Navlari
Gʻoʻzaning ekiladigan barcha navlari ikki guruhga: 1. Uzun (ingichka) tolali; 2. 0 ʻrta tolali
navlarga boiinadi. Uzun (ingichka) tolali navlar 1, II, III tip tolalar bersa, IV, V, VI tip tolalar esa
oʻrta tolali gʻoʻza navlaridan olinadi. Quyida ikkala guruhda ekilayotgan ayrim navlarning tavsifini
keltiramiz,
IV, V, VI tip tolali oʻrta tolali gʻoʻza navlari.
Viloyat va tumanlarda Davlat nav sinovidan oʻtgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan bir
necha navlar ekilmoqda. Quyida ana shunday ayrim navlarning tavsifi keltiriladi.
Namangan—77. G.S. Zaysev nomidagi Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tekshirish
instituti va Qizil Rovot tajriba xoʻjaligida yaratilgan. Nav oʻrtapishar. 0 ʻsuv davri 110—125 kun.
Vilt kasalligiga chidamli. Bir koʻsakdagi paxta vazni 5,2 g, tola chiqishi 33,3 foiz, shtapel uzunligi
33,7 mm, tolaning uzilish kuchi 4,7 gk, metrik soni 5600, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V
tip. Hosildorligi gektariga oʻrtacha 44 s.
Unumdor boʻz-oʻtloq va oʻtloq-botqoq tuproqlarda gektariga 80—90 ming tupdan, shoʻrlangan
yerlarda 120—140 ming tupni tashkil etgani maʻqul.
Boʻz tuproqlarda oʻgʻitlarning meʻyori gektariga N—250; P—175; K—125 kg.
Toshkent—6. Bu nav 0 ʻzbekiston FA ning 0 ʻsimliklar biologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida
yaratilgan va 1981-yilda reyestrga kiritilgan.
Nav ancha tezpisharligi tufayli, koʻpincha qayta ekishga moʻljallangan. Vilt kasalligiga
chidamli. Koʻsakdagi paxta vazni oʻrtacha 6,0—6,5 g, tolasining uzunligi 34,5 —36,0 mm, uzilish
kuchi 4,5—4,7 gk, metric soni 6000, nisbiy uzilish kuchi 27—28,2 gk/teks. Hosildorligi gektariga
39—50s.
Gektariga koʻchat qalinligini 110—120 mingdan, 130—140 mingtagacha yetkazish
mumkinligi isbotlangan. Oʻgʻitning meʻyori gektariga: N—200—250; P—140—175; K—100—125
kg.
S—6524. G.S. Zaysev nomidagi Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tekshirish institutida
duragaylash yoʻli bilan yaratilgan. Oʻrtapishar.
Tola uzunligi 35,2 mm, metrik soni 6350, uzilish kuchi 4,5—4,6 gr, nisbiy uzilish kuchi 28,5
gk/teks, tola chiqishi 33—34 foiz. Tolasi IV tipga kiradi.
S—6530. G.S. Zaysev nomidagi Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tekshirish institutida
duragaylash yoʻli bilan yaratilgan. Oʻrtapishar navlar guruhiga kirib, vilt kasalligiga chidamli. Oʻsuv
davri 114—124 kunni tashkil etadi. Bir koʻsakdagi paxta vazni 5,4—6,2 g, tola chiqishi 36,8—37,2
foiz, shtapel uzunligi 35,2 mm, tolaning uzilish kuchi 4,5 g, metrik soni 6020, nisbiy uzilish kuchi
27,1 gk/teks. Hosildorligi gektariga 40—48 s gacha yetadi. Koʻchat qalinligi gektariga 90—100 ming
tupga toʻgʻri keladi. Boʻz tuproqlarda azotning maqbul meʻyori 250, fosfor — 175, kaliy — 125
kg/ga.
Oqdaryo—5. Bu nav Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tekshirish institutining Samarqand filialida
duragaylash yoʻli bilan yaratilgan. Nav intensive tipda boʻlib, tezpishar navlar guruhiga mansub.
Oʻsuv davri 120—130 kun. Koʻsaklarning ochilish jarayoni tez kechadi. Bir koʻsakdagi paxtaning
vazni 6,5—7,0 g, 1000 dona chigit massasi 110—130 g, tolaning shtapel uzunligi 34—35 mm, tola
chiqishi 36 foiz, tola pishiqlgi 4,6—4,7 gk, metrik soni 5800—5900. Hosildorligi tuproq-iqlim
sharoitiga qarab gektaridan 42—45 sentnergacha boʻladi.
Oqdaryo—6. Nav Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tekshirish institutining Samarqand filialida
duragaylash yoʻli bilan yaratilgan. Oʻsuv davri 120—125 kun. Koʻsak yirikligi 6,5—7,0 g. Tolasining
uzunligi 33—34 mm, tola chiqishi esa 35—36 foiz. Tola pishiqligi 4,6 gk boʻlib, tolaning metrik soni
5900—6000, tolaning uzilish uzunligi 28,3 gk/teks. 1000 dona chigitning massasi 120—125 g.
Hosildorligi Samarqand viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitida gektaridan 30—45 sentnergacha,
tolasi V tip.
Yulduz. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Oʻsimliklar biologiyasi institutida O. Jalilov
tomonidan tanlash yoʻli bilan yaratilgan. Oʻsuv davri 115—120 kun. Koʻsakdagi paxta vazni 6,5—
7,5 g, tola chiqishi 39—40 foiz, tola uzunligi 33—34 mm, tolaning uzilish kuchi 4,5—4,7 gk, nisbiy
uzilish kuchi 26,4—27 gk/teks, tolasi V tipga mansub.
S-4727. G.S. Zaysev nomidagi gʻoʻza seleksiyasi va uaigʻchiligi institutida 1961-yilda
duragaylash yoʻli bilan yaratilgan. Oʻsuv davri 132—136 kun. Koʻsakdagi paxta vazni 6,3—6,8 g,
tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, tolaning uzilish kuchi 4,6—4,8 gk, metrik soni 5470—
5600, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V tip. Kasallikka chidamsiz.
Buxoro—6. OʻzPITI ning Buxoro paxtachilik filialida turlararo durugaylash yoʻli bilan
yaratilgan. 0 ʻrtapishar. Koʻsakdagi paxta vazni 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola uzunligi 34 mm,
metrik soni 6020, tolaning uzilish kuchi 4,5—4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/teks.
175-f. Oʻzbekiston PIT ning Andijon filialida duragaylash yoʻli bilan yaratilgan, oʻrtapishar,
koʻsagidagi paxta vazni 5,2—5,6 g, tola chiqishi 33—34 foiz, shtapel uzunligi 35—36 mm, nisbiy
uzilish kuchi 26,4—27,9 gk/teks. Vilt kasalligiga chidamli. Tolasi IV tip.
Sharof—75. Bu nav 0 ʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining oʻsimliklar biologiyasi
institutida yakka tanlash yoʻli bilan yaratilgan.
Navning oʻsuv davri 117—120 kun. Balandligi 100—120 sm, tupi gʻuj oʻsadi. Tola uzunligi
33—34 mm, tola chiqishi 37—38 foiz, metric soni 5800-6000, nisbiy uzilish uzunligi 26,5—27,5
gk/teks. Tolasi IV-V tipga mansub. Koʻsak yirikligi 5,0—5,5 g, 1000 dona chigit massasi 110
grammgacha. Koʻsaklarning ochilish tezligi katta. Vilt bilan kasallanishi 5—10 foiz. Hosildorligi
oʻrtacha gektardan 40—49 sentnergacha.
Omad. Nav G.S. Zaysev nomidagi Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tekshirish
institutining olimi R.Kim tomonidan yaratilgan. Oʻsuv davri 115—118 kun. Gʻoʻzaning boʻyi 80—
90 sm ga boradi. Koʻsaklari tanaga yopishgan holda joylashgan. Koʻsaklar ogʻirligi 5,0—5,5 g.
Gektaridan olinadigan hosildorlik 40 sentnergacha. Tola chiqishi 35—36 foiz. Tolasining uzunligi
esa 33—34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V tipga mansub. Mikroneyr koʻrsatkichi 4,5—4,6.
Har gektariga 95—100 ming tup koʻchat qoldiriladi. Suvga talabi oʻrtacha, vilt bilan
zararlanishi 5—8 foizni tashkil qiladi. Mineral oʻgʻitlarga talabi oʻrtacha.
Navbahor. Nav 0 ʻzbekiston genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining
olimi akademik D. Musayev va Gubanova tomonidan yaratilgan. Chigit unib chiqqandan to paxta
pishguncha 118—120 kun talab qilinadi. Gʻoʻza shoxlanmaydi, koʻsaklari tanaga yopishgan holda
boʻladi. Gektaridan 40 sentner va undan koʻp hosil olish mumkin. Tola chiqishi 35—36 foiz,
tolasining uzunligi esa 33—34 mm ni tashkil qiladi.
Tolasi V tipga mansub. Chigiti boshqa navlar chigitiga nisbatan mayda. Har gektariga 100—
110 ming tup oʻsimlik qoldiriladi. Nav qurgʻoqchilikka, viltga chidamli, mineral oʻgʻitlarga talabi
oʻrtacha.
Gulbahor. Oʻzbekiston FA ≪Biolog≫ Ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasida S-4534. x L—434
avlodidan yakka tanlash yoʻli bilan yaratilgan.
Boʻyi 100—120 sm. Tup piramidasimon, 0—1 monopodial shoxi hosil qiladi. Koʻsagi
tuxumsimon, choʻzinchoq uchli, 1000 dona chigit vazni 128 g. Hosildorligi gektaridan 46,3
sentnergacha. Tola chiqishi 38,1 foiz, koʻsak yirikligi 5,7 g. Vilt bilan kasallanish darajasi II
foizgacha. Oʻsuv davri 125—138 kun. Tolasi V tipga mansub.
Mehr. Oʻzbekiston oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti olimi akademik O. Jalilov
tomonidan yaratilgan. Nav chigit unib chiqqandan to paxta pishganga qadar 119—123 kunni talab
qiladi. Gʻoʻzaning boʻyi 90—100 sm ga boradi. Shoxlanishi 0,5—1 tipga mansub. Koʻsaklarining
ogʻirligi 5,5—6 grammni tashkil qiladi. Qurgʻoqchillikka chidamsiz, vilt kasalligi bilan zararlanishi
oʻrtacha, mineral oʻgʻitlarga talabchanligi kuchli. Har gektaridan 45 sentnergacha hosil olish
mumkin. Tola chiqishi 35—36 foiz, tola uzunligi 33—35 mm ni tashkil qiladi. Nav V tipga mansub.
Har gektariga 95 mingta nihol qoldiriladi.
An-Chillaki—1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Oʻsimliklar biologiyasi
institutida yaratilgan. Nav juda tezpishar, oʻsuv davri 100—110 kun. Past boʻyli boʻlib, balandligi
60—70 sm gacha.
Hosildorligi oʻrtacha gektaridan 25—35 sentnergacha. Nav tezpishar boʻlganligi uchun vilt
kasalligiga chalinguncha rivojlanish davrlarini
oʻtishga ulgura oladi. Navni boshoqli don ekinlari yoki ayrim yemxashak ekinlaridan keyin
ekish mumkin. Undan takroriy ekin sifatida yoki qalin tup son hosil qilish uchun foydalanish
paxtachilikda yangi yoʻnalishni vujudga keltirish mumkin.
Chimboy—3010. Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tekshirish institutida A.V.
Bereznikovskaya va boshqalar tomonidan tanlash yoʻli bilan yaratilgan. Koʻsagidagipaxta vazni 6,3
g, tola chiqishi 37,6 foiz, uzilish kuchi 4,5—4,6 gk, metrik soni 5860, nisbiy uzilish kuchi 25,4—26,9
gk/teks. V tip tola beradi. Nav oʻrtapishar, kasallikka chidamli.
An—Bayovut—2. Oʻzbekiston FA ning Oʻsimliklar biologiyasi institutida S. Sodiqov va
boshqalar tomonidan yaratilgan. Tezpishar nav.
Oʻsuv davri 129—130 kun. Koʻsagidagi paxta vazni 6,5—7,0 g. Tola chiqishi 35—36 foiz,-
tola uzunligi 34—35 mm, tolaning uzilish kuchi 26,1—26,7 gk teks. Tolasi V tip.
S—2609 gʻoʻza navi Oʻzbekiston Gʻoʻza seleksiyasi va unigʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutida
yaratilgan. ≪S—2609≫ gʻoʻza navi Gossipium xirzutum L botanik turiga mansub boʻlib, 1541
raqamli seleksion tizmasidan yakka tanlov yoʻli bilan olingan. Yangi nav mualliflari: P.Sh.
Ibrohimov, F.V. Voytenok, Ye. Shadraimov, S. Nizamov, M. Saidahmedov va boshqalar. Gʻoʻza
navining poyasi baquvvat, yotib qolmaydi, boʻyi 90—100 sm, tupi qisqa piramida shaklida, oʻsuv
shoxlari 0—1 tagacha. Koʻsagi yirik, tuxumsimon shaklda boʻlib, uchli, asosan, besh chanoqli.
Koʻsak vazni 6,5—7,0 g. Tola chiqishi 37—38 foiz. Urugʻi oʻrtacha kattalikda boʻlib, 1000 dona
urugʻining ogʻirligi oʻrtacha 130 grammni tashkil qiladi, moy miqdori 19—20 %. Paxtasi oq rangda,
tolaning shtapel uzunligi 34,5-35 mm, mayinligi 5700-5800, bir dona tola pishiqligi 4,5-4,7 gk,
mikroneyr koʻrsatkichi 4,1-4,4, solishtirma uzilish kuchi 27—28 km. Tolasi V tip.
Armugʻon. Bu nav L—9263 x L—541 duragay kombinatsiyalarini oʻzaro chatishtirib koʻp
marotaba yakka tanlash orqali yaratilgan. Mualliflari: P.G. Gubanova, O.D. Jurayev, J.A. Musayev,
Z.Yu. Sodiqova.
Hosildorligi gektariga 48—55 sentner, bitta koʻsakdagi paxta vazni 6,0—6,5 g. Oʻsuv davri
120—125 kun, tola chiqimi 38—39 foiz, tola uzunligi 33—34 mm, metrik nomeri 5650, solishtirima
uzilish kuchi 25,6 gk. teks, tolasi V tip. Vilt bilan zararlanishi 5,1—11 foiz. Armugʻon gʻoʻza navi
1999-yilda rayonlashtirilgan.
Gulsara. ≪Gulsara≫ navi gʻoʻzaning ≪Soyuz N1X1—11≫ (L—112x175) x
(S=2602xAshxobod—25) navini 1000 rengen nuri taʻsirida nurlantirish oqibatida oʻzgargan turli
morfo-biologik va xoʻjalik qimmatli belgilariga qarab koʻp yillik takroriy yakka tanlovlar oʻtkazib
barqarorlashgan shaklini tanlab olish natijasida 1993-yilda yaratilgan.
Mazkur gʻoʻza navining mualliflari: Q. Bahromov, Sh. Ibrohimov, A. Bahromov, A.
Nuriddinov va S. Ortiqov.
≪
Gulsara≫ gʻoʻza navi serhosil, tezpishar, tola chiqimi yuqori va sifatli, vilt kasalligiga
chidamli. Amal davri 100—110 kun, oʻsimlikning boʻyi 100—120 sm, birinchi hosil shoxi poyaning
3—5 boʻgʻinida shakllanadi, shoxlanishi 2—2,5 tipda boʻlib, keng shoxlanadi. Koʻsagining shakli
dumaloq, uchki qismi bigizsimon shaklda boʻladi. Bir dona koʻsakdagi paxta vazni 5—5,6 g, bitta
koʻsakdagi chigit soni 36 dan 40 donagacha, chigiti tukli, kulrang. 1000 dona chigitning vazni 95—
100 g. Tola chiqishi 39,0—41 %. Tola uzunligi —34,0—35,0 mm. Tolaning metrik raqami — 5700—
5750, tolaning nisbiy uzilish uzunligi — 26,5 kg/teks. Tolaning uzilish quvvati (pishiqligi) — 4,5—
4,6 gk. Tolaning mikroneyri — 4,64, tolaning tipi — IV. Gʻoʻza tupidagi koʻsaklarining ochilish
surʻati yuqori boʻlib, hosilining 80—90 foizi 29—30-sentabrda ochiladi.
Buxoro—8. Nav gossipium xirzitum turiga mansub boʻlgan ≪Buxoro—6≫ naviga bir pallalik
oʻsimliklarning fotosintez irsiyatini sunʻiy oʻtkazish yoʻli bilan yaratilgan. Muallifi A.M. Battalov va
boshqalar.
Navning boʻyi 90—120 sm. Hosil (simpodial) shoxlari agrotexnik sharoitga mos ravishda 2
yoki 3 tip shoxlaydi, asosiy poyaning 5—7 boʻgʻinlaridan chiqadi. Oʻsuv shoxlari 0—3 tagacha.
Koʻsaklari yirik, tuxumsimon, bir koʻsak paxtasining ogʻirligi 7,0—11 g. Hosili toʻkilmaydi. Nav
oʻrtapishar. Birinchi koʻsaklari 50 % ochilish uchun 118—120 kun talab etiladi. Koʻsagi, asosan, 5
chanoqli, baʻzan 4 chanoqlilari uchrab turadi. Chigiti yirik, 1000 ta chigitining ogʻirligi 120—140 g
atrofida, tukli, yashil, kulrangda.
Tolasi III va IV tipga mansub boʻlib, mayin va uzun. Tola chiqishi 35—37 % ni, tola uzunligi
33—36 mm ni tashkil etadi.
Xorazm—126. ≪Paxta≫ ilmiy ishlab chiqarisli birlashmasining Xorazm tajriba tayanch
punktida Xorazm—125 navi dan yakka tanlash yoʻli bilan yaratilgan. Mualliflar: D. Yoʻldoshev, K.
Matnazarov, A. Iskandarov, A. Hasanova, Sh. Ibragimov, Q. Bahromov, No Gi Xva.
Do'stlaringiz bilan baham: |