«Lison ut-tayr» poetikasiga doir
Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonining maydonga kelishi o`zbek
klassik adabiyotini chuqur falsafiy mazmunli, g`oyaviy-badiiy yuksak, janr va
poetik uslub jihatdan tamoman yangi asar bilan boyitdi. Asar tom ma`nosi bilan
Navoiy badiiy dahosining original qirralarini o`zida namoyish ettiradi. Biz bu
o`rinda dostonning badiiy xususiyatlari haqida so`z yuritib shoirning asar
kompozitsiyasini tuzish, syujet va obraz yaratishdagi mahorati, dostonda
qo`llanilgan ayrim traditsion tasviriy vositalar, asarning formal-poetik
xususiyatlari va badiiy tili haqida ba`zi mulohazalar bildiramiz.
Muayyan so`z san`atkorining badiiy mahorati haqida so`z yuritganda,
avvalo, uning asar kompozitsiyasini tuzishdagi o`ziga xosligi haqida to`xtalish
maqsadga muvofiq. Chunki u yoki bu muallifnnig bu sohadagi o`ziga xosligi
uning badiiy mahoratining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Doston syujetining kul`minatsion qismi Simurg`ni izlagan o`ttizta
qushning Simurg` o`rnida o`zlarini ko`rish voqeasida ifoda etilgan. Bu epizod
doston syujetining echimi hamdir. Navoiy bu epizodni yuksak darajadagi poetik
mahorat va so`z o`yini (tajnis san`ati) Simurg`-o`ttizta qush (si murg`) vositasida
gavdalantirgan.
So`z ustasining mahorati ko`p jihatdan badiiy adabiyotning asosiy
xususiyatlaridan biri hisoblangan obraz yaratishda, inson obrazini qay darajada
tasvirlashda ko`rinadi. Shu jihatdan «Lison ut-tayr» ga murojaat qilinganda,
Navoiy bu sohada ham katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritganligi ma`lum
bo`ladi. Albatta, obraz yaratish sohasida Navoiy asarlariga hozirgi talablar,
xususan realistik adabiyot talablari nuqtai nazaridan yondashib bo`lmaydi. Bu
borada o`zbek klassik adabiyoti va umuman sharq adabiyotining o`ziga xos
spetsifik xususiyatlarini hisobga olish lozim. Navoiy asarlarida romantik tasvir
bilan realistik elementlar yoki majoziy, fantastik va simvolik tasvirlar qo`shilib,
uyg`unlikda kelish hodisasi mavjud bo`lganidek, obraz yaratish tamoyillarda
ham yuqoridagi omillar amal qiladi.
19
Navoiyning «Lison ut-tayr» dostoni turli-tuman obrazlarning butun bir
arsenalidir. Dostonda shoir o`z g`oyaviy maqsadi va estetik idealidan kelib
chiqib, romantik, realistik, majoziy va simvolik obrazlarning har xil
namunalarini yaratgan. Bu o`rinda ularning barchasi haqida so`z yuritish
imkoniyatidan tashqari bir hol ekanligini hisobga olib, shoirning obraz yaratish
sohasidagi badiiy mahoratining ba`zi qirralari haqida fikr yuritishni ma`qul
ko`ramiz.
Dostonning obrazlar sistemasi bilan tanishish jarayonida Navoiy mazkur
asarda o`z ijodiga xos eng ilg`or an`analarni davom ettirib, o`zbek epik
she`riyatining obrazlar tizimini kengaytiriganligi va unga qator yangi
xususiyatlar baxsh etilganligi ma`lum bo`ladi. Bu xususiyatlar asosan
quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Navoiy dostonda o`zbek epik she`riyatining obrazlar
dunyosini yangi tipdagi obrazlar bilan boyitdi. Bu fikr dastavval asarning asosiy
personajlari hisoblangan qushlar obraziga taalluqli. Navoiyga qadar o`zbek
adabiyotida qushlar obrazining ayrim namunalari mavjud bo`lsa-da, lekin bu hol
birinchi marta «Lison ut-tayr» da keng masshtabda namoyog bo`ladi. Navoiy
qushlar obraziga muayyan insoniy fazilatlar ato etib (jonlantirib), badiiy
shartlilikning bu qoidasi asosida qator yangi majoziy obrazlar yaratdi. Ular
o`zbek she`riyati xazinasiga yangi majoziy obrazlar yaratdi.Ular o`zbek
she`riyati xazinasiga yangi durdonalar bo`lib qo`shilishdan tashqari, shoirni
majoziy obraz yaratishning mislsiz nomoyandalaridan biri sifatida ham
gavdalantirib turadi.
Ikkinchidan, «Lison ut-tayr»da qalamga olingan ko`pgina masalalar real
ijtimoiy zaminga asoslangan bo`lib, XV asrning ikkinchi yarmidagi O`rta Osiyo
va Xurosonda mavjud ma`naviy-axloqiy vaziyatni tasvirlashga bag`ishlanadi.
Bu esa shu munosabat yaratilgan obrazlarning realistik mohiyat kasb etishiga
olib kelgan. Bu mulohaza dostondagi ko`pchilik axloqiy-ta`limiy hikoyatlarga
tegishli. «Lison ut-tayr» hikoyatlaridagi obrazlar o`zlarining bu xususiyati bilan
20
Navoiy
«Xamsa»sidagi
hikoyatlardan
jiddiy
farq
qiladi.
«Xamsa»
hikoyatlaridagi asosiy obrazlar an`anaviy ruhda bo`lib, shoir ularni o`z g`oyaviy
maqsadiga muvofiq qaytadan yaratadi. «Lison ut-tayr»da esa traditsion
obrazlardan tashqari real hayot kishilari obrazi yaratilgan hikoyatlar ham
talaygina.
Uchinchidan, mazkur asarda Navoiyning satirik va yumoristik shoir
sifatidagi talanti o`zining yangi sifatlarini yuzaga chiqargan. Tadqiqotchilar
ta`kidlaganidek. Navoiy asarda satirik va yumoristik obrazlarning o`ziga xos
takrorlanmas namunalarini bera olgan. Bu shoirning shu xildagi obraz yaratish
sohasida ko`rsatgan badiiy mahorati haqida etarli dalil bo`lib xizmat qila oladi.
To`rtinchidan, mazkur asarda o`zbek adabiyoti miqyosida tamoman
yangilik bo`lgan tragikomik obrazlarning go`zal namunalari uchraydi.
Navoiyning kichik hikoyatlar doirasida mohirlik bilan chiza olgan bu obrazlari
shoirning obraz yaratish borasidagi alohida muvaffaqiyati bo`libgina qolmay,
uning o`z ijodidagi obraz yaratish tamoyillari yangi xususiyatlar bilan boyitib,
chuqurlashtirib va takomillashtirib borganligini ham ko`rsatadi.
Doston tarkibida oddiy mubolag`adan tortib ig`roq (o`ta mubolag`a) va
g`ulu (aqlga sig`maydigan, imkoniyatdan tashqari mubolag`a) gacha uchratish
mumkin. Mana xarakterli bir misol. «Pahlavonning qismati» hikoyatining
qahramoni ertalab o`n botmon, kechqurun ham xuddi shuncha, bu ikki oralig`da
yana besh botmon, jami yigirma besh botmon ovqat eydi. Aqlga sig`maydigan
mubolag`ali tasvir! Hikoyatda bu mubolag`a bejiz keltirilmagan. Pahlavon
shuncha ko`p ovqat eyishiga qaramay, biron foydali ish bilan shug`ulanmaydi.
Shuningdek, u favqulodda ro`y bergan safar azoblariga bardosh bera olmay,
yo`lda sharmandalarcha halok bo`ladi. Binobarin, pahlavonga berilgan
mubolag`ali xarakteristika uning faoliyatiga zid keladiki, bu obrazning kulgili
chiqishiga olib kelgan yoki «Hayratda qolgan oshiq» hikoyatida shoir shoh
qizining kanizaklari har yumushga qobil, qo`ldan kelmaydigan ishlarni ham
21
bajaruvchi tadbirkor qizlar ekanligini quyidag`i o`ta mubolag`ali satrlar
vositasida tavsiflaydi:
Choragarlikda muqarrar har biri,
Sohiru sho`xu fusungar har biri.
Makru afsun g`oyatig`a etguchi,
Pashsha birla pilni juft etguchi.
O`ylakim pashsha o`zin ko`rmay kichik.
Pil o`zin topmay ulug`roq jussalik.
Alishekr Navoiy ulkan so`z sehrgari sifatida baytlardagi aynan bir so`zni
yangi-yangi ma`nolarda qo`llaydi. Bu klassik poetikada tajnis deb nomlangan.
Tajnis san`atining asosiy talabi shakldosh so`z va iboralarni har xil ma`nolarda
ishlata bilishdir. Masalan, Navoiy «shayx San`on» asarida «bir oy» iborasini
ikki ma`noda ishlatgan:
Har nafas bir oydin ortib mehnati,
Bu edi bir oyg`a tegru holati.
Avvalgi misradagi «bir oy» iborasi mahbubaga nisbatan qo`llanilgan
bo`lsa, ikkinchi misrada esa yilning ma`lum bir muddati–oy (30 kun) ma`nosida
kelgan. Dostonda kul, g`arq, yosh, but, qush, ko`z va boshqa so`zlar vositasida
tajnis hosil qilingan chiroyli baytlar, tajnisli qofiyalar ham uchrab turadi.
Quyidagi baytda bir so`zni uning har xil grammatik formalari bilan turli
variantda takrorlash vositasida (ishtiqoq san`ati) ajoyib so`z o`yini yuzaga
kelgan:
Goh behol erdi, goh o`z holida,
Lol o`lub ashob aning ahvolida.
Mazkur takror Shayx San`on holatini psixologik tasvirlashda qo`l kelgan
bo`lsa, uning mahbubasi tomonidan aytilgan quyidagi so`zlarda boshdan-oyoq
takror qo`llanilib, nozik kinoya ma`nosi hosil qilingan:
Ne hayo fahm o`ldi sendin, ne adab, ajoyib so`z o`yini yuzaga kelgan:
22
Goh behol erdi, goh o`z holida,
Lol o`lub ashob aning ahvolida.
Mazkur takror Shayx San`on holatini psixologik tasvirlashda qo`l kelgan
bo`lsa, uning mahbubasi tomonidan aytilgan quyidagi so`zlarda boshdan-oyoq
takror qo`llanilib, nozik kinoya ma`nosi hosil qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |