O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti
bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4- «V» kurs talabasi
RAJABOVA HOSIYATning
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI
fanidan
«
NAVOIYNING «LISON-UT TAYR» DOSTONIDA
HIKOYAT VA MASALLAR »
mavzusida tayyorlagan
K U R S I SH I
NUKUS – 2014
2
Mavzu: «Lison ut-tayr» tematikasi va poetikasi
R e j a :
1
Kirish
2. Lison ut-tayr» dostoni tematikasi va obrazlar tizimi
3. Doston tarkibidagi hikoyat va masallar.
4. Doston poetikasi haqida.
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
3
K I R I Sh
O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrgacha bo`lgan tarixiy taraqqiyotiga
yakun yasab, uni yanada yuqori pog`onaga ko`targan genial shoir, mutafakkir
Alisher Navoiy o`z ijodiy faoliyati bilan jahon adabiyotining eng yirik
namoyandalari safidan faxrli o`rin egallaydi. Asarlarida hamma davrlar uchun
beistisno ulkan ahamiyatga molik yuksak gumanistik g`oyalarni katta
san`atkorlik bilan tarannum etgan shoir o`z davri ijtimoiy tafakkuri darajasidan
yuqori ko`tarilib, ona tilidagi adabiyotni jahon miqyosiga olib chiqdi. U to`rt
devondan iborat «Xazoyin ul-maoniy» lirik qulliyoti, besh buyuk dostonni o`z
ichiga olgan «Xamsa»si, «Lison ut-tayr», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlari
bilan faqat o`zbek adabiyoti tarixida emas, shu bilan birga, sharq xalqlari
adabiyoti tarixida ham yangi sahifalar ochdi. Bu asarlar butun taraqqiyparvar
insoniyat ma`naviy-estetik boyligining oltin fondiga aylandi.
Ma`lumki, Navoiyning epik she`riyati shoir ijodiyotida alohida o`rin
egallab, uning mashhur «Xamsa» si va «Lison ut-tayr» dostoni jahon
adabiyotida badiiy kashfiyotning porloq namunalaridan biri hisoblanadi.
Navoiy dostonlarining yaratilishi adabiyotimiz tarixida butun bir davrni- o`zbek
klassik epik poeziyasining kamolot davrini tashkil etadi. Chunki mazkur
asarlarning maydonga kelishi tasodifiy bir hol bo`lmay, balki qadimiy tarixga
ega bo`lgan o`zbek dostonchiligi taraqqiyotining qonuniy hodisasi sifatida
o`zida o`zbek epik poetikasining hamma muvaffaqiyatlarini mujassamlashtiradi.
Navoiyshunoslikda ushbu dostonlarni tekstologik, qiyosiy va nazariy
aspektlarda o`rganish sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Ammo Navoiy
badiiy va ilmiy merosi bilan bog`liq bir qator aktual masalalar hanuzgacha
jiddiy o`rganilmagani singari, shoir «Xamsa» si va umuman epik she`riyatining
ham mukammal ilmiy manzarasi yaratilgan deb bo`lmaydi. Jumladan, Sharq
adabiyotida xamsanavislikning kelib chiqishi va taraqqiyot yo`llari; Navoiy
«Xamsa»sining unda tutgan mavqei, uning o`ziga xos xususiyatlari keyingi
davrlar o`zbek va boshqa xalqlar adadbiyotiga ta`siri; shoir epik she`riyatida
4
traditsiya va novatorlik masalalari; Navoiy dostonlari poetikasi kabi murakkab
problemalarni tadqiq etish borasida endigina ilk qadamlar qo`yilmoqda.
Shuningdek, shoirning oltinchi – «Lison ut-tayr» dostoni ayrim maqola va
ilmiy-tanqidiy tekst xarakteridagi ishlarni hisobga olmaganida, shu vaqtga qadar
etarli darajada maxsus o`rganilmay kelinayotganini ham esga oladigan bo`lsak,
unda Navoiy epik she`riyatini o`rganish sohasida hali ko`p ishlarni amalga
oshirish lozim ekanligi aniq bo`ladi.
Navoiy ijodiyoti va o`zbek klassik adabiyoti tarixida ham mazmun, ham
shakl jihatidan o`ziga xos alohida o`rin tutuvchi mazkur asar haqidagi dastlabki
ilmiy tadqiqot mashhur sharqshunos olim e.E.Bertel`s tomonidan 1927 yilda
yozilgan «Navoiy va Attor» maqolasi hisoblanadi. bunga qadar G`arbiy evropa
va rus sharqshunosligida Alisher Navoiy «tarjimon» va «taqlidchi» shoir
qabilida noto`g`ri ta`riflanib, uning ijodiga, xususan «Xamsa va «Lison ut-tayr»
dostonlariga fors-tojik shoirlarining shu tipdagi asarlari tarjimasi sifatida qaralar
edi. Mazkur maqola muallifi sharqshunoslikda keng tarqalgan ushbu
kontseptsiyaning qay darajada haqiqatga muvofiq kelishini tekshirib ko`rish
uchun Navoiyning «Lisonut-tayr» asari bilan unga namuna bo`lib xizmat
qilganFarididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini muqoyasa qilishni o`z
oldiga maqsad qilib qo`yadi.
e.E.Bertel`sning fikricha, garchi Navoiy o`z dostonini «tarjima» deb
atasa-da, Attor tekstiga nihoyatda erkin munosabatda bo`ladi. Uning qalami
ostida bu asar Attorning zamon va makondan ajralib qolgan abstrakt
xarakterdagi dostoniga nisbatan hayotiy va mantiqiy bo`lib chiqqan. U Attor
dostoni fabulasining asosiy liniyasini saqlagan holda, juda ko`p yangi
materialdan unumli foydalanadi. Ayniqsa, dostonda keltirilgan ko`p sonli
hikoyalar bunga yorqin misol bo`la oladi. «Ularning katta qismi,-deb yozadi
muallif,-Attorga bog`liq bo`lmay, balki Navoiy original ijodining mahsuli
sifatida shoirning o`z shaxsiy materiallari asosida yozilgan...Xullas, fors va turk
poemalari detallarda juda oz umumiylikka egadirlar».
5
Shunday qilib, e.E.Bertel`s mazkur maqolada shurqshunoslikda hukm
surib kelgan «Navoiy-tarjimon va taqlidgo`y shoir» degan g`ayri ilmiy
kontseptsiyaga birinchilardan bo`lib muhim tuzatish kiritadi. Ushbu asardagi
asosiy fikr va mulohazalar keyinchalik muallifning «Navoiy» monografiyasida
ham o`z aksini topdi.
Akademik V.Y.Zohidovning «Navoyining «Lison ut-tayr» asari» nomli
maqolasida mazkur doston g`oyaviy-falsafiy nuqtai nazardan ham original asar
ekanligi asoslab berildi. Avtor har ikki falsafiy mazmunini o`zaro qiyoslagan
holda «Navoiyning «Lison ut-tayr» dostoni tarkidunyochilik va mistitsizmni
targ`ib qiluvchi Attor «mantiq ut-tayr»iga o`z falsafiy mohiyati jihatidan butkul
qarama-qarshi ruhda yozilgan asar bo`lib, bu bilan shoir «mantiq ut-tayr»
tasavvufining eng asosiy maqsadi behuda afsona ekanligini ko`rsatadi», degan
xulosaga keladi.
Adabiyotshunos N.M.Mallaevning «O`zbek adabiyoti tarixi» darslik
kitobida Navoiyning bu dostoni haqida oliy o`quv yurtlari programmasi hajmida
to`xtalib o`tilsa-da, unda asarning ayrim xarakterli tomonlarini belgilab beruvchi
o`rinlar ham ko`zga tashlanib turadi.
Taniqli Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori A.H.Haytmetov
asarlarida mazkur dostonning metod va uslubiga doir qimmatli nazariy
kuzatishlar mavjud. Tadqiqotchi dostonda qushlarning Hudhud boshchiligida
Semurg` tomon qilgan safari allegorik uslubda, Hudhudning ko`p hikoyatlari
realistik, ba`zi hikoyatlar esa romantik uslubda yozilgan ekanligini ta`kidlab,
demak, «Lison ut-tayr»ni ijodiy metod nuqtai nazaridan faqat bir metod
talablaridan kelib chiqib tekshirish uncha to`g`ri bo`lmaydi», degan xulosaga
keladi va bu bilan doston uslubining murakkab ekanligiga ishora qiladi.
Shuningdek, tadqiqotchi «sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan» nomli
kitobida mazkur asar haqida ham qisqacha to`xtalib, uning g`oyaviy-falsafiy,
mazmuni haqida muhim fikrlarni ilgari suradi.
6
Izzat Sulton qalamiga mansub «Navoiyning qalb daftari» kitobida muallif
Alisher Navoiy biografiyasini yaratishda birinchi galda shoirning o`z asarlariga
murojaat qiladi va shu munosabat bilan «Lison ut-tayr» dostonida mavjud ba`zi
avtobiografik o`rinlardan mohirona foydalanadi. Shuningdek, avtor Navoiyning
mazkur dostoni hali mutaxassislar tomonidan etarli o`rganilmaganligini ham
alohida ta`kidlab o`tadi.
Filologiya fanlari doktori A.Abdug`afurov tadqiqotida esa doston
tarkibidagi ayrim hikoyatlarning satirik va yumoristik xususiyatlari to`g`risida
qiziqarli ilmiy mulohazalar bayon eitlgan.
Keyingi yillarda Navoiy hayoti va ijodi haqida talay monografiyalar e`lon
qilgan filologiya fanlari dotkori A.Qayumovning «mashhur kishilar hayoti»
seriyasida nashr qilingan «Alisher Navoiy» nomli kitobida «Lison ut-tayr»
dostonining qisqacha mazmuni ilmiy-ommabop tarzda bayon etiladi.
Olimlar kollektivi tomonidan yozilgan «O`zbek adabiyoti tarixi» besh
tomligining 2-tomi Alisher Navoiy hayoti va ijodini sistemali ravishda tadqiq
etishga bag`ishlangan. Mazkur kitobning Navoiy epik ijodiga oid bo`limida
«Lison o`t-tayr» dostoni tahlil etiladi. Bu bobda filologiya fanlari kandidati
S.G`anieva «Lison ut-tayr»dostonining g`oyaviy-badiiy mazmuni va shoir
ijodida tutgan o`rin haqida muhim fikrlar bildiradi.
«Lison ut-tayr» dostoni tekstologik jihatdan filologiya fanlari kandidati
Sh.Eshonxo`jaev tomonidan tadqiq etilgan. Avtor nodir ko`lyozma manbalar
asosida asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlab, uni 1965 yilda alohida kitob
shaklida nashr ettirdi. Shu matnga asoslangan dostonning qisqartirlgan
ommaviy nashri Navoiy asarlari o`n besh tomligining 11-tomida birinchi marta
keng kitobxonlar diqqatiga havola qilindi. Olim va tarjimon S.Ivanovning katta
shijoati tufayli doston rus tiliga tarjima etildi. A.S.Levend «Alisher Navoiy»
kitobining to`rtinchi jildida dostonni (ayrim qisqartirish va izohlar bilan) nashr
qilib, turk kitobxonlarini mazkur asar bilan tanishtiirshdek olijanob ishni
bajaradi.
7
Xullas, Navoiyning «Lison ut-tayr» dostoni haqidagi mavjud tadqiqotlar
asosan ana shulardan iborat. Bu ishlar ushbu asarni o`rganish borasidagi ilk
tadqiqotlar hamda u haqda umumiy ma`lumotlar beruvchi manbalar sifatida
ko`pgina qimmatli tomonlarga ega. Ammo ularning ayrimlarida ba`zi
munozarali tahrir qilinishi va aniqlik kiritilishi lozim bo`lgan o`rinlar ham
uchrab turadi.
Muayyan so`z san`atkorining ijodi haqida to`liq ilmiy tasavvurga ega
bo`lish uchun avvalo uning har bir asarini keng ko`lamda maxsus o`rganish
talab etiladi. Navoiy lirikasi «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va
Majnun», «Saddi Iskandariy» dostonlari va boshqa asarlari haqida ayrim
monografik ishlar ana shu ehtiyojning mahsuli o`laroq maydonga kelgan edi.
shunday bo`lishiga qaramay hali ulug` shoirning ba`zi muhim asarlari,
jumladan, uning ijodida o`ziga xos alohida o`rin tutuvchi «Lison ut-tayr»
dostoni hozirga qadar chuqur o`rganilmagan. Holbuki Navoiy hayotining
so`nggi yillarida yozilgan ushbu doston shoirning muhim falsafiy. Ijtimoiy-
siyosiy va axloqiy didaktik qarashlarini o`zida mujassam ettirgan asar sifatida
ulug` mutafakkir ijodiga ma`lum darajada yakun yasaydi. Mazkur doston
o`zining genezisi, janriy va g`oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan faqat Alisher
Navoiy ijodida emas, o`zbek klassik adabiyoti tarixida ham alohida o`rin tutadi.
Binobarin, uni ana shu aspektlarda tadqiq etish navoiyshunoslik faninig zaruriy
vazifalaridan biri sanaladi.
Ana shu talabdan kelib chiqib, ushbu ishda Alisher Navoiyning «Lison ut-
tayr» dostoni haqida adabiyotshunoslik aspektida so`z yuritiladi va quyidagi
masalalarni tadqiq etish maqsad qilib qo`yiladi.
- «Lison ut-tayr» dostonining janr xususiyatlar g`oyaviy mazmun va
obrazlar sistemasini tadqiq etish;
- doston tarkibidagi hikoyalarni g`oyaviy-tematik jihatdan tahlil etish;
ularning shoir hikoyanavisligida tutgan mavqeini yoritish;
- dotsonning badiiy-poetik xususiyatlarini o`rganish;
8
- yuqoridagilar asosida «Li son ut-tayr» dostonining Alisher Navoiy epik
ijodi va umuman o`zbek klassik adabiyoti tarixida tutgan o`rnini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |