Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Suli, makkajoʻxori va sholi standartlari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
4. Suli, makkajoʻxori va sholi standartlari 
 
SULI.  Suli  doniga  beshta  standart  belgilangan:  «Oziq-ovqat  va  yem-xashak  sulisi. 
Tayyorlashdagi talablar. Texnik shartlari», «Spirt ishlab chiqarishda solod uchun kayta ishlanadigan 
suli.  Texnik  shartlar»,  «Suli.  Yem-xashak  maqsadlarida  va  omixta  yem  kilib  kayta  ishlash  uchun 
yetkazib berishdagi talablar. Texnik shartlari», «Eksportga yetkazib beriladigan yem-xashak sulisi. 
Texnik  shartlar»,  «Oziq-ovqat  va  yem-xashak  sulisi.  Tayyorlashdagi  talablar.  Texnik  shartlar» 
standartida tovar tasnifi keltirilgan. Donning shakli va guli poʻstlarining rangiga qarab suli ikki turga 
bulinadi. 1 turdagi suli doni-yirik, toʻliq, qariyb silindr yoki noksimon shaklda boʻlib, semiz mevali 
(Moskva) va oʻrta mevali (Xarkov, oʻzun pustli) botanik tipdagi boʻladi. 2 turdagi suli doni - ingichka, 
tor mayda mevali (ninasimon) botanik tipda boʻladi. 1 turdagi suli doni donning rangiga qarab ikki 
kichik tipga boʻlinadi: 1-si - oq, 2-si - sariq, 11 turdagi suli doni kichik turlarga boʻlinmaydi. 
Umumiy  massasining  15%dan  ortiq  miqdordagi  bugdoy  va  boshka  donli  hamda  dukkakli 
usimliklar donlarining aralashmasiga ega boʻlgan suli, tarkibi foizlarda kursatilgani xolda, sulining 
boshka ekinlar bilan sifatida qabul qilinadi. 
1 turdagi eng kimmatli don yorma, bodrok, tolkon qilish uchun ishlatiladi: 11 turdagi kamrok 
kimmatga ega don asosan omuxta yem qilish va qoramollar hamda parrandalarni oziklantirish uchun 
ishlatioladi.  Tayyorlanadigan  sulidan  eng  kimmatli  navdagi  sulini,  shunikdek,  pestisidlar 
kullanilmagan dalalarda yetishtirilgan va bolalar uchun ozik-ovka tayyorlash uchun muljallangan don 
ajratib kuyiladi. 
Suli  jamgarilganda,  yaʻni  yigib-terib  olish  yoki  saqlash  chogida  nokulay  shart-sharoitlar 
taʻsirida  oʻzining  tabiiy  rangini  yukotgan  yoki  uchlari  qorayib  qolgan  donni  qabul  qilishga  ruxsat 
etiladi. Bunday suli  «qoraygan» degan belgi bilan qabul qilinadi va normal rangli dondan aloxida 
joylanadi. undan yem-xashak maqsadlarida va spirt ishlab chiqarishda foydalaniladi 
Suli  donini  yorma  sanoatiga,  spirt  ishlab  chiqarishda  solod  uchun,  yem-xashak  va  omixta 
yemga yetkazib berishda qoʻyiladigan talablar standartning tegishli jadvalida keltirilgan. 
Yorma sulisida, umumiy koʻrsatkichlardan tashkari, magzi kamida 63% va mayda donlar koʻpi 
bilan  5%  tarkibi  belgilanadi.  Yem-xashak  va  omixta  yem  uchun  muljallangan  suli  turkumlarida 
metall-magnitli aralashmalar 1kg da koʻpi bilan 30ml, tarkibi, uchi utkir va oʻlchami 2mm dan ortiq 
boʻlgan parchalarning boʻlishi cheklangan. Spirt ishlab chiqarishda solod olish uchun muljallangan 
sulida naturasi kamida 460 g/l va usish kobiliyati (5-kuniga) meʻyorlashtirilgan boʻlib, u kamida 90% 
boʻlishi kerak. 
MAKKAJOʻXORI.  Sutalar  yoki  don  massasi  shaklida  don  qabul  qilish  korxonalariga  kelib 
tushadi. Makkajuxori soʻtalari oʻramlaridan tozalangan boʻlishi lozim. Oʻramlaridagi sutalar tarkibi 
10%dan oshmasligi darkor. 
Makkajuxori.  Texnik  shartlar  standartida  rangi  va  shakliga  qarab  makkajoʻxori  doni  toʻqqiz 
turga  boʻlinadi:  1-tishsimon  sariq;  2-tishsimon  oq;  3-toshsimon  sariq;  4-toshsimon  oq;  5-
yarimtishsimon  sariq;  6-yarimtishsimon  oq;  7-yorilayotgan  oq;  8-yorilayotgan  sariq;  9-zaʻfaron. 
Makkajuxorining aralashmasi boʻlishiga yoʻl kuyiladi. 
Sutalardagi  makkajuxorining  sifati  turkumdan  ajratib  olingan  donning  namunasini 
laboratoriyada yanchib olingan donga qarab belgilanadi. Bazisli va cheklovchi kondisiyalarga koʻra 
don  va  sutalardagi  makkajuxori  uchun  yagona  talablar  belgilanadi.  Sanoatda  kayta  ishlash  uchun 
makkajuxori  fakat  don  xolida  yetkazib  beriladi.  Makkajuxori xalk  xoʻjaligining  turli  tarmoklarida 
keng ishlatilishi va bunday tarmoklarning talablari turlicha ekanligi sababli standarta yorma va un 
tortish sanoati, oziq-ovqat konsentrat, kraxmal-shinni sanoatiga yetkazib beriladigan shunikdek, yem-
xashak maqsadlarida va  omixta  yem uchun ishlatiladigan makkajuxoriga  va meʻyorlar keltirilgan. 
Sanoatning  turli  tarmoklari  avvalo  makkajuxorining  namunaviy  tarkibiga  xar  xil  talablar  kuyadi. 
Masalan, yorma sanoati uchun ishlatiladigan makkajuxoriga meʻyorlar keltirilgan. Sanoatning turli 
tarmoklari  avvalo  makkajuxorining  namunaviy  tarkibiga  xar  xil  talablar  kuyadi.  Masalan,  yorma 
sanoati uchun yetkazib beriladigan makkajuxori 3, 4, 6 va 7 turlarda boʻlishi, un tortish sanoati uchun 
esa  turlar  aralashmasidan  tashkari,  xar  qanday  tipda  boʻlishi  mumkin.  Ozik-ovkat  -  konsentrat 


sanoatiga yetkazib beriladigan makkajuxori 1, 2, 3 va 4 turlarda umumiy ovkatlanish korxonalariga 
yetkazib beriladigan-3, 4, 7 va 8 turlarda, umumiy ovkatlanish korxonalariga yetkazib beriladigan-3, 
4, 7 va 8 turlarda, kraxmal-shini sanoati va bolalar uchun oziq-ovqatlar tayyorlash uchun yetkazib 
beriladigan - 1, 2, 5 va 6 turlarda boʻlishi zarur. Yem-xashak maqsadlarida va omixta yem uchun 
hamma  turdagi  makkajuxori,  shuningdek,  turlar  aralashmasi  ishlatilishi  mumkin.  Sanoat  uchun 
yetkazib  beriladigan  makkajuxori  donning  namligi  15-15,5%  dan  oshmasligi  kerak.  Ozik-ovkat  - 
konsentrat,  kraxmal-shinni  sanoati  va  umumiy  ovkatlanish  korxonalariga  yetkazib  berishda, 
shuningdek, sunʻiy tarzda kuritilgan don namligining eng past (kamida 13%) ham cheklanadi, chunki 
namlik  undan  ham  past  boʻlganida  donni  kayta  ishlash  texnologiyasi  yomonlashadi,  ishlab 
chikiladigan  mahsulotning  chiqishi  va  sifati  kamayadi.  Yetkazib  beriladigan  makkajuxorining 
chikindili va donli aralashmasi tarkibida zamburugʻlar tufayli yuzaga keladigan bakteriyali kasalliklar 
bilan  zararlangan  donlarning  tarkibi  cheklangan,  chunki  bunday  donlarni  donning  umumiy 
massasidan  ajratib  olish  kiyin  boʻladi.  Ozik-ovkat-konsentrat  sanoati  va  umumiy  ovkatlanish 
korxonalariga  yetkazib  beriladigan  makkajuxori  turkumlarida  teshigining  diametri  8mm  boʻlgan 
elaklardan utib ketadigan mayda makkajuxori donlarning tarkibi cheklangan. Ular 10,0%dan ortiq 
boʻlmasligi kerak. Kraxmal-shinni sanoatiga yetkazib beriladigan makkajuxori donning unuvchanligi 
kamida 55,0% boʻlishi lozim. 
ShOLI. «Sholi. Texnik shartlar» standarti yorma qilib qayta ishlash uchun tayyorlanadigan  va 
beriladigan sholi doniga tegishli boʻladi. Sholi doni shakliga qarab uch turga boʻlinadi: 1-choʻzinchoq 
keng;  2-choʻzinchoq  tor  va  3-yumaloq.  1  va  2  turdagi  sholi  doni  tashqi  koʻrinishiga  qarab  ikkita 
kichik turga boʻlinadi: 1-yaltiroq, 2-qisman yaltiroq, 3 turdagi sholi uchta kichik turga boʻlinadi: 1-
yaltiroq: 2-qisman yaltiroq va 3-unli. Xar bir turdagi sholi qiltiqlarining borligi yoki yoʻkligi qarab 
«qiltiqli» yoki «qiltiqsiz» degan soʻzlar qoʻshilib, tur raqami bilan belgilanadi. 
Xar bir turda boshka turlar aralashmasi 10%dan ortiq boʻlmasligi kerak. 
Begona aralashmalar tarkibida qiyin ajratib olinadigan aralashmalar – tariqlar (kurmak, suluf) 
va zararlangan sholi donlarining boʻlishi cheklangan. Bolalar ovqati uchun moʻljallangan guruchda 
koʻrsatilgan  aralashmalarning  boʻlishiga  yoʻl  qoʻyilmaydi,  eng  qimmatli  navlardagi  donda  ular 
tegishlicha – 1,5 va 0,5%dan ortiq boʻlmasligi va boshqa guruchlar uchun -2 va 0,5%dan oshmasligi 
kerak. Sholi doni turkumlarini taxlil etishda, umumiy koʻrsatkichlardan  tashqari, qizil, sargʻaygan, 
pishmagan, yashil va glyutinoz donlar tarkibi aniqlanadi. 
Kizil  sargaygan va glyutinoz donlar asosiy donga kiritiladi, lekin ular aloxida hisobga olinadi 
va meʻyorlashtiriladi. Kizil donlar-pustining rangi kizil rangdan tuk jigarranggacha boʻlgan, birok 
endospermi ok rangli donlardir. Bunday donlarning magzi pustida kizil pigmentlar boʻladi. Bunday 
sholini kayta ishlab, silliklash jarayonida donlarning pustlogi toʻliq ajralmaydi u magzining  kirralari 
orasida kizil chiziklar 
Sifatida kolib ketadi. Bu yormaning tashki kurinishini boʻzadi, uni kaynatishda yorma och kizil 
tusga  kiradi.  Bazisli  kondisiyalar  boʻyicha  jamgariladigan  sholi  uchun  kizil  donlar  tarkibi  5%dan 
oshmasligi,  eng  kimmatli  navlardagi  sholi  va  bolalar  ovkati  uchun  muljallangan  sholi  uchun 
cheklangan kondisiyalar boʻyicha-15%dan koʻp boʻlmasligi lozim. 
Sargʻaygan  donlar  -  ular  sarik  magizli  donlardir.  Donning  sargayishi  uning  pishishi,  yigib 
olinishi va saklanishi uchun shart-sharoitlar nokulay boʻlganida yuz beradi. Sargaygan donlar kayta 
ishlashda kuchlirok mexanik taʻsir etilishini talab kiladi. Ular yormaga tushganida uning kurinishi va 
taʻmga  oid  xususiyatlarni  yomonlashtiradi.  Cheklovchi  kondisiyalar  boʻyicha  bunday  donlarning 
tarkibi  5,0%dan,  bolalar  ovkati  uchun  muljallangan  sholi  turkumlarida  koʻpi  bilan  0,5%dan 
oshmasligi kerak.  Sholining glyutinoz donlaridan olingan yormalar kaynatishda oʻz shaklini saklab 
kolmaydi,  shuning  uchun  glyutinoz  sholi  aralashmasi  boʻlmasligi  zarur.  Uning  aralashmasi  koʻpi 
bilan 2%dan, bolalar ovkati uchun muljallangan sholi turkumlarida esa-koʻpi bilan 1%dan oshmasligi 
kerak.  Standartda  namlik,  ifloslanishi  boʻyicha  xolatlari  va  sargaygan  endospermali  donlar  tarkibi 
boʻyicha sholi guruhlari belgilangan. 
GREChIXA.  «Jamgariladigan  grechixa.  Texnik  shartlar»  standartida  bazisli  va  cheklovchi 
kondisiyalar  kursatilgan.  Cheklovchi  kondisiyalarda  usgan  donlarning  eng  koʻp  yoʻl  qoʻyiladigan 
tarkibi  -  5%gacha  kilib  belgilangan.  Eng  kimmatli  navlardagi  grechixa  uchun  donlar  aralashmasi 


miqdorida ezilgan donlar tarkibi 4%gacha va ifloslangan donlar aralashmasida ezilgan donlar tarkibi 
- 0,5%gacha kilib meʻyorlashtiriladi. 
Ifloslanishni  belgilashda  grechixaning  magizi  juda  kam  boʻlgan  ancha  xom,  yaltirok  boʻlib 
turgan donlari donlar aralashmasiga emas, balki ifloslangan donlarga kiritiladi. «Yorma uchun kayta 
ishlanadigan grechixa. Texnik shartlar» standartida yorma uchun kayta ishlashga yetkazib beriladigan 
don  sifatiga  qoʻyiladigan  talablar  kursatilgan.  Yorma  uchun  grechixa  turkumlarida  ifloslangan 
aralashmalar  miqdorida  kuyidagilar  meʻyorlashtirilgan:  maʻdanli  aralashmalar  tarkibi  0,2%gacha; 
yetilgan  donlar  miqdori  0,5%gacha.  Ifloslangan  aralashmalarning  umumiy  miqdori  3%dan,  donli 
aralashma miqdori - 3%dan oshmasligi kerak. Magzining tarkibi 71%dan kam boʻlmasligi, bolalar 
uchun oziq-ovqatlar tayyorlash uchun - 73%dan boʻlmasligi lozim. 
  TARIQ.  «Tarik.  Yorma  sanoati  va  solod  tayyorlash  va  yetkazib  berishlaridagi  talablar» 
standarti talablariga muvofiq tarik doni guli pustlarining rangiga kara buch turga bulinadi: 1 tur - gulli 
pustlarining rangi ok va och-sarik; 2 tur - och kizildan, tuk kizil va jigarranggacha; 3 tur - tillarang-
sarikdan tuk va och-sarikkacha. 
Jamgariladigan  tarik  donidan  navining  sifatiga  koʻra  eng  kimmatlilari  ajratiladi,  ularning 
ruyxati  Respublika  Qishloq  va  suv  xoʻjaligi  vazirligi  tomonidan  tasdiklanadi.  Kimmatli  navlarda 
ezilgan  va  usgan  donlar  tarkibi  cheklangan  -  6%gacha,  shu  jumladan,  usgan  donlar-1%gacha, 
ifloslangan aralashma miqdorida ezilgan donlar tarkibi - koʻpi bilan 1,5%gacha cheklangan va tukli 
don geliotropning boʻlishiga yoʻl kuyimaydi. 
Yorma  uchun  tarik  kamida  74%  magizga  ega  boʻlishi  kerak.  Solod  uchun  kayta  ishlashga 
muljallangan  tarikda,  sifatning  umumiy  majburiy  koʻrsatkichlaridan  tashkari,  usish  kobiliyatining 
kamida  86%  boʻlishi  meʻyorlashtirilgan.  Tayyorlanadigan  va  yetkazib  beriladigan  tarikla 
pestisidlarning qoldiq miqdori cheklangan. 
NOʻXAT.  «Noʻxat.  Texnik  shartlar»  standartiga  muvofiq  noʻxat  urugʻlari  nima  uchun 
muljallanganiga  qarab  ikki  turga  bulinadi:  1-tur  -  oziq-ovqat  uchun;  2-tur  -  yem-xashak  uchun.  1 
turdagi noʻxat urugʻlarining rangiga qarab ikkita kichik turga bulinadi: 1-tur - xar xil tusdagi sarik va 
2 tur - xar xil tusdagi yashil. 
Navlarning sifati boʻyicha eng kimmatli boʻlgan jamgariladigan oziq-ovqat noʻxati kuyidagicha 
boʻlishi kerak: sarik noʻxatda yashil noʻxat aralashmasi yoki yashil noʻxatda sarik noʻxat aralashmasi 
- 2%dan, 2 turdagi noʻxat aralashmasi - 1%dan, ezilgan yoki oʻzining kuyishi, kuritilishi natijasida 
ezilgan,  ifloslangan  va  urugʻlik  aralashmasiga  tegishli  mogor  bosgan,  shuningdek,  usgan  noʻxat 
urugʻlari - 1%dan, noʻxat don magizlari bilan boʻzilgan urugʻlar - 1%dan ortiq boʻlmasligi kerak. 
Yorma, konserva sanoati va savdo tarmogi uchun fakat 1 turdagi xar ikala kichik turlarga doir 
noʻxat  yetkazib  berish  mumkin.  Kichik  turdagi  noʻxatlarning  aralashtiriluviga  yoʻl  qoʻyilmaydi. 
Urugʻlarning  tarkibida  noʻxatning  boʻzilgan  urugʻlari  (0,5%gacha),  maʻdanlar  aralashmasi  (0,1-
0,3%gacha), zararli aralashmalar (0,2%gacha) tarkibi cheklangan.  
Yorma sanoatiga yetkazib beriladigan noʻxatda noʻxatning mayda urugʻlarining 5%gacha va 
noʻxat  don  magzi  va  barg  kiltigi  bilan  ifloslangan noʻxat  urugʻlarining  -  1%gacha  boʻlishiga  yoʻl 
kuyilishi mumkin. Mayda noʻxatlarga tegishli 5mm li elakdan utib ketadigan butun noʻxat donlari 
kiradi. Konserva sanoati va savdo tarmogiga yetkazib beriladigan noʻxatda zararli aralashmalar, tirik 
qoʻngʻizlar yoki ularning qurtlari mavjud boʻlgan noʻxat urugʻlarining boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Savdo  tarmogiga  yetkazib  beriladigan  noʻxat  uch  toifa:  yirik,  urta  va  mayda  toifalar  boʻyicha  bir 
oʻlchamga keltirishi zarur. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish