjatlarni ishlab chiquvchilar, ta`lim muassasalari rahbarlari, Respublika
va mahalliy boshqaruv tashkilotlari mutaxassislari, vazirliklar, muassasalar va
boshqa respublikamiz xo’jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko’rsatayotgan
subektlar uchun mo’ljallangan.
Tasniflagichda quyidagi ta`riflar qo’llanilgan:
Tayyorlov
yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat
tasniflagichi (TYKIUT) - o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o’quv muassasalarida
kichik mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va
mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro’yxati.
Malaka-mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma`lum ishni
bajarish uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarning mavjudligi.
Kichik mutaxassis - bu ta`lim dasturini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan o’rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka
darajasidir.
Tasniflagichda ta`lim bosqichlari va ta`lim sohalari, tayyorlov yo’nalishlari
va kasblar ettita raqamli kod bilan belgilanadi.
Ta`limning xalqaro klassifikatsiyasiga binoan ta`lim bosqichi-o’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi 3-raqami bilan belgilanadi. Masalan: 3144610, 3210210,
3380110 va boshqalar.
Birinchi raqam - ta`lim dasturi bosqichi kodi;
Ikkinchi raqam - bilim sohasi kodi;
Uchinchi raqam - ta`lim sohasi kodi;
18
To’rtinchi va beshinchi raqamlar - tayyorlov yo’nalishi kodi;
Oltinchi va ettinchi raqamlar - kasblar kodi.
5.3. O’MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi
Hozirgi ishlab chiqarishga kelayotgan mutaxassislarning uchdan bir qismi avval
maktabda mehnat va kasbgacha tayyorlanmokdalar, keyin kasb- hunar kollej
tizimida kichik mutaxassis darajasigacha tayyorgarlik ko’rmokdalar.
YOshlarga mehnat va kichik mutaxassislik bo’yicha tayyorgarlik berish
maqsadida maktablar va kasb-hunar kollejlari ta`lim muassasalari o’quvchilarini
motivlashtirish, o’qishning butun tizimini yaxshilash, ularda bilimga qiziqishni
oshirish, ta`lim olishdagi burch va ma`suliyatni hissini tarbiyalash uchun o’qitishni
turmush bilan bog’lash, bilimga doir o’yinlar tashkil qilish, ishlab chiqarish
xarakteridagi zarur vaziyatlarni vujudga keltirish va hokazolar orqali bilim
olishning mohiyati va ahamiyatini yoritish lozim.
Respublikamizda kichik mutaxassis tayyorlash o’rta maxsus, kasb-hunar
ta`limi o’quv yurtlarida, jumladan kasb - xunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Kasb-xunar kollejidagi ta`lim tarbiya jarayoni o’quvchilarning qiziqishlari va
istak-xoxishiga qarab ularning kasb-xunarga moyilligi, maxorat va malakasini
chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos
olishlarini ta`minlaydi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-davlat ta`lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limining
ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalarida
amalga oshirilishni;
-O’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va
rivojlanishini ta`minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-
pedagogik muassasalar bilan xamkorliq qilishni;
-ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan xamkorliq qilish va ular tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |