116
shakllantirishning qudratli vositasi bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Jamoadagi
psixologik muhit esa ko‗p jihatdan jamoa a‘zolari o‗rtasida o‗rnatilgan shaxslararo
munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi.
Shaxs xarakteri va munosabatlar psixologik muhit, muloqot jarayonida vujudga
keladi va namoyon bo‗ladi. Unda guruh ehtiyojlari ro‗yobga chiqariladi, shaxslar va
guruhlar o‗rtasidagi ziddiyatlar vujudga keladi hamda hal etiladi. Bu jarayonda
odamlar o‗rtasidagi hamkorlikning yashirin mazmuni, ―musobaqalashish yoki yopiq
raqobat‖, o‗rtoqlarcha uyushqoqlik yoki barchaning bir-biriga kafilligi, qo‗pol tayziq
o‗tkazish yoki ongli intizom asosida namoyon bo‗ladi.
O‗tkazilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, guruhdagi o‗zaro munosabatlar bilan
shaxs xususiyatlari o‗rtasida ko‗p qirrali aloqalar mavjud bo‗ladi. Jamoada tarkib
topgan o‗zaro munosabatlar jamoa a‘zolarining qadriyatlari, axloq normalari va
manfaatlari bilan belgilanadigan alohida emotsional psixologik ko‗rinishga ega
bo‗ladi. Jamoaning shaxsga ta‘siri singari har bir shaxs faolligi darajasi, shaxs ushbu
jamoada hissiy zo‗riqishni qanchalik boshdan kechirishi bilan belgilanadi.
Demak, har bir shaxs kamolotining va butun jamoaning yuksak ishchanlik
qobiliyatini rag‗batlantiruvchi psixologik muhitni tashkil etishni guruh a‘zolari
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni va unda hukmron bo‗lgan qadriyatlarni tartibga
solishdan boshlash kerak.
Psixologiyada jamoadagi o‗zaro munosabatlarning rasmiy va norasmiy
tuzilishlari ajratib ko‗rsatiladi. Bu еrda har ikki tuzilma shaxs jamoada egallashi
mumkin bo‗lgan nuqtai nazardangina qarab chiqiladi. Munosabatlarning rasmiy
tuzilmasi - bu tashqaridan, jamiyat tomonidan berilgan va ushbu jamoa faoliyat
ko‗rsatishi uchun zarur bo‗lgan yo‘nalishlar tizimidir. Yo‘nalishlardan har biri
muayyan yo‗l -yo‗riqlar bilan beriladi. Shu sababli bu yo‘nalishlarni egallash
shaxsdan o‗z huquq va majburiyatlari haqida muayyan tasavvurga ega bo‗lishni talab
etadi. Muayyan shaxs yoki jamoadagi muloqot kishilar psixik kayfiyati xarakterida
namoyon bo‗ladi, ijtimoiy ongning beqaror, o‗zgaruvchan tomoni hisoblanadi. Shaxs
muloqoti va xarakteri jamoaning ijtimoiy-psixologik muhitida aks etadi va o‗zining
nisbatan barqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu esa muayyan vaqt oralig‗ida uning
holatini belgilash imkonini beradi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlar ta‘sirida
yuzaga keluvchi ijtimoiy-psixologik muhit jamoalar, jamoa a‘zolari, alohida
shaxslarning faoliyat jarayoniga qo‗shilishi bilan belgilanuvchi kuchli omil
hisoblanadi. Emotsional, ma‘naviy darajada jamoaning iqlimida shaxsiy hamda ish
yuzasidan bo‗ladigan o‗zaro munosabatlar aks etib, u hamkorlikdagi faoliyat bilan
shug‗ullanuvchi kishilarning qiziqishlari, axloqiy ildizlari hamda qadriyatlari
yo‗nalishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, ijobiy shaxslararo munosabatlar jamoa har bir a‘zosiga ijobiy
ta‘sir ko‗rsatib qolmay, shu bilan birga shaxsdagi e‘tiqod, asl insoniy fazilatlarni
shakllanishidagi muhim omili hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: