4. Tovar belgisi, markasi va o‘rami.
Tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda yana bir muhim tadbirlardan biri tovar markasini
yaratish hisoblanadi. Tovar markasi — bu bitta ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) yoki ular guruhlarining
tovarlarini yoki xizmatlarini identifikatsiyalash yoki ularni raqobatchilarning tovarlaro va
xizmatlaridan farqlash uchun mo‘ljallangai ism, belgi, atama, -rasm, simvol, obraz, rang yoki
ularning o‘zaro bog‘liqligi. Yaratilgan malakali tovar markasi korxonaning yuqori qiymatga ega
bo‘lgan boyligi hisoblanadi. Yuqori saviyali tovar markalari tovarlar raqobatini, ularning bozordagi
mavqei, mahsulotni keng tarqalishiga, yuqori narxlarni shakllanishiga asos bo‘ladi. Tovar markasi
ikki qismdan iborat bo‘ladi: tovar markasining nomi va tovar markasining belgisi.
Tovar markasining nomi – harf, so‘z yoki harf va so‘zlar yig‘indisidir, ya’ni og‘zaki aytish mumkin
bo‘lgan markaning qismiga (Masalan: Marriott, Hilton) aytiladi.
Tovar markasining belgisi – bu simvol, rasm, obraz, rang yoki ularni o‘zaro bog‘liqligi, ya’ni chizish
mumkin bo‘lgan markaning qismiga (Masalan: N harfi Hilton otelni, S harfi Sheraton kompaniyasini,
sariq ark belgisi McDonald’s restorani, yashil rang Holiday Inn mehmonxonasiga tegishli) aytiladi.
Tovar markasining nomi va belgisi marketing nuqtai-nazaridan huquqiy himoyalangandan keyin
tovar belgisi aylanadi.
Tovar belgisi markaning butunlay yoki ma’lum qismining o‘rnatilgan tartibga ko‘ra huquqiy
himoyalanishidir.Tovar belgisi huquqiy himoya qilingandan keyin boshqa shaxslar tovar belgisi
egasining ruxsatisiz foydalana olmaydi. Tovar belgisi halqaro va mahalliy darajada huquqiy
himoyalanadi. Tovar belgilarini halqaro darajada himoyalashga Parij konvensiyasini sanoat
birlashmasi bo‘yicha va Madrid halqaro belgilarni rasmiylashtirish qo‘mitasi misol bo‘la oladi. 100
yaqin davlatning tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha milliy qonunchiligi mavjud. Jumladan
O‘zbekistonda ham tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha mualliflik va turdosh huquqlar bo‘yicha
qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari mehmonxonalar, restoranlar, banklar, turfirmalar, sug‘urta
korxonalari, transport kompaniyalari ham xizmat belgilaridan foydalanishadi.
Tovar markasini tanlash bilan bog‘liq quyidagi strategiyalar mavjud:
Korporativ marka strategiyasida korxona taklif etayotgan mahsulotlarini bozorda yagona (bitta)
marka bilan chiqaradi. Masalan, McDonald’s, Pizza Hut kompaniyalari qaysi mamlakat faoliyat
yuritmasin, qanday yangi mahsulot yaratmasin yagona korporativ markadan foydalaniladi.
Individal (alohida) marka strategiyasi korxona turli mahsulotlarini alohida (individal)
markalar bilan chiqaradi. Masalan, Marriott korparatsiyasining o‘nga yaqin tovar markalari mavjud.
Bu strategiyadan turli segmentlar bilan ishlaydigan yoki differensiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi
korxonalar ko‘proq foydalanadi.
“Soyabon” marka strategiyasi korporativ va alohida marka strategiyalarini to‘ldiruvsi
strategiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |