* maktabgacha ta`lim;
* umumiy o’rta ta`lim;
* o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi;
* oliy ta`lim;
* oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim;
* kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
* maktabdan tashqari ta`lim.
4.2. Ushbu ta`limni tashkil etishda bo’lajak kasb ta`limi o’qituvchisini kasbiy
pedagogik jixatdan tayyorlash, sifatini tubdan yaxshilash masalasi, bevosita uning
mazmuni bilan bog’liq pedagogik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish uchun
pedagogik va texnik bilimlarning o’zaro integratsiyalashuvini ta`minlash talab
etiladi. Pedagogik bilimlar kasb ta`limi o’qituvchisi kasbiy mahoratining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi, o’z navbatida kasb ta`limi o’qituvchisi jamiyat
ma`naviy hayoti, moddiy ishlab chiqarish sohalarini pedagogik jihatdan
yo’naltirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |