Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Tolali ekinlarning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

1. Tolali ekinlarning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati. 
 
Gʻoʻzaning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati benihoyadir. Chunki gʻoʻza yoki uning mahsulotidan 
tayyorlangan  buyumlar  u  yoki  bu  miqdorda  ishlatilmaydigan  xoʻjalik  tarmogʻi  boʻlmasa  kerak. 
Gʻoʻza boshqa qishloq xoʻjalik ekinlariga nisbatan farq qilib, bir yoʻla uch turdagi qimmatli mahsulot, 
yaʻni toʻqimachilik mahsuloti uchun xom ashyo  —tola, oziq-ovqat uchun moy, chorva oziqasi — 
kunjara va sheluxa beradi. 
Gʻoʻza asosan tola olish uchun ekiladi. Paxtaning 1 tonna xomashyosidan oʻrtacha 320—340 
kg tola, 560—580 kg chigit olinadi. 340 kg toladan oʻz navbatida 3500—4000 m2 gazmol, 580 kg 
chigitdan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa va 8 kg lint (momiq) ishlab 
chiqariladi. 
Paxta tolasidan yuqori sifatli tekstil va texnik mahsulotlari (buyumlari) ishlab chiqarilganligi 
uchun  ham  stinʻiy  tolalardan  farq  qiladi  va  universal  xomashyo  beruvchi  tabiiy  tolalar  guruhiga 
mansubdir. 
Paxta tozalash zavodlarida chigitli paxtadan 34—35 tola, 60—62 % chigit, 2—2,5 % momiq 
(lint) va 1,0—1,5 % chiqitlar ajratib olinadi. 
Dunyo  miqyosida  toʻqimachilik  tolasi  ishlab  chiqarishda  paxta  ulushiga  50—60  %  dan 
koʻprogʻi  toʻgʻri  keladi.  Tolasidan,  asosan,  ip  yigiriladi,  toʻqimachilik  buyumlari,  kiyim  va 
gigroskopik  paxta  tayyorlanadi.  Undan  aviatsiya,  avtomobil,  elektr  va  boshqa  sanoatlar  keng 
foydalanadi. Toladan parashutlar, baquvvat iplar, kirza, shlanglar, qayish, kino — rasm plyonkalari, 
yozuv qogʻozlari kabi koʻplab mahsulotlar tayyorlanadi. 
Chigitdan presslash va ekstraksiya qilish yoʻli bilan paxta moyi olinadi. Moyi esa oziq-ovqat 
va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Undan sovun pishirishda, alif, lak, emal va boshqa xil buyumlar 
ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Chigit tarkibida gossipol pigmenti (zaharli organik birikma) boʻlib, moy olish jarayonida ajratib 
olinadi va undan ham har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarishdagi qoldiq 
gudron ham foydalanish uchun xalq xoʻjalik tarmoqlariga yuboriladL 
Momiq paxta kiyim-kechak, koʻrpa-yostiqdan tashqari, sunʻiy ipak, plastmassa, lak, qogʻoz, 
partlovchi moddalar tayyorlashga saflanadi. Chigit poʻsti (sheluxa) dan va shrotidan chorva uchun 
oziqa  boʻlishdan  tashqari,  sanoatda  potash,  oshlovchi  moddalar,  spirt,  qogʻoz,  karton  va  boshqa 
koʻplab mahsulotlar olinmoqda. Hatto gʻoʻza shrotidan fitin va oziq-ovqat oqsili ajratiladi. 
Gʻoʻza tupidan 100 dan koʻproq birikmalar olinishi mumkin. Bargidan 20 xil organik kislotalar, 
jumladan,  qimmatli  olma  va  limon  kislotalar  olinadi,  Shuningdek,  vitaminlar,  stimulyatorlar, 
aminokislotalar, mikroelementlar ham paxta tozalash zavodlarining chiqitlarida uchraydi. 
Poya,  chanoqlardan  yoqilgʻilikdan  tashqari  qurilish  materiali  sifatida  keng  foydalanish 
ahamiyatlidir.  Undan  preslangan  fanerlar,  yogʻochlar,  mebel  yasash  uchun  kerakli  materiallar 
tayvorlanadi. 
Shuningdek  qogʻoz,  karton,  sellyuloza  ham  olinadi.  Maydalangan  gʻoʻzapoyani  oʻgʻit  va 
fermentlash yoʻli bilan yem-xashakka aralashgan holda mollarga oziqa sifatida ham qoʻllash mumkin. 
Gʻoʻza  oʻsimligi  oʻzida  koʻp  miqdorda  shira  saqlaydi.  Shuning  uchun  paxtachilik  bilan 
shugʻullanuvchi xoʻjaliklarda asalarichilikni rivojlantirish imkoniyati ham kattadir. 


Umuman,  gʻoʻza  qimmatbaho  oʻsimlik  boʻlib,  uning  t.olasi,  chigiti  va  boshqa  qismlaridan 
200—250 xilgacha keng isteʻmol mollari va texnikabop mahsulotlar olinadi. 
Kanop oʻsimligi lub tola beruvchi qimmatbaho ekinlar guruhiga kiradi. Uning poyasidagi lub 
tolalar poya massasining 30 %, tolaning oʻzi esa 24 % tashkil etadi. Tolalari mustahkam, yumshoq, 
gigroskopik  boʻlib,  brezent,  qopqanor,  gilam,  ip,  mebel,  toʻqimalari  va  shunga  oʻxshash  boshqa 
buyumlar  tayyorlash  uchun  ishlatiladi.  Urugcida  20  %  moy  saqlaydi  va  bu  teri  oshlash,  sovun 
pishirish va lak-boʻyoq sanoatida keng ishlatiladi. Kunjarasi oʻgcit boʻlish bilan birga, chorva mollari 
uchun oziqa hamdir. Poya qoldiqlari qogʻoz va qurilish sanoatida ishlatiladi. 
Kanopning  vatani  Janubiy  Amerika  hisoblanadi.  Bu  ekin  Hindiston,  Xitoy,  Afrika 
mamlakatlari, Amerika va Janubiy Yevropa mamlakatlarida ekiladi. 
Oʻzbekistonda  kanop  sugcoriladigan  yerlarda  ekiladi.  Hozirda  mamlakatimizda  kanop 
ekiladigan  maydonlar  ancha  qisqardi  va  hozirda  2,5  ming  gektar  atrofida  ekilmoqda,  1990-yilda 
kanop 15 ming gektarga ekilgan.  
Tola  va  urugʻlik  uchun  ekilgan  maydonlarda  kanop  poyasi  hosili  180  s/ga  va  undan  ortiq. 
Toshkent viloyatining oʻrta Chirchiq tumanidagi Oxunboboyev xoʻjaligida har yili kanopdan 200—
250 s/ga hosil olingan. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish