Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Таклиф                   Н



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Таклиф 
 
 
 
 
 
 
     Н
м
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Талаб 
 
 
 
 
 
 
 
 Т
м
 
 
1-chizma. Talab va taklif modeli 
 
Bu yerda:  Nm – tovarning muvozanat narxi; 
 
 
      Tm – muvozanat narxga mos keladigan tovar. 
 
Bu 1-chizma ma’lumotidan ko‘rinib turibdiki, talab narxining o‘sishi bilan kamayadi, aksincha taklif 
ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik darajada kerakligi haqida axborotga 
ega bo‘ladi. 
Erkin  raqobat  mavjud  bo‘lgan  bozorning  o‘ziga  xos-xususiyatlari  shundan  iboratki,  taklif  etilgan 
mahsulotning  ma’lum  darajasida  bozor  o‘z-o‘zidan  muvozanatga  harakat  qiladi.  Masalan,  ishlab 
chiqaruvchi o‘z tovarini muvozanat narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. Unda xaridorlar 
bunday  bahoni  juda  yuqori  deb  biladi  va  natijada  ma’lum  bir  miqdordagi  tovar  xaridorini  topa 
olmaydi.  Bunday  holatda  taklif  talabdan  yuqori  bo‘ladi.  Natijada,  bozor  bu  tovar  bilan  to‘yinadi, 
oqibatda  tovar  egasi  tovar  narxini  pasaytirishga  majbur  bo‘ladi.  Sotuvchi  tovarga  yangi  narx 
belgilaganda  talab  oshadi  va  bu  holda  narx  talab  egri  chizig‘i  bo‘yicha  yuqoriga  ko‘tariladi.  Bu 
jarayon to talab va taklif muvozanatigacha davom etadi. Albatta, narx shakllanishining bu modeli sof 
raqobatga asoslangan bozorlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu modelda ko‘pgina omillar hisobga 
olinmaydi. Shu sababli ham bu model narx shakllanishida umumiy oriyentir bo‘lib xizmat qiladi. 
 
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning marketing 
siyosatini ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi. Agar bu yerda tovar siyosatini, tovarni sotish va siljitish 
faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni 
esa tashqi va ichki omillarning o‘zgarishi bilanoq tezda o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. 
 
Marketingda  narxning  asosiy  rol  o‘ynashining  sabablaridan  yana  biri  shundan  iboratki,  u 
korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 


 
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi. 
F = (N . V) – S, 
 
Bu yerda        N- tovar narxi; 
 
 
 
V- sotilgan mahsulot hajmi; 
 
 
 
S- jami xarajatlar. 
 
Foydadan  tashqari  narx  tovarning  sotilish  hajmiga,  moliyaviy  ko‘rsatkichlariga,  bozor 
ulushiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda 
olishni ko‘zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak. 
 
Raqobatchilar  o‘z  faoliyatlarida  ham  narxga  katta  e’tibor  beradilar.  Tovar  bozorda  narx 
asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin. 
 
Narx  raqobati  deganda  tovarning  narxini  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  raqobat  kurashiga  borish 
tushuniladi.  Bunda,  ko‘pchilik  hollarda  narxni  pasaytirishga  harakat  qilinadi.  Albatta,  narxni 
pasaytirayotgan  firma  yoki  korxona  raqobatchiga  nisbatan  kam  xarajatlarga  ega  bo‘lishi  kerak. 
Korxona  «narx  urushi»ni  e’lon  qilishdan  oldin  o‘zining  va  raqobatchining  iqtisodiy  barqarorligini 
obdon  o‘rganishi  talab  etiladi.  Aks  holda  «narx urushi»ni  e’lon  qilib,  mag‘lubiyatga  ham  uchrash 
mumkin.  Agar,  raqobatchilar  bir  xil  sharoitda  bo‘lsalar,  u  holda  «narx  urushi»  o‘z  ahamiyatini 
yo‘qotadi. 
 
Narxsiz  raqobatda  esa  narxning  roli  kamaytirilmaydi,  balki  birinchi  o‘rinda  tovarning 
xususiyati,  markasining  obro‘-e’tiboriga,  servis  darajasi  va  tovar  bilan  bog‘liq  boshqa  omillarga 
e’tibor qaratiladi. 
 
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Ichki  omillarga  korxonaning  maqsadi,  marketingi,  marketing  kompleksining  ayrim 
elementlariga nisbatan qo‘llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi. 
 
Korxona asosiy maqsadini o‘zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini uzoq 
muddat  saqlab  qolishga  qaratsa  boshqa  narx  belgilashi  mumkin.  Masalan,  raqobat  kuchaysa, 
iste’molchilarning  ehtiyoji  o‘zgarsa,  mamlakatdagi  iqtisodiy  ahvol  yomonlashsa  korxona  ishlab 
chiqarish  quvvatining  ma’lum  bir  qismidangina  foydalanishga  harakat  qiladi.  Korxona  o‘zining 
faoliyatining to‘xtab qolmasligi, tovarlariga bo‘lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda 
ham sotishga majbur bo‘ladi. Aks holda, u o‘z tovarlariga yuqori narx belgilaydi. 
 
 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish