4. Yotib oʻsuvchi zigʻir (v. prostrata). Poyalari gullaguncha yotib oʻsadi. Gullashning
boshlanishi bilan poyalar koʻtarila boshlaydi va 100 sm balandlikka yetadi. Kavkazortida kichik
maydonlarda ekiladi.
3. Sifatli tola yetishtirish texnologiyasi, chora-tadbirlari.
Dehqonchilik madaniyatini oshirishda, tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini koʻtarishda,
chorvachilikni mustahkam, yem-xashak bazasi bilan taʻminlashda almashlab ekish asosiy omillardan
biridir.
Almashlab ekishni joriy etmasdan turib oʻgʻitlash, sugʻorish, begona oʻtlarga, hasharot va
kasalliklarga qarshi kurashishning toʻgʻri tizimini qoʻllab boʻlmaydi.
Respublikamizda almashlab ekish uzoq yillar beda va paxta asosida olib borildi. Beda chorva
uchun toʻyimli oziqa hisoblanadi. U oqsil va karotinga boy oʻsimlik, shuningdek, u tuproqni gitmus,
azot bilan boyitishda muhim oʻrin egallaydi. Fitosanitar rolini oʻynaydi. Shoʻr yerlarda tuproqning
meliorativ holatini yaxshilaydi. Shu narsalar eʻtiborga olinib, paxtachilik xoʻjaligida almashlab
ekishning 10,9,8 dalali, yaʻni 3:7; 3:6; 3:5 tizimlari qoilanib kelindi (Birinchi raqam beda, ikkinchisi
gʻoʻza). Bunda gʻoʻzaning salmogʻi 70,0—66,7—62,5 % ga tengdir.
Gʻoʻza vilt bilan kasallangan maydonlarda almashlab ekishning boʻlaklangan 2:4:1:3, 2:4:1:2,
2:3:1:2 tizimlari tavsiya etiladi. Birinchi raqam beda, ikkinchi raqam gʻoʻza, uchinchi raqam don yoki
yemxashak ekinlari, toʻrtinchi raqam gʻoʻza. Bedani birinchi yil don ekinlari, makkajoʻxori, sudan
oʻtlari bilan aralashtirilib ekish tavsiya etiladi.
Meliorativ jihatidan noqulay boʻlgan yerlarda 1:3:4, 1:3:5, shamol eroziyali yoki qumli
tuproqlarda 3:3, 3:4, 3:3:1 tizimlari qoʻllanilgani maʻqul. Dehqonchilikda tuproq unumdorligiga
qarab almashlab ekish 3:5, 3:4, 3:3 tizimida ham boʻlishi mumkin. Bunda paxtaning salmogʻi 62,5;
57; 50 % ni tashkil etadi.
Jahon amaliyotida almashlab ekishda bedadan tashqari boshoqli don va dukkakli ekinlar keng
qoʻllaniladi. Bedasiz almashlab ekishda 1:1, 1:2, 1:3, 1:4, 1:4:1:4 tizimlarini qoʻllash mumkin. Bunda
birinchi maydonni boshoqli don ekinlari egallaydi.
Ularni yigʻishtirib olgach, takroriy ekinlarni ekish mumkin. Tuproq unumdoriligini koetarish
va gʻoʻza hosildorligini oshirish maqsadida almashlab ekish tizimiga oraliq ekinlarni kiritish mumkin.
Xantal, raps, perko, vika, javdar, gorox, mosh, soya, loviya kabilar ekilib ularning massasi yem-
xashak sifatida yoki sederat (yashil o cgʻit) qilib, donlari oziq-ovqat maqsadida foydalanilganida
yaxshi samara beradi.
Oʻgʻitlash tizimi. Oʻgʻitlash tizimi organik va mineral oʻgʻitlarni qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Oʻgʻitlarni qoʻllash meʻyori tuproqning tipiga, oʻgʻitning shakliga va almashlab ekish maydoniga
qarab oʻzgarib boradi.
Bedapoyadan keyin dastlabki ikki yilda azotli oʻgʻitni qoʻllash normasi fosforli oʻgʻitga
qaraganda kamroq boʻladi. Ular oʻrtasidagi oʻzaro nisbat (N: P) 1:1,3 yoki 1:1,5 ga boʻlishi kerak.
Keyingi yillarda esa bu nisbat (N:P) 1:0,7—0,8 ga tenglashadi. Oʻtloq va oʻtloq-botqoq tuproqlarda
N: P nisbati 1:1,5 ga teng boʻlgani maqsadga muvofiqdir.
Gʻoʻzaning oziqlanishi uchun moʻtadil sharoitni taʻminlash, uning oʻsishi va rivojlanishini
tezlashtirish uchun boʻz tuproq sharoitida, belgilangan hosilni eʻtiborga olgan holda, azotning
quyidagi meʻyorlari gektariga kg hisobida tavsiya etiladi: hosildorlik gektariga 15—20 s boʻlganda
100 kg, 20—25 s boʻlganda 150 kg, 25-30 sentnerda 200 kg, 30-35 sentnerda 250 kg, 35—40
sentnerda 300 kg, 40—45 sentnerda esa 350 kg belgilanadi.
Bedapoyadan keyin 3—4 yilda kuzgi shudgorlash oldidan gektariga 30—40 t goʻng solishning
ahamiyati juda kattadir.
Oʻgʻit meʻyorini boʻlaklab qoʻllashning samarasi yuqori boʻladi. Agar azot oʻgʻitining qoʻllash
meʻyori katta boʻlsa, uning 25 % ekish oldidan yerni tayyorlashda, 75 % esa oziqlantirishda beriladi.
Agar oziqlantirish ikki marta rejalashtirilgan boʻlsa, shonalash va gullash davrlarining
boshlanishlarida beriladi. Uch marta rejalashtirilganda birinchi oziqlantirish 3—4 chinbarglik davrida
oʻtkaziladi.
Fosforning samaradorligi lining yillik meʻyorining 60—70 % shudgor oldidan berilganda
yuqori boʻladi, qolgan qismi esa ekish bilan bir vaqtda va gullash davrida oziqlantirishda Jberilgani
maʻqul.
Azot bilan kaliyning nisbati 1:0,5 boʻlgani maʻqul. Kaliy meʻyorining 50 % shudgor oldida
berilsa, qolgan qismini shonalash davrida oziqlantirishga berish tavsiya etiladi.
Fosfor va kaliy oʻgʻitlarining meʻyorini belgilashda agroximiya kartogrammasining
maʻlumotlaridan foydalaniladi.
Birinchi oziqlantirishda oʻgʻitni qatordan 12—14 sm masofada 15—16 sm chuqurlikda,
shonalash davrida 20—22 sm masofada, uchirichi oziqlantirish joʻyak oʻrtasida 3—4 sm chuqurlikda
beriladi. Agar gʻoʻza qator oralari 90 sm boʻlsa, oʻgʻit oʻsimlik qatoridan 30—35 sm masofada joʻyak
tubidan 3—5 sm chuqurlikka solinadi.
Mikrooʻgʻitlar tuproqqa solinishi yoki 0,02—0,04 % eritma holatda chigitga yuqtirilishi
mumkin.
Tuproq orqali berilganda taʻsir etuvchi modda hisobida gektariga bordan 0,5—1,0 kg,
marganesdan 18 kg, misdan 2—3 va ruxdan 3—4 kg tavsiya etiladi.
Oʻgʻitlar KRX—4, KRX—3,6, KXU—4 markali kultivatorlar yordamida beriladi.
Tuproqqa ishlov berish. Paxtachilikda tuproqqa ishlov berish gʻoʻzapoyani yigʻishtirish,
begona oʻtlardan tozalash, oʻgʻit solish, kuzgi shudgorlash, dalani tekislash, erta koʻklamgi
boronalash, diskalash, boronalash yoki molalash bilan bir vaqtda chizellash, ekish oldidan boronalash
bilan molalash kabi ishlarni oʻz ichiga oladi. Ayrim yogʻin-sochin kam tushadigan mintaqalarda,
sifatli haydashni taʻminlash maqsadida haydash oldi sugʻorish, zapas suv berish yoki ekin ekish
oldidan sugʻorish nazarda tutiladi.
Tuprogʻi shoʻrlangan yerlarda dala tekislanib, cheklar olinib va ularni ekish oldidan tekislash
ham oʻtkaziladi.
Tuproqqa ishlov berish ikki qismdan iborat:
1. Tuproqqa asosiy ishlov berish (kuzgi shudgorlash);
2. Erta bahorda va ekin ekish oldidan ishlov berish.
Kuzgi shudgorlashning ahamiyati katta boʻlib, bahorgi shudgorlashga nisbatan gektariga 3—5
sentner yuqori hosil beradi.
Kuzgi shudgorlashni sifatli oʻtkazish uchun gʻoʻza vilt bilan kasallangan maydonlarda
gʻoʻzapoya KV—4A, KK—3,6A, KI—1,8 moslamalar yordamida 14—16 sm chuqurlikda- ildizidan
kesilib, daladan olib ketiladi yoki gʻoʻzapoyalar sogʻlom boʻlsa, oʻgʻit sifatida dalaga maydalab
koʻmib yuboriladi. Agar maydon zichlashib ketgan boisa, joʻyak orqali yengil suv ham quyish
mumkin.
Dala ildizpoyali begona oʻtlar bilan kuchli zararlangan boʻlsa, gʻoʻzapoya yigʻishtirilgach,
maydon agʻdargichi olingan plug bilan 18—20 sm yumshatilib, chizel, kultivatorlarga borona taqilib,
taroqlanadi.
Kuzgi shudgorlash ikki yarusli pluglar (PD—3—35, PD—4—35) bilan 30 yoki 40 sm
chuqurlikda haydaladi.
Kuzgi shudgorlashning eng qulay muddati oktabr oyining ikkinchi yarmi, noyabr va dekabr
oyining birinchi oʻn kunligidir. Shudgorlashda tuproq oʻta nam yoki qurib qolgan boʻlmasligi kerak.
Aks holda, shudgor sifatsiz boʻladi.
Bedapoyalarini buzish noyabr oyida oʻtkaziladi. Agar bedapoya ikki yarusli plug bilan buzilsa,
plugning yuqori кофи$1аг1 oldiga bedapoyaning ustki bosh qismini 6—7 sm chuqurlikda kesish
uchun chimqirqar oʻmatiladi, aks holda, beda qaytadan oʻsib ketishi mumkin. Oddiy plugda
oʻtkazilganda agʻdargichi olingach, plug bilan 6—7 sm chuqurlikda yumshatilib, 10—12 kundan
keyin chimqirqar oʻmatilgan plug bilan (P—5—35M) haydaladi.
Bedapoya birinchi yili 30 yoki 40 sm chuqurlikda haydalib, ikkinchi yili 20—25 sm, keyingi
yili 30—40 sm chuqurlikka yetkaziladi. Shudgorlash chuqurligi madaniy haydov qatlamining
qalinligiga bogʻliqdir. Tipik va och-tusli boʻz tuproqlarda haydash chuqurligi 30 sm dan, unumdorlik
qatlami qalin boʻlgan oʻtloq yoki och tusli boʻz tuproqlarda esa haydash chuqurligi 35—40 sm dan
kam boʻlmasligi kerak.
Eskidan dehqonchilik qilib kelinadigan och tusli boʻz tuproqli, yer osti suvi yuza joylashgan
Mirzachoʻl tuproqlarida, tuproq 40 sm chuqurlikda yumshatilib keyin 30 sm chuqurlikda haydaladi.
Unumdorligi past, qum yoki shagʻal qatlami yuza joylashgan yerlarda shudgorlash chuqurligi
oʻsha unumsiz qatlam yuzaga chiqmaslik darajasida belgilanishi lozim.
Yangi oʻzlashtirilgan yerlarda dastlabki 2 yilda shudgorlash chuqurligi 20—22 sm boʻlsa,
keyingi yilda uni 30 sm gacha yetkaziladi. Oxirgi yillarda ikki yarusli plug bilan haydashni chuqur
yumshatish bilan uygʻunlashtirilmoqda. Bunda tuproq har 3—4—5 yilda bir marta 50—60 sm
chuqurlikda yumshatilib, keyin har yili belgilangan chuqurlikda haydaladi.
Erta bahorda shudgorda namni saqlab qolish maqsadida tuproqning yetilish darajasiga qarab,
fevral-mart oylarida ikki qator borona yurgizish bilan bir marta shudgorga ishlov beriladi.
Ekin ekish oldidan shudgorning holatiga qarab, quyidagicha ishlov oʻtkaziladi: 1. Dala begona
oʻtlardan tozalanadi. Tuprogʻi shoʻrlanmagan, tuproqning ijobiy xususiyatlari saqlanib qolgan boʻlsa,
tuproq borona mola bilan tayyorlab, chigit ekiladi. 2. Dala begona oʻtlar bilan ifloslangan boʻlsa, 8—
12 sm chuqurlikda kultivatsiya yoki chizel qilinib, unga borona mola qoʻshib ishlatiladi. 3. Zapas
suvi berilgan yoki sifatsiz shudgor qilingan yerlarda 16—18 sm chuqurlikda chizel qilinib, unga bir
yoʻla borona va mola qoʻshib yuritiladi. 4. Dala begona oʻtlar bilan kuchli ifloslangan boʻlsa, unda
yerni agʻdargichi olingan plug bilan 16—18 sm chuqurlikda qayta haydab, keyin borona mola qilib
ekiladi. 5. Shoʻri yuvilgan yerlarda tuproqning yetilish chuqurligigacha chisel bir yoʻla borona mola
bilan yuritiladi. Ogʻir tarkibli tuproqlarda chizellashni takroriy oʻtkazish mumkin.
Chigitni ekishga tayyoriash va ekish. Ekiladigan chigit quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Unuvchanligi I sinfli chigitlarda 90—100 %, II sinflarda 90—94 %, III sinflarda 85—93 % dan kam
boʻlmasligi kerak.
Mexanik shikastlanishi qoʻl terimidagi chigitlarda 5 % dan, mashina terimidagi chigitlarda 7 %
dan oshmasligi, tuk qoldigʻi tuksiz chigitlarda 0,4, tukli chigitlarda esa 0,8 % dan yuqori boʻlmasligi
kerak.
Chigit namligi qoʻl terimi chigitida 9 %, mashina terimida 10 % dan yuqori boʻlmasligi, begona
oʻt urugʻlari va tirik zararkunandalar boʻlishiga umuman yoʻl qoʻyilmaydi.
Yosh nihollarni gommoz va ildiz chirish kasalliklaridan himoya qilish maqsadida bronatak,
himoya, gʻoʻzafen, PAV—61 preparatlari va formalin bilan dorilanadi.
Tukli chigitlarni dorilash bilan birga namlash ham kerak. Buning uchun dastawal 1 t chigitga
300 litr, keyingi muddatlarda 600 litr suv sarflanadi. Ekish boshlangan kunlarda chigit 8—12 soatga,
keyingi kunlarda 16 soatgacha namlanishi mumkin.
Tuksiz chigitlar namlanmasdan quruqligicha ekilaveradi. Chigit moʻtadil muddatda ekilganda
ertagi, bir tekis va sogʻlom koʻchat olinadi.
Bunga esa yumshoq, nam va harorati yetarli boʻlgan tuproqqa ekilgandagina erishiladi, Chigitni
muddatidan oldin yoki keyin ekilganda ham kutilgan natijaga erishilmaydi. Eng qulay moʻtadil
muddat boʻlib, tuproq harorati 10 sm chuqurlikda 13—14 °C ga yetganda va asta-sekin koʻtarilishi
kuzatilganda hisoblanadi. Tuksiz chigit tukliga nisbatan 5—6 kun kechroq ekiladi.
Gʻoʻza qator oraligʻi 60 yoki 90 sm qilib oddiy qatorlab, semyalab, punktir (har uyaga sanab
tashlaydi) usulida, joʻyak va pushtalarga ekish qoʻllaniladi. 60 sm qator oraligʻida kvadrat uyalab,
toʻgʻri burchakli uyalab, 90 sm qator oraligʻida esa qoʻsh qatorlab ekish usullarini qoʻllash mumkin.
Urugʻni erta va tekis undirib olish uchun ekish chuqurligiga ahamiyat berish kerak. Chigit
ekishning eng maqbul chuqurligi oʻtloq-botqoq tuproqlarda 3—4 sm, boshqa turdagi tuproqlarda 4—
5 sm hisoblanadi.
Ekish normalari tukli chigitda gektariga 60—70 kg, tuksiz chigitlarda esa 25—30 kg,
belgilanadi. Qoʻsh qatorlab ekilganda ekish meʻyori ikki marta oshiriladi.
Ekish STX—4G, SXU—4 seyalkalarida oʻtkaziladi. Chigitni ekishdan oldin dalaga bir yillik
begona oʻtlarga qarshi gektariga 4—6 1 nitran (treflan), ekish bilan birga 1,0—1,2 kg kotoran, 2,0—
2,5 kg prometrin, 1,0—1,3 kg kotofor preparatlarini PCS —2,4, PXG—4 moslamalari yordamida
berish mumkin.
Chigitni undirib olish va yaganalash. Ekish tugallanishi bilan har bir maydonda chigitning
ahvoli va unib chiqishi doimiy ravishda kuzatib boriladi. Agar chigitning normal oʻsishiga xalaqit
beradigan qatqaloq paydo boʻlsa, darhol yumshatiladi. Chunki qatqaloqda tuproqda havo almashinuvi
(aeratsiya) buziladi, suv parlanishi kuchayadi, tuproq gʻovakligi pasayadi. Natijada unib chiqadigan
nihollar nobud boʻladi, unib chiqqanlari ildiz chirish kasalligiga duchor boʻlishi mumkin. Shoʻr
yerlarda tuproq yuzasiga shoʻr koʻtarilib ketadi.
Agar maydonda chigit unib chiqmagan boʻlsa, tishli boronalar yordamida bir qatorda ekishga
koʻndalang qilib yuritish bilan qatqaloq yumshatiladi, qisman unib chiqqan maydonlarda ratotsion
(yulduzchali) motigalar qator boʻylab yuritiladi va qatqaloq yumshatiladi. Nihol toʻliq unib chiqqan
maydonlarda darhol qator oraligʻiga ishlov beriladi va kultivatorga UROR moslamasi oʻrnatilib,
himoya zonasidagi qatqaloqlar ham yumshatiladi.
Chigit toʻliq undirib olingan maydonlarda darhol gʻoʻzani yaganalashga kirishiladi. Yagana
kechiktirilsa, boʻlgʻusi hosilga putur yetadi. Chunki oʻsimlik yiriklashsa ildizi jarohatlanadi,
yaganalashda tuproqdan 6—10 kg N, 1—2 kg P, 4—6 kg К elementi olib ketiladi (100 ming tup
hisobida).
Yaganalashda har bir gektar maydonda lining xususiyatlari eʻtiborga olingan holda quyidagicha
tup son qoldiriladi.
1. Boʻz tuproqlar mintaqasining oʻtloq tuproqlarida gektariga 100—110 ming tup nihol.
2. Sizot suvlar chuqur joylashgan unumdor boʻz tuproqli, shuningdek, shoʻrlangan yerlarda
110—120 ming tupgacha.
3. Oʻrta unumdorli tuproqlarda 120—130 ming tupgacha.
4. Hosildorligi past, shagʻal, qayroqi qatlami yuza joylashgan, qumoq tuproqli yerlarda 140—
150 ming tupgacha koʻchat qoldiriladi.
Koʻchat sonini qoldirishda gʻoʻzaning shoxlanish tiplari, dalaning vilt bilan kasallanish
darajalari ham eʻtiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |