o‗lchashlarning muxim jixatidir. Bilvosita o‗lchashlar – bunda tekshirilayotgan
kattaliklar qiymati bevosita o‗lchashlar natijasida olingan fizik kattaliklar orasidagi
keltirilgan misolda bog‗lanishni bilgan xolda temperaturani o‗zgartirib, unga mos
qarshilikni qiymatini topishimiz mumkin. Bilvosita o‗lchashlar - xaqiqiy
o‗lchashlar bo‗la olmaydi. Negaki, bunda o‗lchanayotgan fizik kattaliklarning
qiymati boshqa bir fizik kattaliklarni qiymatini o‗lchashlar asosida hisoblanib
topiladi. Bir vaqtning o‗zida bir necha, bir – xil nomdagi kattaliklarni o‗lchashlar –
bunda o‗lchash natijalari chiziqli tenglamalar tizimini echish natijasida topiladi.
O‗lchashlar nafaqat tadqiqotlar, balki butun ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi.
Ilmiy tekshirishlarda va xalq xo‗jaligida o‗tkaziladigan o‗lchashlarga barcha
ijtimoiy mexnatning 10% to‗g‗ri keladi. Kator soxalarda, masalan radioelektron
asboblar ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish, xamda kosmik texnika
soxasidagi o‗lchashlar uchun sarf bo‗ladigan harajatlar umumiy harajatlarining 50
% ga etar ekan. Xozirgi paytda o‗lchash texnikasining darajasi, ilmiy texnika
taraqqiyoti va ilmiy imkoniyatlarining muxim ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib qoldi.
Axborotlarni fizik ifodalash usullari. Hisoblash texnikasida ma‘lumotlar ikkilik
sanoq tizimining kodlari yordamida ifodalanadi. Ikkilik sanoq tizimining 1 va 0
raqamlari, masalan, potensial va impulьs usullar bilan kodlanishi mumkin.
Potensial usulida 1 ga potensialning bir satxi mos kelsa, 0 ga potensialning boshqa
satxi to‗g‗ri keladi. Impulь usulida esa 1 ga impulьs mos kelsa, 0 ga impulьs
berilmaydi. HT larida uzlukli ma‘lumotlarni kodlashtirishda potensial yoki impulьs
usullari qo‗llanilishi mumkin. Lekin HT tashqarisida maxsus – modulyasiya usuli
(10-rasm) qo‗llaniladi. Modulyasiya usulida raqamli ma‘lumotlar mavjud aloqa
vositalaridan yaxshi uzatiladigan sinusoidal chastota yordamida taqdim etiladi.
Potensial va impalьsli kodlangan signallar yuqori sifatli kanallardan uzatishga
mo‗ljallangan. Sinusoida asosida kodlashtirilgan modulyasiya signallarini sifat
ko‗rsatkichi yuqori bo‗lmagan (―pomexli‖-xalaqitli) kanallardan uzatilishi mumkin
(masalan, telefon kanallaridan). SHuning uchun uzluksiz shakldagi tovush
signallarini uzatishga yaratilgan telefonning uzliksiz aloqa kanallari global
tarmoqlarning sinusoida asosida kodlashtirilgan modulyasiya signallarini sifatli
uzata oladi. Signallarni uzatish usulini tanlashga kompyuterlar orasidagi simlarning
miqdori ham ta‘sir qiladi. Aloqa liniyalarining qiymatini kamaytirish uchun
ulardagi simlarning miqdori kamaytiriladi, natijada aloqa kanallaridan ma‘lumotlar
ketma-ket usulda uzatiladi. Kompyuter qurilmalari orasida esa ma‘lumotlar
parallelь uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: