asarlar dostondagi ayrim epizod, mulohaza yoki nazariy tezislarga illyustratsiya
sifatida, ularda ilgari surilgan mazmun va g`oyani chuqurroq ochish uchun misol
16
tariqasida keltirilgan. Binobarin, ular asar kompozitsiyasi, syujeti va g`oyaviy
mazmunida o`zining muayyan funktsiyasiga ega. Lekin, shu bilan birga, ular
mustaqil syujet, kompozitsiya va g`oyaga ega bo`lgan asarlar ham hisoblanadi.
Shu jihatdan ularni alohida mustaqil asarlar sifatida tekshirish maqsadga
muvofiqdir.
Dostonga kirgan hikoyatlarni tematika jihatidan quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
1.
Ijtimoiy-siyosiy va falsafiy mazmundagi hikoyatlar.
2.
Din va tasavvuf vakillari, ularning ba`zi muhim qarashlariga oid
hikoyatlar.
3.
Axloqiy-ta`limiy hikoyatlar.
4.
Ishq-muhabbat mavzuidagi hikoyatlar.
Ammo barcha tasniflar singari bu klassifikatsiya ham shartlidir. Chunki
hikoyatlarning ayrimlari o`zida boshqa guruhlarga oid xususiyatlarni ham
mujassam etishi tabiiy bir hol hisoblanadi. Masalan, axloqiy-ta`limiy yoki sevgi
mavzuidagi hikoyatlarning ayrimlarida muhim ijtimoiy va falsafiy fikrlar ilgari
surilgan bo`lishi mumkin. Shunga qaramay, ma`lum izchillikka ega bo`lish
uchun yuqoridagi tasnifni qulay deb topdik.
Ushbu asardan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, shamning
nimaligini bilmoqchi bo`lgan parvonalar u bilan qo`shilib yonib, o`z muddasiga
erishgani kabi inson ham fano o`tida kuymasdan turib, haqiqatning asl
mohiyatiga erisha olmaydi.
Doston islom dini va tasavvufning ayrim namoyandalari hayoti hamda
ularning muhim qarashlari haqidagi hikoyatlar ham katta o`rin tutadi. Ularning
ba`zilari Odam Ato, Azozil, Azroil, Sulaymon payg`ambar va shunga o`xshash
diniy-afsonaviy qahramonlar haqidagi traditsion rivoyatlar bo`lsa, ayrimlari
islom dini asoschisi Muhammad payg`ambar va uning chahoryorlari Abubakr,
Umar, Usmon va Ali, shuningdek, so`fizmning yirik vakillari bo`lgan Boyazid
Bistomiy, Mansur Xalloj, Ibrohim Adham, Abu Bakr Nishopuriy, Abul Abbos
17
Qassob, Bahouddin Naqshband kabilarning yarim afsonaviy hayotiga oid ayrim
lavhalar, ular tomonidan aytilgan ba`zi fikrlarni qayd etishga bag`ishlangan. Bu
hikoyatlarga asos bo`lgan materiallar turli diniy adabiyotlarda, jumladan,
Qur`on, hadis, tafsirlar hamda yirik so`fiy shayxlar ijodiy biografiyasiga oid
«Tazkiratul-avliyo» (Attor), «Nafahot ul-uns» (Jomiy) va boshqa asarlar
tarkibida mavjud. Shuningdek, Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida
ham bu sohada juda katta material to`plangan bo`lib, u dostondagi ba`zi
hikoyatlarning yaratilishida manba rolini o`tagan.
Ko`rinib turibdiki, bu asar avvalgi hikoyat bilan ba`zi umumiy
xususiyatlarga ega bo`lsa-da, o`ziga xos original mazmunga ega. Undagi
qahramonlar talqini ham o`zgacha. Agar «Sab`ai sayyor» dagi Muqbil va
Mudbir o`z boshidan g`aroyib sehrli-fantastik sarguzashtlarni kechirib, xalq
og`zaki ijodidagi ertak va doston qahramonlariga yaqin tursa, «Lison ut-
tayr»dagi hikoyada esa ular endi real hayot odami sifatida harakat qiladi. Unda
Navoiy o`zi yashagan davrdagi kishilar hayotining kichik bir lavhasini chizib
bermoqda. Asardagi ikki yo`lovchining fe`llari to`g`ri kelmagani sababli ajralib
ketishi, ulardan birining shahardagi faqirlar mahallasiga borishi va obro`li
«sohib tariq» (so`fiy) kishi bo`lgani tufayli shoh uni ko`rgani kelishi,
ikkinchisining esa «baytullataf»ga borishi va keyingi yuz bergan voqealar o`sha
davr hayotidan olingan.