Navoiy lison-ut tayr. Rajabova H



Download 104,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi104,47 Kb.
#207337
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyning lison-ut tayr dostonida hikoyat va masallar



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 

VAZIRLIGI 



AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI 

 

 

O‘ZBEK ADABIYOTI  KAFEDRASI 



 

Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti 

bakalavr ta’lim yo‘nalishi  4- «V» kurs talabasi 

 

RAJABOVA  HOSIYATning 



O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI 

fanidan 


«

 

NAVOIYNING «LISON-UT TAYR» DOSTONIDA 

HIKOYAT VA MASALLAR » 

mavzusida tayyorlagan 



K U R S   I SH I 

 

 

 



 

 

 



NUKUS – 2014 


 

 



Mavzu: «Lison ut-tayr» tematikasi va poetikasi 

 

R e j a : 

 

1



 

Kirish 


2. Lison ut-tayr» dostoni tematikasi va  obrazlar tizimi 

3. Doston tarkibidagi hikoyat va masallar. 

4. Doston poetikasi haqida. 

5. Xulosa 

6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 

 



 

 



K I R I Sh 

O`zbek mumtoz  adabiyotining XV asrgacha bo`lgan tarixiy taraqqiyotiga 

yakun  yasab,  uni  yanada  yuqori  pog`onaga  ko`targan  genial  shoir,  mutafakkir 

Alisher  Navoiy  o`z  ijodiy  faoliyati  bilan  jahon    adabiyotining  eng  yirik 

namoyandalari  safidan  faxrli  o`rin  egallaydi.  Asarlarida  hamma  davrlar  uchun 

beistisno  ulkan  ahamiyatga  molik  yuksak  gumanistik  g`oyalarni  katta 

san`atkorlik bilan tarannum etgan shoir o`z davri ijtimoiy tafakkuri darajasidan 

yuqori  ko`tarilib,  ona  tilidagi  adabiyotni  jahon  miqyosiga  olib  chiqdi.  U  to`rt 

devondan  iborat  «Xazoyin  ul-maoniy»  lirik  qulliyoti,  besh  buyuk  dostonni  o`z 

ichiga olgan «Xamsa»si, «Lison ut-tayr», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlari 

bilan  faqat  o`zbek  adabiyoti  tarixida  emas,  shu  bilan  birga,  sharq  xalqlari 

adabiyoti  tarixida  ham  yangi  sahifalar  ochdi.  Bu  asarlar  butun  taraqqiyparvar 

insoniyat ma`naviy-estetik boyligining oltin fondiga aylandi. 

Ma`lumki,  Navoiyning  epik  she`riyati  shoir  ijodiyotida  alohida  o`rin 

egallab,  uning  mashhur  «Xamsa»  si  va  «Lison  ut-tayr»  dostoni  jahon 

adabiyotida  badiiy    kashfiyotning  porloq  namunalaridan  biri  hisoblanadi. 

Navoiy dostonlarining yaratilishi adabiyotimiz tarixida butun bir davrni- o`zbek 

klassik  epik    poeziyasining  kamolot  davrini  tashkil  etadi.  Chunki  mazkur 

asarlarning  maydonga  kelishi  tasodifiy  bir  hol  bo`lmay,  balki  qadimiy  tarixga 

ega  bo`lgan  o`zbek  dostonchiligi  taraqqiyotining  qonuniy  hodisasi  sifatida 

o`zida o`zbek epik poetikasining hamma muvaffaqiyatlarini mujassamlashtiradi. 

Navoiyshunoslikda  ushbu  dostonlarni  tekstologik,  qiyosiy  va  nazariy 

aspektlarda  o`rganish  sohasida  katta  ishlar  amalga  oshirildi.  Ammo  Navoiy 

badiiy  va    ilmiy  merosi  bilan  bog`liq  bir  qator  aktual  masalalar  hanuzgacha 

jiddiy o`rganilmagani singari, shoir  «Xamsa» si va umuman epik she`riyatining 

ham  mukammal  ilmiy  manzarasi  yaratilgan  deb  bo`lmaydi.  Jumladan,  Sharq 

adabiyotida    xamsanavislikning  kelib  chiqishi  va  taraqqiyot  yo`llari;  Navoiy 

«Xamsa»sining  unda  tutgan  mavqei,  uning  o`ziga  xos  xususiyatlari  keyingi 

davrlar  o`zbek  va  boshqa  xalqlar  adadbiyotiga  ta`siri;  shoir  epik  she`riyatida 



 

 



traditsiya  va  novatorlik  masalalari;  Navoiy  dostonlari  poetikasi  kabi  murakkab 

problemalarni  tadqiq  etish  borasida  endigina  ilk  qadamlar  qo`yilmoqda. 

Shuningdek,  shoirning  oltinchi  –  «Lison  ut-tayr»  dostoni  ayrim  maqola  va 

ilmiy-tanqidiy tekst xarakteridagi ishlarni hisobga olmaganida, shu vaqtga qadar 

etarli darajada maxsus o`rganilmay kelinayotganini ham esga  oladigan bo`lsak, 

unda  Navoiy  epik  she`riyatini  o`rganish  sohasida  hali  ko`p  ishlarni  amalga 

oshirish lozim ekanligi aniq bo`ladi. 

Navoiy  ijodiyoti  va  o`zbek  klassik  adabiyoti  tarixida  ham  mazmun,  ham 

shakl jihatidan o`ziga xos alohida o`rin tutuvchi mazkur asar haqidagi dastlabki 

ilmiy  tadqiqot  mashhur  sharqshunos  olim  e.E.Bertel`s  tomonidan  1927  yilda 

yozilgan «Navoiy va Attor» maqolasi hisoblanadi. bunga qadar G`arbiy evropa 

va  rus  sharqshunosligida  Alisher  Navoiy  «tarjimon»  va  «taqlidchi»  shoir 

qabilida noto`g`ri ta`riflanib, uning ijodiga, xususan «Xamsa  va «Lison ut-tayr» 

dostonlariga fors-tojik shoirlarining shu tipdagi  asarlari tarjimasi sifatida qaralar 

edi.  Mazkur  maqola  muallifi  sharqshunoslikda  keng  tarqalgan  ushbu 

kontseptsiyaning  qay  darajada  haqiqatga  muvofiq  kelishini  tekshirib  ko`rish 

uchun  Navoiyning  «Lisonut-tayr»  asari  bilan  unga  namuna  bo`lib  xizmat 

qilganFarididdin  Attorning  «Mantiq  ut-tayr»  dostonini  muqoyasa  qilishni  o`z 

oldiga maqsad qilib qo`yadi. 

e.E.Bertel`sning  fikricha,  garchi  Navoiy  o`z  dostonini  «tarjima»  deb 

atasa-da,  Attor  tekstiga  nihoyatda  erkin  munosabatda  bo`ladi.  Uning  qalami 

ostida  bu  asar  Attorning  zamon  va  makondan  ajralib  qolgan  abstrakt 

xarakterdagi  dostoniga  nisbatan  hayotiy  va  mantiqiy  bo`lib  chiqqan.  U  Attor 

dostoni    fabulasining  asosiy  liniyasini  saqlagan  holda,  juda  ko`p  yangi 

materialdan  unumli  foydalanadi.  Ayniqsa,    dostonda  keltirilgan  ko`p  sonli 

hikoyalar  bunga  yorqin  misol  bo`la  oladi.  «Ularning  katta  qismi,-deb  yozadi 

muallif,-Attorga  bog`liq  bo`lmay,  balki  Navoiy  original  ijodining  mahsuli 

sifatida shoirning o`z shaxsiy materiallari asosida yozilgan...Xullas, fors va turk 

poemalari detallarda juda oz umumiylikka egadirlar». 



 

 



Shunday  qilib,  e.E.Bertel`s  mazkur  maqolada  shurqshunoslikda  hukm 

surib  kelgan  «Navoiy-tarjimon  va  taqlidgo`y  shoir»  degan  g`ayri  ilmiy 

kontseptsiyaga  birinchilardan  bo`lib  muhim  tuzatish  kiritadi.  Ushbu  asardagi 

asosiy  fikr  va  mulohazalar  keyinchalik  muallifning  «Navoiy»  monografiyasida 

ham o`z aksini topdi. 

Akademik  V.Y.Zohidovning  «Navoyining  «Lison  ut-tayr»  asari»  nomli 

maqolasida  mazkur doston g`oyaviy-falsafiy  nuqtai  nazardan ham  original  asar 

ekanligi  asoslab  berildi.  Avtor  har  ikki  falsafiy  mazmunini  o`zaro  qiyoslagan 

holda  «Navoiyning  «Lison  ut-tayr»  dostoni  tarkidunyochilik  va  mistitsizmni 

targ`ib qiluvchi Attor «mantiq ut-tayr»iga o`z falsafiy mohiyati jihatidan butkul 

qarama-qarshi  ruhda  yozilgan    asar  bo`lib,  bu  bilan  shoir  «mantiq  ut-tayr» 

tasavvufining  eng  asosiy  maqsadi  behuda  afsona  ekanligini  ko`rsatadi»,  degan 

xulosaga keladi. 

Adabiyotshunos  N.M.Mallaevning  «O`zbek  adabiyoti  tarixi»  darslik 

kitobida Navoiyning bu dostoni haqida oliy o`quv yurtlari programmasi hajmida 

to`xtalib o`tilsa-da, unda asarning ayrim xarakterli tomonlarini belgilab beruvchi 

o`rinlar ham ko`zga tashlanib turadi. 

 

Taniqli  Navoiyshunos  olim,  filologiya  fanlari  doktori  A.H.Haytmetov 



asarlarida  mazkur  dostonning  metod  va  uslubiga  doir  qimmatli  nazariy 

kuzatishlar  mavjud.  Tadqiqotchi  dostonda  qushlarning  Hudhud  boshchiligida 

Semurg`  tomon  qilgan  safari  allegorik  uslubda,  Hudhudning  ko`p  hikoyatlari 

realistik,  ba`zi  hikoyatlar  esa  romantik  uslubda  yozilgan  ekanligini  ta`kidlab, 

demak,  «Lison  ut-tayr»ni  ijodiy  metod  nuqtai  nazaridan  faqat  bir  metod 

talablaridan  kelib  chiqib  tekshirish  uncha  to`g`ri  bo`lmaydi»,  degan  xulosaga 

keladi  va  bu  bilan  doston  uslubining  murakkab  ekanligiga  ishora  qiladi. 

Shuningdek,  tadqiqotchi  «sharq  adabiyotining  ijodiy    metodi  tarixidan»  nomli 

kitobida  mazkur  asar  haqida  ham  qisqacha  to`xtalib,  uning  g`oyaviy-falsafiy, 

mazmuni haqida muhim fikrlarni ilgari suradi. 




 

 



 

Izzat Sulton qalamiga mansub «Navoiyning qalb daftari» kitobida muallif 

Alisher Navoiy biografiyasini yaratishda birinchi galda shoirning o`z asarlariga 

murojaat qiladi va shu munosabat bilan «Lison ut-tayr» dostonida mavjud ba`zi 

avtobiografik o`rinlardan mohirona foydalanadi. Shuningdek, avtor Navoiyning 

mazkur  dostoni  hali  mutaxassislar  tomonidan  etarli  o`rganilmaganligini  ham 

alohida ta`kidlab o`tadi. 

 

Filologiya  fanlari  doktori  A.Abdug`afurov  tadqiqotida  esa  doston 



tarkibidagi  ayrim  hikoyatlarning  satirik  va  yumoristik  xususiyatlari  to`g`risida 

qiziqarli ilmiy mulohazalar bayon eitlgan. 

 

Keyingi yillarda Navoiy hayoti va ijodi haqida talay monografiyalar e`lon 



qilgan  filologiya  fanlari  dotkori  A.Qayumovning  «mashhur  kishilar  hayoti» 

seriyasida  nashr  qilingan  «Alisher  Navoiy»  nomli  kitobida  «Lison  ut-tayr» 

dostonining qisqacha mazmuni ilmiy-ommabop tarzda bayon etiladi. 

 

Olimlar  kollektivi  tomonidan  yozilgan    «O`zbek    adabiyoti  tarixi»  besh 



tomligining  2-tomi  Alisher    Navoiy  hayoti  va  ijodini  sistemali  ravishda  tadqiq  

etishga  bag`ishlangan.  Mazkur  kitobning  Navoiy  epik  ijodiga  oid  bo`limida 

«Lison  o`t-tayr»  dostoni  tahlil  etiladi.  Bu  bobda  filologiya    fanlari  kandidati 

S.G`anieva  «Lison  ut-tayr»dostonining  g`oyaviy-badiiy    mazmuni  va  shoir  

ijodida tutgan o`rin haqida muhim fikrlar bildiradi.  

 

«Lison  ut-tayr»  dostoni  tekstologik  jihatdan  filologiya  fanlari  kandidati 



Sh.Eshonxo`jaev  tomonidan  tadqiq  etilgan.  Avtor  nodir  ko`lyozma  manbalar 

asosida  asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlab, uni 1965 yilda  alohida kitob 

shaklida  nashr  ettirdi.  Shu  matnga  asoslangan  dostonning    qisqartirlgan 

ommaviy nashri Navoiy asarlari o`n besh tomligining 11-tomida birinchi marta 

keng kitobxonlar diqqatiga havola qilindi. Olim va tarjimon S.Ivanovning katta 

shijoati  tufayli  doston  rus  tiliga  tarjima  etildi.  A.S.Levend  «Alisher  Navoiy» 

kitobining  to`rtinchi  jildida  dostonni  (ayrim  qisqartirish  va  izohlar  bilan)  nashr 

qilib,  turk  kitobxonlarini  mazkur  asar  bilan  tanishtiirshdek  olijanob  ishni 

bajaradi. 



 

 



 

Xullas,  Navoiyning  «Lison  ut-tayr»  dostoni  haqidagi  mavjud  tadqiqotlar 

asosan    ana  shulardan  iborat.  Bu  ishlar  ushbu  asarni  o`rganish  borasidagi  ilk 

tadqiqotlar  hamda  u  haqda    umumiy  ma`lumotlar  beruvchi  manbalar  sifatida 

ko`pgina  qimmatli  tomonlarga  ega.  Ammo  ularning  ayrimlarida  ba`zi 

munozarali  tahrir  qilinishi  va  aniqlik  kiritilishi  lozim  bo`lgan  o`rinlar  ham 

uchrab turadi. 

 

Muayyan  so`z  san`atkorining  ijodi  haqida  to`liq  ilmiy  tasavvurga  ega 



bo`lish  uchun  avvalo  uning  har  bir  asarini  keng  ko`lamda  maxsus  o`rganish 

talab  etiladi.  Navoiy  lirikasi  «Hayrat  ul-abror»,  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va 

Majnun»,  «Saddi  Iskandariy»  dostonlari  va  boshqa  asarlari  haqida  ayrim 

monografik  ishlar  ana  shu  ehtiyojning  mahsuli  o`laroq  maydonga  kelgan  edi. 

shunday  bo`lishiga  qaramay  hali  ulug`  shoirning  ba`zi  muhim  asarlari, 

jumladan,  uning  ijodida  o`ziga  xos  alohida  o`rin  tutuvchi  «Lison  ut-tayr» 

dostoni  hozirga  qadar  chuqur  o`rganilmagan.  Holbuki  Navoiy  hayotining 

so`nggi  yillarida  yozilgan  ushbu  doston  shoirning  muhim  falsafiy.  Ijtimoiy-

siyosiy  va  axloqiy  didaktik  qarashlarini  o`zida  mujassam  ettirgan  asar  sifatida 

ulug`  mutafakkir  ijodiga  ma`lum  darajada  yakun  yasaydi.  Mazkur  doston 

o`zining  genezisi,  janriy  va  g`oyaviy-badiiy  xususiyatlari    bilan  faqat  Alisher 

Navoiy ijodida emas, o`zbek klassik adabiyoti tarixida ham alohida o`rin tutadi. 

Binobarin, uni ana shu aspektlarda tadqiq etish navoiyshunoslik faninig zaruriy 

vazifalaridan biri sanaladi. 

 

Ana shu talabdan kelib chiqib, ushbu ishda Alisher Navoiyning «Lison ut-



tayr»  dostoni  haqida  adabiyotshunoslik  aspektida  so`z  yuritiladi  va  quyidagi 

masalalarni tadqiq etish maqsad qilib qo`yiladi. 

 

-  «Lison  ut-tayr»  dostonining  janr  xususiyatlar  g`oyaviy  mazmun  va 



obrazlar sistemasini tadqiq etish; 

 

-  doston  tarkibidagi  hikoyalarni  g`oyaviy-tematik  jihatdan  tahlil  etish; 



ularning shoir hikoyanavisligida tutgan mavqeini yoritish; 

 

- dotsonning badiiy-poetik xususiyatlarini o`rganish; 




 

 



 

- yuqoridagilar asosida «Li son ut-tayr» dostonining Alisher Navoiy epik 

ijodi va umuman o`zbek klassik adabiyoti tarixida tutgan o`rnini belgilash.   

 

 



 

 

 



 

 



 

 




Download 104,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish