3-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar
Keltirilgan 3-chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, tovarning mumkin bo‘lgan minimal
narxi mahsulot tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo‘lgan maksimal narxi esa tovarning boshqa
tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo‘q xususiyatlari asosida aniqlanadi.
Korxona narx shakllanishi muammosini yechar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan
birini tanlab ish ko‘radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda to‘g‘ri
ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi narx belgilashning 3 xil usuli ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |