Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Tolali ekinlarning kelib chiqish tarixi. Tolali ekinlardan olindigan mahsulotlar



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

2. Tolali ekinlarning kelib chiqish tarixi. Tolali ekinlardan olindigan mahsulotlar. 
 
Gʻoʻza  oʻsimligi  yer  sharining  tropik  mintaqasidan,  yaʻni  havo  harorati  +18  °C  dan  kam 
boʻlmagan musson iqlimli sharoitdan kelib chiqqan boʻlib, uning  yer  yuzasidagi barcha tur xillari 

Gossipium≫, yaʻni ≪Gʻoʻza≫ avlodiga mansubdir. 
Gʻoʻza oʻz vatanida koʻp yillik daraxtsimon va butasimon oʻsimlik boʻlib, ularning hosili kam 
va  tola  sifati  past  boʻladi.  Dehqonchilikda  esa  lining  bir  yillik  madaniy  tur  va  navlari  ekiladi  va 
foydalaniladi. Koʻp yillik yovvoyi gʻoʻzalarning boʻyi 6—7 m, baʻzan 10—20 m boʻladi. Bir yillik 
madaniy gʻoʻzalarning balandligi esa 30—40 sm dan 2 m gacha yetadi. 
Maʻlumotlarga koʻra, gʻoʻza avlodi 70—100 mln yil avval boʻr davrida vujudga kelgan deb 
taxmin qilinadi. Yer  yuzida gʻoʻzaning birbiridan farq qiluvchi geografik guruhlari mavjud. Bular 
Avstraliya (Sturtiya), Afrika—Osiyo (Poleotropik — eugossipium) va Amerika (Neotropik—Karpas) 
guruhlaridir.  Har  bir  guruhdagi  gʻoʻzalar  ham  belgi  va  xususiyatlariga  qarab  kichik  guruhlarga 
boʻlinadi. 
Insoniyat  oʻz  maqsadlari  uchun  tanlash  va  duragaylash  yoʻllari  bilan  yangidan-yangi  gʻoʻza 
shakllarini vujudga keltirdiki, oqibatda 7—9 oyda koʻsagi ochiladigan daraxtsimon shakllardan 4—
6 oyda pishib yetiladigan bir yillik gʻoʻzalarni yaratdilar. 
F. Mauer klassifikatsiyasi, boʻyicha yer yuzida gʻoʻzaning 35 turi mavjud boʻlib, ulardan 5 turi 
madaniy hisoblanadi. Madaniy gʻoʻzalardan G.xirzutum (G.hirsutum), G.barbadenze (G.barbadenze) 
va G.trikuspidatum (G.tricuspidatum) yangi dunyo gʻoʻzalaridir.  


G.xirzutumning  asl  vatani  Meksika  boʻlganligi  uchun  uni  Meksika  gʻoʻzasi  deyiladi. 
G.barbadenze  —  Peru  gʻoʻzasi,  trikuspidatum  esa  Vest-Indiya  uch  tishchali  gʻoʻzasi  nomi  bilan 
ataladi. 
Eski  dunyo  gʻoʻzalaridan  G.arboreum  (G.arboreum)  Hindi-Xitoy  gʻoʻzasi,  G.xerbateum  esa 
(G.herbaceum) — Afrika—Osiyo gʻoʻzasi nomi bilan yuritiladi. Ekilish maydoni jihatidan birinchi 
oʻrinni Xirzutum egallasa, keyingi oʻrinlarda G.arboreum, G.barbadenze, G.xerbaseum turadi. 
G.trikuspidatum esa juda oz maydonda, dengiz sohili iqlimli sharoitida oʻstiriladi. 
Insoniyat ibtidoiy jamiyatda ham paxta tolasidan foydalangan. Umuman, inson paxta tolasidan 
15—30 ming yil va undan ham ilgari foydalangan boʻlishi kerak. 
Paxta  tolasidan  mato  (gazlama)  toʻqishning  boshlanishidagi  eng  qadimgi  davlatlardan  biri 
Hindiston boʻlgan. Arxeologik qazilmalar asosida aniqlanishicha, bu yerda eramizdan 3000 yil oldin 
paxta tolasidan keng foydalanilgan. 
Paxta tolasidan foydalanish Hindiston orqali Hindi—Xitoyga tarqaladi va bu davr eramizgacha 
1500 yilga borib taqaladi. Xitoyda paxtachilik bilan shugʻullanish Hindistonga nisbatan birmuncha 
kech boshlangan. Tarixiy maʻlumotlarga qaraganda Eron va Arabistonda gʻoʻza oʻstirish eramizdan 
oldingi VI asrda, Misrda esa VII asrda mavjud boʻlganligini taʻkidlaydi. 
Oʻrta Osiyo hududida bundan 2200—2400 yil muqaddam gʻoʻza oʻstirilganligi va eramizning 
boshida toladan keng foydalanilganligi toʻgʻrisida yetarlicha maʻlumotlar mavjud. 
Yevropada  paxtachilik  nisbatan  kechroq  rivojlanadi.  Eramizning  I—II  asrida  Gretsiyada, 
Bolqon yarim orollarida esa VII asrda ekilganligi maʻlum. 
Yangi  dunyoda  (Amerika  qitʻasida)  paxtachilik  Eski  Dunyoga  aloqasi  boʻlmagan  holda, 
mustaqil rivojlangan va qadim zamonlarga borib taqaladi. 
Avstraliyada paxtachilik bilan kech shugʻullanilgan va bu davr XVIII asrning oxirlariga toʻgʻri 
keladi. 
Tolali zigʻir Hindiston va Xitoy, Misr, Kavkazortining togʻli viloyatlarida eramizdan 4—5 ming 
yil muqaddam ekila boshlangan. 
Madaniy zigʻir Janubiy-Gʻarbiy, Sharqiy Osiyodan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor. 
Jahon dehqonchiligida tolali zigʻir 1,5 mln gektar maydonga ekiladi. U Rossiya, Qirgʻiziston, 
Gollandiya,  Fransiya,  Angliya,  Germaniya,  Yaponiya,  AQSH,  Qozogʻiston,  Ukraina  davlatlarida 
koʻp ekiladi. 
Oʻzbekistonda, asosan, moyli zigʻir ekiladi. Tolali zigʻirning oʻrtacha tola hosildorligi 3,8 s/ga. 
Zigʻir tolasi yetishtirish boʻyicha Rossiya Federatsiyasi dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish