2. Oraliq zigʻir (v. intermedia) — asosan, urugʻi va moyi uchun ekiladi. Moyli zigʻir va tolali
zigʻir oʻrtasida oraliq holatga ega. Poyasining boʻyi 55—65 sm, 1— 2 poya hosil qiladi. Koʻsaklar
soni 15—25. Tola uzunligi va sifati boʻyicha tolali zigʻirdan keyin turadi. Tola chiqishi 16—18 %.
3. Moyli zigʻir (v. brevimultcaula) — past boʻyli (30—50 sm), Markaziy Osiyo va
Kavkazortida, xususan 0 ʻzbekistonda koʻp ekiladi.
Poyasining balandligi 30—45 sm, shoxlanuvchan, bitta oʻsimlikda 35—50 ta koʻsak hosil
qiladi. Urugʻi uchun ekiladi. Urugʻida moy miqdori 35—45 %. Tolalari qisqa, sifati past. Serquyosh,
quruq, issiq sharoitda yaxshi oʻsadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |