Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Tolali zigʻir agrotexnikasining xususiyatlari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Tolali zigʻir agrotexnikasining xususiyatlari
Tolali zigʻir oʻtmishdoshlarga talabchan ekin, uni almashlab ekishlarda bir ekilgan dalaga 6—
8 yildan keyin joylashtirish mumkin. Surunkasiga bir maydonga tolali zigʻirni ekish yoki uni 6—8 
yildan  erta  yana  shu  maydonga  ekish  tuproqda  fuzarioz,  antraknoz,  polisporioz  kasalliklarini 
chaqiruvchi zamburugʻlar bakteriyalarining toʻplanishiga hamda hosilning keskin kamayishiga yoki 
toʻla nobud boʻlishiga olib keladi. Bunday holat zigʻirdan charchash deyiladi. Zigʻirdan charchash 
tuproqning bir tomonlama kuchsizlanishiga, zigʻir uchun xos begona oʻtlar zarpechak, zigʻir rijigi va 
boshqa begona oʻtlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Almashlab ekishlarda gʻalla ekinlaridan keyin 
tolali  zigʻir  joylashtirilishi  koʻzda  tutilsa,  bunday  dalaga  karamdoshlar  oilasiga  kiruvchi  —  raps, 
moyli tuip, xantal oraliq ekinlami oziqa yoki siderat sifatida ekish yaxshi natija beradi. Zigʻir uchun 
eng yaxshi oʻtmishdoshlar — beda, sebarga, kartoshka. 
Zigʻir tuproqni unchalik kuchsizlantirmaydi. Shuning uchun almashlab ekishlarda tolali zigʻir 
kuzgi bugʻdoy, kuzgi javdar, kartoshka, lavlagi uchun yaxshi oʻtmishdosh. 
Tuproqni ishlash. Kuzgi shudgor erta va sifatli qilib oʻtkazilsa, tolali zigʻirning hosildorligi va 
tola  sifati  oshadi.  Tuproqni  asosiy  ishlash  —angʻizni  lushchilniklar  bilan  ishlab  kuzgi  shudgor 
qilishdir. 
Tuproqni  lushchilniklar  bilan  ishlash  oʻtmishdosh  ekin  hosili  yigʻishtirilishi  bilan  darhol 
oʻtkaziladi.  Lushchilniklar  bilan  ishlash,  tuproqni  haydash,  begona  oʻtlarni  yoʻqotadi.  Bir  yillik 
begona octlar bilan ifloslangan dalalar LDG—10 lushchilniklar bilan 6—8 sm chuqurlikda ishlanadi. 
Ildizbachkili  begona  oʻtlar  ifloslantirgan  dalalar,  yengil  tuproqlarda  12—14  sm,  ogʻir  tuproqlarda 
10—12  sm  chuqurlikda  lushchilniklar  bilan  ishlanadi,  faqat  ildizbachkili  begona  octlar  bilan 
ifloslangan dalalarda PPL—10—25 plug lushchilniklari qoʻllaniladi. Zigʻir koʻp yillik oʻtlar beda, 
sebargadan  keyin  joylashtirilganda  yer  haydashdan  ikki  hafta  oldin  6—8  sm  chuqurlikda 
lushchilniklar bilan oʻsimliklar boshchalari qirqiladi, keyin chimqirqarli pluglar bilan oʻsimliklarning 
boshchalari qurigandan keyin, yer havdaladi. 


Oʻgʻitlash. Tolali zigʻir 1 s tola hosil qilish uchun tuproqdan 8 kg azot, 4 kg fosfor, 7 kg kaliy 
oʻzlashtiradi. 
Azotli  oʻgʻitlar  tolali  zigʻir  uzun  tolalari  hosilini  oshiradi.  Meʻyoridan  ortiq  solingan  azot 
oʻsimlikning yotib qolishiga, kasallanishiga, shuningdek, oʻsuv davrining choʻzilishiga olib keladi. 
Arch a fazasida azotga juda talabchan. 
Tolali  zigʻir  hayotining  dastlabki  davrlarida  fosforga  juda  talabchan.  Fosfor  oʻsimlikning 
rivojlanishini tezlashtiradi, tola sifatini yaxshilaydi. 
Kaliy yotib qolishga chidamlilikni oshiradi, tola sifatini yaxshilaydi. 
Zigʻir rivojlanishining dastlabki 3 haftasida va shonalash fazasida kaliyga juda talabchan. 
Maʻdanli oʻgʻitlar toʻla meʻyorda qoʻllanilganda poya hosili 40 %,ʻ urugʻlamiki 30 % oshadi. 
Toʻla maʻdanli oʻgʻitlar N:P:K, odatda, unumdorligi past tuproqlarda 1:2:3 va 1:3:4 nisbatda 
azotga boy tuproqlarda qoʻllaniladi. Poya hosili 1 kg moddaga 5—8 kg ni tashkil qiladi. Oʻgʻitlash 
tizimida  ildiz  tizimining  oʻzlashtirish  qobiliyati  pastligi,  tuproq  eritmasining  yuqori 
konsentratsiyasiga taʻsirchanligi, oʻsuv davrining qisqaligi eʻtiborga olinadi. Goʻng va kompostlarni 
oʻtmishdosh ekinga solinadi. Ular bevosita tolali zigʻirga solinganda oʻsimliklar yotib qoladi, poyalar 
qalinligi turlicha boʻladi, poyalar dagʻallashib tola chiqishi kamayadi. 
Yerni  haydash  oldidan  fosforli  oʻgʻitlar  60—100,  kaliyli  oʻgʻitlar  60—120  kg/ga  solinadi. 
Azotli  oʻgʻitlar  30—45  kg/ga  bahorda  solinadi.  Murakkab  oʻgcitlardan  ammofos,  nitrofoska, 
nitroammofoskani  solish  yuqori  samara  beradi.  Ekish  paytida  qatorlarga  ammofos  yoki 
granulalangan superfosfatni 10—12 kg/ga meʻyorda solish samarali. 
Tolali zigʻirni ammiakli selitra yoki sulfat ammoniy 20-30 kg/ga, superfosfat 30—40 kg/ga, 
kaliy xlor 30 kg/ga oʻgʻitlari bilan oziqlantirish maysalarning boʻyi 6—8 sm boclganda oʻtkaziladi 
yoki  maysalar  hosil  boʻlgandan  keyin  20  kun  oʻtgach.  Maʻdanli  oʻgʻitlar  aralashmasi  RTT—4,2 
ocgʻit seyalkalari va NRU—0,5, 1 RMG-4, RUM—8 oʻgʻit sochgichlar yordamida beriladi. Hozirgi 
paytda tolali zigʻir ekilgan maydonlarga jami 0,8—1 t/ga maʻdanli oʻgʻitlar solinadi. 
Ekish. Ekish uchun Davlat roʻyxatidan oʻtgan navlarning I va II sinf talablariga javob beruvchi 
uaigMaridan foydalaniladi. Ulaming tozaligi muvofiq holda 99; 98 va unuvchanligi 95; 90 % dan 
kam boʻlmasligi, namligi 12 % dan ortiq boʻlmasligi talab qilinadi. Zarpechak va boshqa karantin 
begona  oct  urugʻlarining  ekiladigan  urugʻlarga  aralashgan  boʻlishiga  yoʻl  qoʻyilmaydi.  Urugʻlar 
ekishdan 3—4 oy oldin panoktin preparati bilan 200 g/s nisbatda ishlanadi. Urugʻlar dorilanganda 1 
t uruqqa 3—5 1 suv va plyonka hosil qiluvchi spirt bardasi yoki nordon suv qoʻllaniladi. Urugʻlar 
PSSH—5, PS—10A mashinalarida dorilanadi. 
Urugʻlar  ekishdan  10—15  kun  oldin  oftobda  brezent  ustida  vaqtivaqti  bilan  agʻdarilib 
quritiladi. Bu usul urugʻlarning oʻsish energiyasini va dala unuvchanligini oshiradi. 
Ekish tuproqning urugʻlar ekiladigan chuqurligida harorat 7—8 °C qiziganda boshlanadi. Erta 
ekish zigʻir hosilini va tola sifatini oshiradi. 
Ekish tor qatorli SZL—3,6 seyalkalarida, qator oralari 7,5 sm qilib ekiladi. Urugʻlarni ekish 
chuqurligi  1,5—3  sm.  Ekish  meʻyori  20—25  mln  unuvchan  uaigc/ga  (100—120  kg/ga).  Yotib 
qolishga moyil navlarda ekish meʻyori biroz kamaytiriladi. Tolali zigʻir urugʻ uchun keng qatorlab 
(45 sm) yoki lenta usulida 45x7, 5x7,5 sm qilib kamaytirilgan meʻyorlarda ekiladi. 
Parvarishi.  Yetarli  namlik  va  issiqlik  boʻlganda  zigʻir  urugʻlari  5—6  kunda  unib  chiqadi. 
Ekishdan  unib  chiqishgacha  yogʻingarchiliklar  natijasida  qatqaloq  hosil  boʻlsa,  u  toʻrli  yoki 
rotatsiyali boronalar bilan ishlanadi. 
Tolali  zigʻir  hosili  va  tola  sifati  begona  oʻtlar  tufayli  kamayadi.  Shuning  uchun  oqshoʻra, 
yowoyi turp singari bahori begona oʻtlar, hidsiz romashka, paxta tikon singari kuzgi va koʻp yillik 
begona  oʻtlarga  qarshi  agrotexnik,  oldini  olish  va  kimyoviy  usullarda  qarshi  kurashiladi. 
Gerbitsidlardan 2M—4X ning natriyli tuzini 70 % 0,9—1,4 kg/ga meʻyorda qoʻllaniladi. Gerbitsidlar 
oʻsimlikning boʻyi 5 sm dan 15 sm gacha boʻlgan paytda ≪archa≫ fazasida qoʻllaniladi. Keyingi 
yillarda bazagran va bazagran M gerbitsidlarni 3—4 1/ga meʻyorda qoʻllash yaxshi natija bermoqda. 
Gerbitsidlar  azotli  va  mikrooʻgʻitlami  aralashtirib  barg  orqali  oziqlantirishlar  bilan  birgalikda 
qoʻllanilishi mumkin. Gerbitsidlar OVX—28, ON—400 purkagichlarida  200—300 1/ga meʻyorda 
qoʻllaniladi. 


Zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashda urugʻlarni dorilash, almashlab ekishni toʻgʻri 
tashkil qilish hamda boshqa chora-tadbirlar qoʻllaniladi. 
Hosilni yigʻishtirish. Tolali zigʻirning yashil, erta sariq, sariq va toʻla pishish fazalarida hosili 
yigʻishtiriladi. 
Yashil pishish fazasida urugc sutsimon suyuqlik bilan toʻlgan boʻladi. Bu faza gullash tugashi 
bilan  boshlanadi.  Yashil  pishish  fazasida  oʻrilganda  tolalar  ingichka,  ammo  mustahkam,  pishiq 
boʻlmaydi. 
Erta sariq pishish fazasida poyaning pastki qismidagi barglar qurib toʻkiladi, oʻsimlikning uchki 
qismidagidan  boshqa  hamma  burglar  sargʻayadi.  Urugʻlar  yashil  sariq,  urugʻ  tumshuqchasi  sariq 
boʻladi. Bu fazada oʻrilgan poyalar tolasi sifati eng yuqori boʻladi. 
Sariq  pishish  fazasida  hamma  barglar  sargʻayadi  va  ular  faqat  oʻsimlikning  uchki  qismida 
saqlanib qoladi. Bu fazada koʻsakchalar qoʻngʻir tusga kira boshlaydi, urugʻlar rangi och-jigarrang 
boclib, tola sifati yomonlashadi. 
Toia  pishish  fazasida  hamma  barglar  tockilib  ketadi,  tola  sifati  past  boʻladi,  koʻsakchalar 
qoʻngʻir tusga kiradi. 
Odatda,  tolali  zigʻir  hosili  erta  sariq  pishish  fazasi.  Boshlangandan  keyin  2—3  kun  oʻtgach 
yigʻishtirishga kirishiladi. Bu davrda oʻrilgan tola sifati eng yuqori, urugʻlar ham texnikaviy pishiq 
holatida  boʻladi.  Texnikaviy  pishiqlik  davri  8—10  kun  davom  etadi,  hosilni  yigʻishtirish 
kechiktirilganda har kuni 2—3 % tola, 1,5 % urugʻ-yoʻqotilishi mumkin. 
Hosil kombaynlarda (LK—4A) oʻrilganda xarajatlar kamayadi.  
Poyalar dastalab dalada quritiladi va ular vaqti-vaqti bilan agʻdarilib turiladi. 
Kombaynlar bilan oʻrilganda poyani ezish, urugc koʻsakchalarini taroqlab ajratish, transportga 
ortish, poyalarni bogclash ishlari amalga oshiriladi. 
Bogʻlash  LKV—4A  kombaynlarida  amalga  oshiriladi.  Poya  bogʻlamlari  (trestlar)  PTN—1 
podborshchiklarda bajariladi. Urugʻlar yanchilganda namlik 10 % dan ortiq boʻlmasligi kerak. 
Poyalardagi namlik, tayyorlov manzilgohlariga topshirilayotganda 19 % boʻlishi kerak. Namlik 
25  %  dan  ortiq  boʻlganda  tayyorlov  manzilgohlari  qabul  qilmaydi.  Poyalarning  ifloslanishi  5  % 
boʻlishi talab qilinadi. 
Ifloslanganlik 10 % dan oshsa, bunday poyalar qabul manzilgohlarida qabul qilinmaydi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish